Adidas’ning xalqaro musobaqalardagi hamkorlik tarixi Ilk marta professional sportchilar Adolf Dassler tomonidan tikilgan oyoq kiyimni 1928 yilda Amsterdamda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiadada kiyishgan.Adidas Dasslerdan ajralgach, Adolf sportchilar bilan hamkorlik qilishda davom etdi: 1952 yil Helsinkida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada ko‘plab sportchilar Adidas oyoq kiyimlarida chiqishgan. 1954 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallagan Germaniya terma jamoasi Adidas oyoq kiyimlarini kiygandi.1970-1990 yillarda davom etgan inqiroz vaqtida Adidas sportchilar bilan hamkorlik qilmagan va Olimpiadaga homiy bo‘lmagan.1996 yilda Adidas yana Olimpiya o‘yinlari homiysiga aylandi, uning savdolari 50 foizga o‘sdi.2000 yilda Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Adidas mahsuloti 28 ta sport turidan 26 tasida mavjud bo‘lgan. Uch mingdan ortiq sportchi Adidas'dan kiyingan.
Adidas bugungi kunda Adidas bir vaqtning o‘zida ham funksional, ham urfga mos bo‘ladigan sport buyumlarini yaratishda davom etmoqda. Buning uchun brend moda dizaynerlari bilan hamkorlikda to‘plamlar chiqaradi.Kompaniya sayti ma'lumotlariga ko‘ra, 2022 yilga qadar Adidas marketing harakatlarini oltita shahar – Los-Anjyeles, Nyu-York, London, Parij, Tokio va Shanhayga qaratadi.
1970 yildan buyon dunyo futboli boshqaruvchisi bo‘lmish FIFA Adidas bilan Jahon chempionatlarida hamkorlik qilib keladi. Hamkorlik doirasida 1970 yilgi Jahon chempionatida dastlabki Adidas futbol to‘plaridan foydalanildi. 2006 yilgi chempionatda «Teamgeist» nomli to‘pdan foydalanilgan bo‘lsa, 2010 yilda JARda bo‘lib o‘tgan JChda «Jabulani», 2014 yilgi JChda esa «Brazuca» nomli to‘pdan foydalanilgan.
3. Oilaviy biznesdagi muammolar.
Butun oilaning manfaatlari ularning biznes manfaatlari bilan muvozanatlashmasligi mumkin. Masalan, agar oila o'z biznesiga yashash xarajatlari va pensiya uchun mablag'larni taqsimlashi kerak bo'lsa, lekin biznes ulardan raqobatbardosh bo'lishini talab qilsa, butun oila va biznes manfaatlari mos kelmaydi.[8] Va nihoyat, bir oila a'zosining qiziqishi boshqa oila a'zosi bilan mos kelmasligi mumkin. Masalan, egasi bo'lgan oila a'zosi o'z daromadini maksimal darajaga ko'tarish uchun biznesni sotishni xohlashi mumkin, lekin egasi va shuningdek menejeri bo'lgan oila a'zosi kompaniyani saqlab qolishni istashi mumkin, chunki bu ularning karerasini ifodalaydi va ular farzandlarini kompaniyada ishlash imkoniyatiga ega.