2. Bilimlarning uzluksizligi. Oilalar o’zlari to’plagan bilimlar, tajribalar va ko’niklarini keyingi avlodga berishni biznesdagi ustuvorliklardan biri sifatida belgilaydilar. Oilaning ko’pgina a’zolari oilaviy biznesga yoshlik chog’laridan jalb qilinadi. Bu esa ularning manfaatdorlik darajasini oshiradi va bir vaqtning o’zida ularga oilaviy biznesni boshqarishda ishtirok etish uchun instrumentlar beradi.
3. Imidjning muhimligi. Oilaviy korxonalar o’z imidjlarini nafaqat bozor muhitida, balki, ijtimoiy munosabatlarda ham birdek qadrlaydilar. Bozor muhitida oila a’zolarining ismlari firma tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoxud ko’rsatilayotgan xizmatlar bilan bog’langan bo’ladi. SHuning uchun oilaviy korxonalar mahsulot va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga hamda o’zlarining sheriklari bilan yaxshi munosabatni saqlab turishga harakat qiladilar.
4. Daromadning butunligicha oila ixtiyorida qolishi. Mulkida biznesi bo’lgan oila qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar to’liq to’langandan keyin qoladigan barcha daromadni tashqi sarmoyadorlar bilan bo’lishmagan tarzda oladi. Bu biznesning o’sishi va rivojlanishi uchun ko’proq resurslarni sarflash uchun sharoit yaratadi.
5. Oila – umumiy qadriyatlar va manfaatlarga ega jamoa. Agar bu manfaatlar yagonaligi oilaning barcha a’zolari tomonidan anglab yetilsa, umumiy biznes ushbu jamoaning yagonaligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Oilaa’zolarining biznesni rivojlantirishda ishtirok etishlari mobaynida ularning yanada yaqinlashishlari sodir bo’ladi. Oilaviy ish – bu nafaqat daromad topish faoliyat sohasi, balki qator muammolarga duch kelinish hamdir. Ayni paytda bu qiyinchiliklar qarindoshlarni yanada ko’proq jipslashtiradi. Odatda personalni boshqarish nazariyasiga ko’ra oilaviy biznesning afzalligi, qarindoshlar, bir oila a’zolari o’rtasida “jipslashish”ga, “hamjihatlikda ishlash”ga hojat yo’q. CHunki ular, bir-birlarini yaxshi biladilar.
6.Ishonch va samimiylikning ulkan darajasi. Oilaviy biznes ishtirokchilari va bir vaqtning o’zida oilaviy korxonaning boshqaruvchilari hamda xodimlari bir- birlariga nisbatan odatdagi firmalardagiga nisbatan ko’proq samimiy munosabatda bo’ladilar. Oilaviy biznes natijasi moliyaviy yo’qotishlar va birtalay boshqa ko’ngilsizliklarga aylanishi mumkin bo’lgan chala qolgan gaplarning yo’qligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, ta’kidlash joizki, oilaviy biznesda ishtirokchilar oilada bo’layotgan voqealardan yaxshi xabardor bo’ladilar. Masalan, oilada, qarindoshlar o’rtasida farzand tug’ilishi, to’y va boshqa marosimlar. Kishilar yollanma asosda ishlaydigan korxonalarda bunday voqealar haqida eng so’nggi lahzada aytishni afzal biladilar. Qolaversa, oilaviy biznesda ta’tillar va betobligi sabab ishchining hozir bo’lmasligi masalasi ancha yengil hal qilinadi.