Kreditlar Agrobank, Xalq banki va Mikrokreditbank tomonidan ajratiladi.
Kreditni uydan chiqmasdan turib qanday olish mumkin?
Oilakredit.uz platformasi orqali kreditni quyidagi tartibda masofadan turib olish mumkin:
Kredit ajratish to‘g‘risidagi onlayn ariza to‘ldiriladi va masofadan imzolanadi. Kiritilgan ma’lumotlar va axborotlar bazasiga asoslanib, skoring jarayoni o‘tkaziladi.
Ijobiy skoring natijalaridan so‘ng, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi elektron tarzda taqdim etiladi.
Marketpleys (elektron do‘kon) orqali ta’minotchi bilan qarz oluvchi tomonidan erkin va mustaqil ravishda elektron shartnoma tuziladi.
Marketpleys tizimi orqali ta’minotchi tomonidan mahsulot yetkazib berilgani to‘g‘risidagi elektron hisob-faktura shakllantiriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan arizachi o‘rtasidagi kredit ajratish to‘g‘risidagi shartnoma elektron shaklda tuziladi va imzolanadi.
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi monitoring dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Har bir bosqichdagi tegishli hujjatlar qarz oluvchi, bank, ta’minotchi, va hokim yordamchisi tomonidan Elektron raqamli imzo kaliti bilan imzolanadi.
Tasdiqlanganidan so‘ng kredit mablag‘lari hisobidan pullar ta’minotchining hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.
Elektron raqamli imzo kalitini e-imzo.uz dan olish mumkin.
Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit bo‘lmaganda;
yetakchi tadbirkorlik subektlari va “Tomorqa xizmati” bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga;
mavsumga xos bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga;
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;
qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
Yagona elektron platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng u bir kun muddatda skoring baholash jarayonidan o‘tkaziladi.