1. Oilaviy biznes tushunchasi. Oilaviy biznesning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari


“Oilaviy biznesni kreditlash manbalari



Yüklə 103,81 Kb.
səhifə6/10
tarix14.04.2023
ölçüsü103,81 Kb.
#97939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu

4. “Oilaviy biznesni kreditlash manbalari.

Aholisi 36 024,9 million nafardan ortiqni tashkil qiladigan O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ancha yuqori. Aksariyat ishchi kuchi mamlakatni tark etib uzoq va yaqin xorijda mehnat migrantlari sifatida oila boqyapti. O‘zbekistonda 2022 yilning 1 yanvar holatiga ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, 2021 yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortdi.


Bandlik va mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yil shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,5 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.
2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,8 mln kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan. 
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz bo‘ldi.
2021 yil yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlangan.

“Har bir oila –tadbirkor”


Mamlakat Prezidenti 2018 yil 8 iyun kuni imzolagan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaror ham oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ishsizlikka barham berishni maqsad qilgan.
Rejaga ko‘ra, dastur olis, tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasini oshirishga xizmat qilishi kerak. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda ishbilarmonlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilish belgilangan.
O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlar sohani tartibga solib turadi. Dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, qaysi davlatda oilaviy tadbirkorlik yaxshi rivojlansa, shu davlat iqtisodiyoti ham yuksalib boraveradi. Masalan, Xitoyda oilaviy tadbirkorlik shu darajada rivojlanganki, ko‘pchilik oilalarda qandaydir mahsulot ishlab chiqariladi yoki xizmat turi mavjud.
Eng avvalo, oilaviy tadbirkorlik nima degan savolga javob topish kerak. “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunda unga shunday ta’rif berilgan:
“Oilaviy tadbirkorlik bu oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Tadbirkorlikning ushbu yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, u o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirish mumkin”.
Oilaviy tadbirkorlikning bir qator afzalliklari mavjud:
-oilaviy korxona o‘z mulkiga ega bo‘lishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin;
-oilaviy korxona ishtirokchilari ustav fondini eng kam ish haqining o‘n baravaridan past bo‘lmagan miqdorda mustaqil belgilashlari mumkin;
-oilaviy korxona oila yashab turgan turar joyda faoliyat yuritishi va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishi mumkin.

Yüklə 103,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin