1. Oilaviy biznes tushunchasi. Oilaviy biznesning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari


Oilaviy biznesning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari



Yüklə 103,81 Kb.
səhifə4/10
tarix14.04.2023
ölçüsü103,81 Kb.
#97939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu

2. Oilaviy biznesning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari.
Adidas: Korporatsiyaga aylangan oilaviy biznes tarixi.
Adidas tarixi 1920 yillarga, aka-uka Dasslerlar egalik qilgan nemis kompaniyasiga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Dasslerlar noma'lum sabab tufayli urishib qolishadi va biznesni alohida yurita boshlashdi: Dassler Rudolf Puma kompaniyasini, Adolf esa Adidas'ni rivojlantira boshlaydi.Adolf Dassler kashfiyotchi va dizayner edi: 1925 yilda u “tikanli” futbol butsalarini o‘ylab topdi. 1949 yilda Adidas logotipi – uchta chiziqni patentlatdi va yechiladigan rezina “tikanli” ilk futbol butsalarini yaratdi. 1950 yilda u qorda va muzda futbol o‘ynash uchun oyoq kiyimni o‘ylab topdi.
Puma va Adidas o‘rtasidagi munosabat murakkab edi: fabrikalar kichik Xersogenaurax shahrida yonma-yon turardi. Uning aholisi ham Puma tarafdorlari va Adidas ishqibozlariga ajralgandi.Mojarolarning asosiy manbayi brendlar orasida oyoq kiyim tayyorlash texnologiyasi va uni targ‘ib etish edi: aka-ukalar umumiy ishlanmalardan foydalanmaslik va alohida-alohida rivojlanishga qaror qilishdi, biroq ba'zida bir-birlarini g‘oyalarni o‘g‘irlashda ayblashardi.Puma va Adidas “Pele pakti”ni imzolashdi: u fabrikalarga targ‘ib uchun Peledan foydalanishni man etardi. Puma bu shartnomani buzadi.
1970 yili futbol bo‘yicha jahon chempionatida Pele o‘yin boshlanishidan oldin hakamdan butsi bog‘ichini bog‘lash uchun vaqt so‘radi. Kameralar uni yirik planda ko‘rsatdi, u maydon markazida sekin tizzasiga o‘tirib, Puma yozuvi tushirilgan butsasi bog‘ichini bog‘ladi. Puma o‘yingacha u bilan shartnoma imzolagani ma'lum bo‘ldi.1978 yilda Adolf Dassler vafotidan keyin Adidas inqirozni boshdan kechirdi. Kompaniya dastlab Adolfning rafiqasi Katarina va o‘g‘li Xorst boshqaruviga o‘tdi. 1985 yilda Katarina, undan keyin Xorst vafotidan so‘ng kompaniyani uning singillari boshqarishga harakat qilishdi. Natijada ular 80 foiz aksiyalarni tadbirkor, fransuz futbol klubi “Olimpik Marsel”ga egalik qilgan Bernard Tapiga sotib yuborishdi.1993 yilda Tapi Adidas targ‘iboti strategiyasi ustida ishlashlari uchun raqobatchi kompaniyalar Nike va Reebok mutaxassislarini yolladi. Aynan o‘sha yili kompaniyaning egasi yana o‘zgardi – Tapi kompaniyani do‘sti Robert Lui-Dreyfusga sotdi.Lui-Dreyfus kompaniyaga inqirozdan chiqishda yordam berdi va keskin o‘zgarishlar qilishga undamaydigan shior o‘ylab topdi: “Biz avval ham bilardik. Biz hozir ham bilamiz”.
2009 yilda Puma va Adidas yarashish sari ilk marta qadam qo‘yishdi: 21 sentyabrda Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan xodimlar Xersogenauraxda futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi.Hozirda Adidas Germaniyada sakkizta korxona va boshqa mamlakatlardagi 25 dan ortiq sho‘'ba korxonalarga ega: Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va JARdagi korxonalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Reebok, hokkey uchun anjomlar ishlab chiqaruvchi CCM va golf uchun anjomlar ishlab chiqaruvchi Taylor Made Golf unga tegishli.

Yüklə 103,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin