Mikroorganizmlarni organik olamdagi o’rni. Mikroorganizmlarni organik olamdagi o’rni biz bilan va bilmagan holda juda kattadir. Chunki mikroorganizmlar xilma-xil bo’lib ba’zilari o’simlik olamiga taalluqli bo’lsa, ikkinchi bir xillari hayvonot va insoniyatga taalluqlidir. Ammo, mikroorganizmlarning atmosferadagi, suvda, tuproqda, yerning chuqur qatlamlarida ham tarqalganligini, ularning butun organik va anorganik dunyo bilan munosabati juda murakkabligini hisobga olinsa uning organik va anorganik olamdagi o’rni kattaligini bilamiz. Ko’pchilik mikroorganizmlar biri hujayralik bo’lib faqat mikroskop yordamida ko’rish mumkin.
Mikroorganizmlar ichida mogor zamburuglari, achitkilar va sodda hayvonlar ancha yaxshi o’rganilgan bo’lib, ular uncha tashvish tugdirmaydi. Ammo, bakteriyalarning o’rni haligacha ham aniq emas, ularning ba’zilarini bir hujayrali suv o’tlariga o’xshatish mumkin, lekin xlorofill yo’q, mikroskopik zamburug o’xshatilsa ulardan ham farqi katta, (asosan harakatchanlikda va tana takomillashuvida, axir ko’pchilik zamburuglar mitsellarga ega, bakteriyalarda yo’q va x.zo). SHuning uchun ham bakteriyalar bilan boshqa organimzlar o’rtasidagi kelib chiqishdagi boglanish xanuzgacha to’liq o’rganilmagan, ammo ularning organik olamdagi o’rni kattadir.
Bakteriyalar va ularning sistematikasi. Bakteriyalar tashqi ko’rinishi ham xar xildir. Ularni sharsimon, tayoqchasimon va egilgan (buralgan) shakllarga ajratilgan. SHarsimon shakllardagi bakteriyalar ham xar xil bo’ladilar va har xil nomlanadilar.
Agar bitta shardan iborat bo’lsa, monokokki, ikkita sharligi diplokkokki, to’rtta sharligi tetrokokki, ko’p sharligi, ammo munchoqsimon tuzilganlari streptokokki, agar hujayralar bo’linishi 3ta perendikulyar tomonga bo’lsa sartsina deb nomlanadilar. Har xil yo’nalishda, uzum shingilini eslatuvchi ko’rinishda bo’lishi va ko’rinishda bo’lganlarini stafilokka deb nomlanadi. SHarsimon bakteriyalardan spora hosil qilmaydiganlarni batsillar deyiladi. Buralgan shakllardagi bakteriyalar spirillalardir.
Verglsimon, ozgina buralgan shakldagi bakteriyalarni vibrional deyiladi. Yon o’simtasi mavjud bo’lgan uzun tayoqcha va ipsimon bakteriyalarni mikobakteriyalar guruhiga birlashtirilgan.
Ko’p hujayrali ipsimon va shilimshiq va shilimshiq bakteriyalarni miksobakteriyalar deyiladi. Bakteriyalar shakliga qarab har xil kattalikda bo’ladilar. SHarsimonlarning diametri 1-2 mikron tsilindrsimonlarining uzunligi 1-4 mikron, eni 0,5-1 mikron bo’lsa, oltingugurt bakteriyalarning uzunligi 50 mikrongacha boradi.
Bakteriyalarning xilma-xilligi va ko’pligi uchun ularni o’rganishda ma’lum yaqin belgilarga qarab klassifikatsiyalangandir. Bunday belgilarga a) morfologik belgilar: b) kulturada namoyon bo’lgan belgilari: v) fiziologik belgilari kiradi. Bakteriyalarni bir sistemaga solishda ko’p fikrlar bo’lgan. N.A.Krasilnikov bakteriyalarni xilma-xil gruppalardan iborat deb hisoblangan va 4ta gruppaga ajratgan. 1. Aktinomitsetlar. 2.Bakteriyalar; 3.miksobakteriyalar; 4.Spiroxetalar.
Ammo, Leymon va Neymonlar hamma bakteriyalar va aktinomitsetlarni SHizomitsetlar degan bitta sinfga kiritib, ikkita tarkibga ajratadilar. Leymon va Neymonlar sistematikasida bakteriyalarni oilaga bo’lishda spora hosil qilish-qilmasligi tashqi shaklga e’tibor beradilar, turlarga bo’lishda fiziologik va kulturada hosil bo’lishi belgilarini asoso qilib oladilar. Biz ko’pchilik munozalari narsalarga to’xtalib o’tirmasdan Leymon va Neymon tomonidan tuzilgan sodda sistematikaga to’xtalib o’tamiz xolos.
A.SHizomitsetlar tartibi. Bu tartibga qattiq po’stli va bo’luvchi to’siq hosil qilib bo’linib ko’payuvchi barcha haqiqiy bakteriyalar kiritilgan. Bu tartib 6ta oilaga bo’linadi.
Kokkilar oilasi (streptokokkilar, sartsinalar, mikrokokkilar avlodiga bo’lingan). II. Bakteriyalar oilasi; III.Ipsimon bakteriyalar oilasi (o’z ichiga 5-avlodni birlashtirgan); IV.Spirallalar oilasi (2 avlodga ajratilgan). V. Spiroxetalar oilasi. VI. Batsillalar oilasi.
B. Miksobakteriyalar tartibi. Miksobakteriyalar oilasi va unga mansub avlod bu tartibga kiritilgan.
V. Aktinomitsetlar tartibi. 1.Aktinomitsetlar oilasi (2 avlodga ajratilgan) II. Mikromonosporalar oilasi; III.Miksobakteriyalar oilasi (2 avlodga ajratilgan).
Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi. ham yuksak o’simliklar va hayvonlarning hujayralari kabi 75-85% suv (hayvonlarda 65-70% bo’ladi) 15-25% hujayraning umumiy ogirligi hisobidan quruq moddalardan iborat bo’ladi. Mikroblar hujayrasida organogen elementlar uglerod, azot, kislorod va vodorod 90-97% tashkil etadi. Kuruq moddasining asosiy qismi 80% ga yaqin mikroblar hujayrasida oqsillarga to’gri keladi. Uglevodlar ko’proq polisaxaridlar uchraydi. Lipidlar protoplazma yuzasida va asosan hujayra pustida uchraydi. Tuzilishiga kelsak prokariot (bakteriyalar, ko’k-yashil suv o’tlari,) aktinomitsitlar va x.k) mikroorganizmlarda shakllangan yadro (magiz) yo’q. Bakteriyalar prokariotlarga mansub bo’lsa ham yadrosi takomillashgan eukariotlar hujayralari singari murakkab tuzilishiga egadirlar. Bakteriyalar hujayra po’sti rangsiz, uglevod, pektin, lipoid va xitin moddalaridan tashkil topgan bo’ladi. Hujayradan hujayra po’sti orqali muxitga tsitoplazmatik o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalar xivchinlar deyiladi. Hujayra pusti ustida ipsimon ingichka va uzunligi 0,3-0,4 mm keladigan o’simtalar (PILI) tsitoplazma membranalarida joylashadi. Pililar muhitdagi buyumlar va boshqa hujayralarga yopishib turish vazifasini bajaribgina qolmasdan ba’zilari jinsiy organ rolini bajarishda ham ishtirok etadi. TSitoplazma mayda donali, rangsiz, yarim suyuq modda bo’lib, uning 80% suv 20% organik va anorganik moddalarga to’gri keladi. Ular asosan xivchinlari yordamida xarakatlanadilar. Ayrim mikroorganizmlarda (spiroxeta va spirillalar) xivchinlar bo’lmaganligi uchun siljib, sirgalib (ilonga o’xshash) xarakatlanadilar. Xamirtrush zamburugi bir joydan ikkinchi joyga siljimaydi, bir joyda xarakatlanib turadilar.
Bakteriyalar ko’payishiga kelsak asosan oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadilar. Agar hujayra teng ikkiga bo’linsa izomorf bo’linishi yangi hujayralarning biri katta ikkinchisi kichik bo’lib qolsa geteromorf bo’linish deb ataladi. Ba’zi bakteriyalar jinsiy yo’l bilan ko’payadilar. Bunda ikkita yetilgan hujayra qo’shiladi, buni kon’yugatsiya deyiladi. Hujayralar ichida hosil bo’lgan konidiyalardan bo’shab chiqqan bakteriyaning yangi hujayralari yetiladi. Mikroblar juda tez ko’payadi. Bakteriya hujayrasi har 20-30 minutda bo’linishi mumkin.
Bitta bakterial hujayra 5 soatda 1024 hujayra, 10 sotada 10485576 hujayra, 20 soatda 1099 mld 511,6 mln hujayra hosil qilish ogirligi 80 mg ga yetishi, 25 soatda 82 gramm, 30 soatda 89,2 kg, 40 soatdan keyin esa 18841,6 tonnagacha ko’payishligi hisobla chiqilgan.
Zamburuglar ko’payishiga kelsak ular vegetativ, jinsiy va jinssiz ko’payishiga moslashgandirlar. Mikroorganizmlarda irsiy belgilarni eukariot hujayralarda yadro, prokariot hujayralarda nukleotidlar saqlaydilar va naslga o’tkazadilar. Bakteriyalar DNKsi uzun ikkita polimer zanjirdan iborat polinukletoid bo’lib, nukleotidlar monomerlaridan tashkil topadi. Bakteriya hujayrasi DNKsi ipsiomn bo’ladi va shu ipni bakteriya xromosomasi deyiladi, o’zida genlarni ushlaydi. Aga shu genlar yordamida irsiy informatsiyalar nasldan naslga o’tkaziladi.
Bakteriyalar turlari va o’lchamlari. Prokariotlar-tuban darajali protistalardir. Bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari shular jumlasiga kiradi. Bular hujayrasining tuzilishi jihatidan barcha tirik organizmlardan keskin farq qiladi. Differentsiallangan yadrosi bo’lmaydi. DNK tsitoplazmaga botgan holda erkin yotadi. TSitoplazmaning endoplazmatik to’r yordamida «bo’limlarga» bo’linishi sust ifodalangan. Mitoxondriylar va xloroplastlar bo’lmaydi. Prokariotning harakat organlari (xivchinlari) eukariotlardagiga qaraganda boshqacha tuzilgan. Prokariotlarning hujayra devorida glikoproteidlar topilganki, bular eukariotlar hujayralarining tarkibida topilgan emas.
Bakteriyalar xlorofildan maxrum bir hujayrali organizmlardir. «Bakteriya» lotincha so’z bo’lib, tayoqcha ma’nosini bildiradi. Bakteriyalar odam va hayvonlarning kasallanishlariga sababchilar orasida katta o’rin tutadi. Bakteriyalar hujayrasining shakliga qarab to’rta asosiy:
shasimon bakteriyalar-kokklar;
tayoqchasimon yoki tsilindrsimon-batsillalar;
bukilgan va spiral shaklida buralgan bakteriyalar-vibrion va spirillalar;
xlomibakteriyaga bo’linadi.
Kokklar (lotincha coccus-don, mevadoni degan so’zdan olingan) bo’linganidan keyin hujayralarning joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Monokokklar (mono-grekcha so’z bo’lib, yakka ma’nosini bildiradi) bo’lingandan keyin har qaysisi alohida joylashadi. Diplokokklar (di-grekcha ikki, juft) bir tekislikda bo’linadi va juft-juft bo’lib joylashadi. Kokklar bo’linganidan keyin bir-biridan ajralib ketmasdan zanjircha hosil qiladigan bo’lsa, bularga streptokokklar deyiladi. Mana shu kokklarning hammasi faqat bir tekislikda bo’linadi. Bir-biriga ikki tekislikda bo’linganida to’rtta kokkdan iborat tetrokokklar, bir-biriga tik uchta tekkislikda bo’linganida esa kubikchalar ko’rinishidagi 8-16 hujayradan tashkil topgan sartsinalar (lotincha sarcio-bog’lamoq degan so’zdan olingan) hosil bo’ladi. Bo’linishi muayyan tartib bilan bormaydigan bo’lsa, u vaqtda kokklar birgalikda qolaveradi va uzum boshiga o’xshab ketadigan to’plamlar hosil qiladi, stafilokokklar deb shularni aytiladi. Kokklarning kattaligi 1-1,5 mkm ga boradi. Kokklar orasida odamda uchraydigan xar xil kasalliklarning qo’zg’atuvchilari bor: diplokokklar, ya’ni pnevmokokklar, meningokokklar va gonokokklar tegishlicha o’pka yallig’lanishi, meningit va so’zakka sabab bo’ladi. Stafilokokklar bilan streptokokklar odam va hayvonlarning har xil yiringli kasalliklarini keltirib chiqaradi. Kokklar hamisha qat’iyan shar shaklida bo’lavermaydi, ba’zan ularning bir tomoni botiq yoki aksincha bir muncha cho’ziqroq bo’ladi.
Tayoqchasimon bakteriyalar (yunoncha bacteria-tayoqcha) tsilindirsimon shaklda bo’lib, odatda yakka-yakka, lekin ba’zan juft-juft (diplobakteriya) joylashadi. Tayoqchalar to’g’ri, sal bukilgan yoki duksimon bo’lishi mumkin, ularning kattaligi 1-5x0,5-1 mkm ga boradi. Spora hosil qilmaydigan tayoqchalar bakteriyalar deb atalsa, spora hosil qiladiganlari batsillalar (aerob) va klostridiyalar (anaerob) deb ataladi. Bakteriyalarning burama shakllari bir necha o’ramdan tashkil topgan spiral ko’rinishida bo’ldi. Bularning orasida bitta o’ramli bo’ladigan vibrional va 2-3 ta o’ramli bo’ladigan spirallar tafovut qilinadi.
Vibrionlar vergulga o’xshab ketadigan sal bukik hujayralar bo’lib, uzunligi 1-3 mkm keladi, hujayraning uchida joylashgan xivchini tufayli juda harakatchan bo’ladi. Vibrionlar o’rtasida vabo qo’zg’atuvchisi hammadan katta ahamiyatga ega.
Spirallar - oqava iflos suvlarda, chirib yotgan tashlandiq narsalarda yashovchi bezarar mikroorganizmlardir. Faqat spirillium minus odamda kalamush tishlashidan paydo bo’ladigan kasallik -sodokuni paydo qiladi.
Spiroxetalarga juda ko’p mayda, uzun va ingichka burmali bakteriyalar kiradi.
Xlamidobakteriyalarda odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadigan mikroblar bo’lmaydi. Ularga tiniq suv omborlarida yashaydigan oltingugurt va temir bakteriyalari kiradi.
Tashqi omillar (haroratning o’zgarishi, ovqatlanish sharoiti) ta’siri bilan bakteriyalarning shakl va kattaligi o’zgarishi mumkin. Masalan, vibrionlar ba’zan uzun ip yoki shar shaklini oladi, tayoqchalar esa shu qadar kalta tortadiki kokka o’xshab qoladi. Bakteriyalarning odatdagi ko’rinishini o’zgartirishi, shu bilan birga ko’pincha ajoyib tarzda o’zgara olish xususiyati polimorfizm xodisasi deb ta’riflanadi.
Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Bakteriya hujayrasi hujayra devori, tsitoplazmatik membrana va tsitoplazmadan iborat. TSitoplazmasi hujayra yadrosi, kiritma, kapsula va xivchinlardan tuzilgan. Bakteriya qobig’i ancha zich va plastik tuzilmadir, shuning uchun u odatdagi shaklini saqlab turadi. U uch qavatdan tuzilgan, tsitoplazmaga bevosita tutashgan tsitoplazmatik memrana, hujayra devori va tashqi shilimshiq qavatdan iborat. Bakteriya hujayrasining devori murakkab strukturaga ega bo’lib, ikki xil qismdan tuzilgan. Matriks degan suyuqlikka botib turadigan mikrofibrillalari turi hujayra devoriga pishiqlik va qattiqlik beradi. Mikrofibrillalar glikopeptidlardir. Mikrofibrillalar botib turadigan matriksdan polisaxaridlar topilgan, ba’zi bakteriyalarda esa matriks moddasining 60% qismi teyxoat kislotalaridan tashkil topgan. Hujayra devorining qalinligi 10-20 nm.
Hujayra devori tarkibidagi murien miqdori va boshqa qo’shimcha moddalarning tarkibiga ko’ra barcha bakteriyalar ikki guruhga bo’linadi:
1.Grammusbat bakteriyalarining hujayra devorlari hammadan sodda tuzilishga ega. Ularda 95% gacha glikopeptidlar, 2,5% lipidlar, polisaxaridlar va teyxoat kislotalar bo’ladi.
2.Gramanfiy bakteriyalarning hujayra devori 3 qavatli bo’lib, kimyoviy tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi. Unda atiga 5-10% glepeptidlar, 25% gacha lipidlar, oqsil va polisaxaridlar bo’ladi. Uning ichki qavati glipopetidlar bo’lib, bular zich taxlanmagan serbar qatlamning ustida uchinchi qatlam-glikopolisaxaridlar qatlami joylashgan.
Hujayra devori moddalarni tanlab o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgani uchun turli moddalarini hujayra ichiga o’tib turishini va almashinuv mahsulotlarning tashqarishga chiqib olishini ta’minlaydi. Suv, glyukoza, aminokislotalar molekulalari, uncha katta bo’lmaydigan yog’ kislotalari hujayra devori orqali oson o’tadi. Hujayra devorining shundoqqina tagida unga zich bo’lib yotadigan tsitoplazmatik mambrana joylashgan. Hujayralarga biron-bir yo’l bilan ta’sir ko’rsatilganda, masalan bakteriyalar natriy xloridning gipertonik eritmasiga tushirilganda membrana hujayra devoridan ajralishi va yaxshi ko’rinadigan bo’lib qolishi mumkin. Hujayra hayotida tsitoplazmatik membrananing ahamiyati juda katta. U go’yo osmotik to’g’on vazifasini bajarib, hujayra ichida oziq moddalarni kontsentrlaydi va almashinuv mahsulotlarining chiqarib tashlashini osonlashtiradi. TSitoplazmatik membrana hujayraning ba’zi tarkibiy qismlarining biologik yo’l bilan sintezlanadigan joy bo’lib, bakteriyalarning bo’linishi protsesslarida ishtirok etadi. TSitoplazmatik membrana juda yupqa, qalinligi ko’pi bilan 10 nm.ga boradi. U uch qavatdan: ikki qavat oqsil molekulalari va bular orasida joylashgan fosfolipidlardan iborat.
Bakteriyalar endosporalari. Ba’zi bakteriyalar noqulay yashash sharoitiga tushib qolganidan tanasining ichida spora hosil qiladi. Spora quritishga, yuqori temperaturalar, kimyoviy va dezinfektsiyalovchi moddalar ta’siriga juda chidamli bo’ladi. Spora hosil qilish asosan tayoqchasimon formalar - batsilalar va klostridiyalarga xosdir. Kasallik tug’diruvchi (patogen) tayoqchalardan qoqshol (stolbnyak), gazli gangrena, kuydirgi va boshqa kasalliklarning mikroblari spora hosil qiladi. Kokklarning spora hosil qilishi kamdan-kam uchraydi, vibrion va spirillalarning spora hosil qilgani mutlaqo ma’lum emas. Patogen mikroblar odam va hayvon organizmidan tashqarida spora hosil qiladi, ba’zi mikroblar O2 mo’l-ko’l vaqtda spora hosil qilsa, ba’zi mikroblar O2 yo’q paytda spora hosil qiladi. Spora hosil bo’lishi 4 bosqichdan iborat: 1) tayyorlanish stadiyasi; 2) spora oldidagi stadiya; 3) qobiq hosil qilish stadiyasi; 4) yetilish stadiyasi. Batsillalar noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki strukturasida o’zgarishlar hosil bo’lib, ma’lum bir qismidagi protoplazma quyiqlasha boshlaydi, so’ngra shu joy asta zich qobiq bilan o’raladi. Xujayraning qolgan qismi esa asta sekin yemiriladi va spora yetiladi. SHunda uning hajmi vegatativ shaklli mikrobning hajmiga ko’ra o’n barobar qisqaradi. SHu tariqa bakteriya hujayrasi 18-20 soatda sporaga aylanadi. Sporalarning qobig’i zich, tarkibida suvning miqdori kam, kaltsiy, lipoid va pikolin kislotaning ko’p bo’lishi ularning tashqi muhitning noqulay ta’siriga chidamliligini oshiradi, ba’zilarining esa bir necha o’n yo’lgacha shu sharoitda hayot faoliyatini saqlashga imkon beradi. Sporalar -253 daraja sovuqda o’z hayot faoliyatlarini saqlab qoladilar. Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U hujayra-ning o’rtasida joylashsa-markaziy spora, bir uchida joylashsa-terminal spora, bir uchiga yaqin joylashsa-subterminal spora deb ataladi. Sporalarning joylashishi lobaratoriyada mikroblarning turini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Sporalarning shakli sharsimon, cho’zinchoq va oval bo’ladi.
Spora ustki(ekzina) va ichki(intina) qavatlardan iborat bo’lib, ekzina qavati tsitoplazmani tashqi faktorlar ta’siridan saqlaydi. Intina esa sporaning o’sib chiqishiga yordam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushganda o’sishni davom ettiradilar. O’sish davriga o’tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan hujayra o’sa boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa-qutbli, o’rta qismidan chiqsa-ekvatorial o’sish deb ataladi. Spora-lar ko’payish uchun hizmat qilmaydi. Balki bakteriyalar hayotining maxsus barqaror shakli bo’lib, muayyan turning saqlanib qolishiga imkon beradi.
4. Bakteriyaning harakati, xivchinlari, joylanishi. Harakatlanadigan bakteriyalar ikki guruhga bo’linadi: 1) emaklaydiganlar va 2) suzadiganlar. Emaklaydiganlarning tanasi sathda to’lqinli harakatlanadi. Ularda harakatlanish organlari (xivchinlari) bo’lmaganligi sababli, bir yerdan ikkinchi yerga ilonga o’xshab sirg’aladi. Suzadiganlar esa suyuqliklarda maxsus bakteriya hujayrasidan ingichka uzun protoplazmatik tuzilmalar shaklida chiqib, qobiqdagi maxsus teshiklardan o’tadigan harakatlanish organlari orqali harakatlanadi. Bu harakatlanish organlariga xivchinlar deb ataladi.
Xivchinlarning yo’g’onligi 0,02-0,06 mkm va uzunligi 6-9 mkm, ba’zilarining (spirillalarda) uzunligi esa 80-90 mkm gacha bo’ladi. Xivchinning uzun yoki qisqa bo’lishi bakteriya turiga bog’liq. Odatda, bakteriya xivchin uzunligidan bir necha marta uzundir.
Xivchinlar bakteriya hujayrasi bilan ikkita disklar orqali aloqa qiladi. Xivchinlarning soniga va joylashishiga qarab bakteriyalar to’rt guruhga bo’linadi: 1) monotrix bakteriyalar -tanasining bir uchida faqat bitta xivchin bo’ladi; 2) lofotrix bakteriyalar - tanasining bir uchida bir tutam xivchinlar bo’ladi (bu ikki guruhga mansub bakteriyalar to’g’ri chiziq shaklida harakat qiladi); 3) amfitrix bakteriyalar - xivchinlar ikki uchida bir tutamdan bo’ladi; 4) peretrix bakteriyalar - xivchinlar tanasining hamma tomonidan chiqqan bo’ladi. Bu ikki guruh bakteriyalari tartibsiz harakatlanib, har tomonga qarab dumalaydi.
Bakteriyalarning harakatlanish tezligi ham har xil. Ularning ko’pchiligi bir sekundda tanasining uzunligiga teng kelgan masofani, boshqalari esa o’z tanasi uzunligiga nisbatan 10-15 marta ko’p bo’lgan masofani bosib o’tadi. Eng tez harakatlanadigani monotrix bakteriyalardir.
Harakatlanadigan bakteriyalar tashqi faktorlarning ta’sirida harakatlanishi mumkin. Bu xodisa taksis deyiladi. Ta’sir etish faktorlariga ko’ra taksis xodisasi turlicha bo’ladi. Kimyoviy moddalar ta’sir etganda-xemotaksis, havo ta’sir etganda-aerotaksis, yorug’lik ta’sir etganda-fototaksis deyiladi.
Bakteriyalarning harakatlanishi «osilgan tomchi» yoki «ezilgan tomchi» usuli bilan laboratoriyada aniqlanadi. Xivchinlar mikroorganizmlar turini aniqlash uchun eng muhim belgi hisoblansada, u har doim bo’lmaydi. Harakatlanmaydigan ba’zi bakteriyalarning sirtida xivchinlardan ham ingichka va katta narsalar borligi elektron mikroskop yordamida aniqlangan. Ular pili (kipriklar, fimbriy, filament) deb ataladi. Ular bakteriyalarning tanasida joylashadi. Bir hujayrada 100-400 tagacha bo’ladi. Pilining uzunligini 0,3-1 mkm va eni 0,01 mkm gacha bo’ladi. Pili harakatlanish organoidi emas, bular mikroblarning substratlarga yopishish, ushlanishiga xizmat qiladi. Mikrobakteriyalarda harakatlanish organlari yo’q. Ular o’z tanasidan zarb bilan shilliq moddalarni chiqarib, shuni kuchi bilan harakatlanadi.
Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi. O’simliklar va hayvonlar klassifikatsiyasi ularni evolyutsion aloqalarini aks ettiruvchi filogenetik printsipga asoslangan. Bakteriyalarni klassifikatsiyasi hozircha ularni morfologiyasiga asoslangan. 1-yanvar 1980 yildan boshlab mikroorganizmlar nomenklaturasini kodeksiga ko’ra eukariotlar taksonomik kategoriyalari bilan bir xil hisoblanadi. Asosiy taksonomik birlik turdir.
Bakteriyalarda turlarning kriteriylari hali ishlanmagan. Kelib chiqishi bir xil, belgilangan bir xil muhitda o’sadigan, moddalar almashinuvi o’xshash, qarindosh irsiy aparatga ega bo’lgan, morfologik, fiziologik, biokimyoviy hususiyatlari kabi o’xshash belgi va hossalar kriteriy bo’lib hisoblanadi.
SHtamm deb bir xil manbadan, ammo turli vaqtlarda olingan bir xil organizmlarga aytiladi.
SHtamm o’ziga xos belgilari bilan ajralib turadi (ferment, antibiotik hosil qilishi).
Klon - bitta hujayrani ko’payishidan olinganidir. Bakteriyalarning Xalqaro klassifikatsiyasi Bergning «Bakteriyalar aniqlagichi» kitobiga asoslangan. Bu kitobni yozishda 104 avtor qatnashgan va u 1974 yili nashr etilgan. Unda 1500 turdagi tuban mikroorganizmlar belgilangan.
Bakteriyalarning klassifikatsiyasi morfofiziologik usulga asoslangan.
Morfologik belgilarga bakteriyalarning tana tuzilishi, o’lchamlari, shakli o’zgarishlari, kapsulasini bor yoki yo’qligi, harakatchanligi, Gramm usuli bo’yicha bo’yalishi kabilar kiradi.
Fiziologik belgilarga oziqlanish xarakteri, haroratga munosabati, energiya olish xarakteri, kislotaga munosabati hamda kislorodga munosabati kabilar kiradi.
Hozirgi kunda DNK ning nikleotid tarkibi va DNK gomologiyasiga ham asoslanadi.
Bergi aniqlagichi bo’yicha prokariotlar klassifikatsiyasi ikkita bo’limdan iborat.
TSianobakteriyalar.
Bakteriyalar.
TSianobakteriyalar fototrof bakteriyalardir. Fotosintezda O2 ajraladi, xlorofill «a», fikobiliproteidlar tutadi.
Bakteriyalar bo’limiga bir hujayrali organizmlar kiradi. Ko’pchiligi harakatchan, ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi, ba’zan kurtaklaydi. Bakteriyalar bo’limi 19 guruhga bo’linadi.
Fototrof bakteriyalar - tarkibida fotopigmentlar-bakterioxlorofil va karotinoidlar bor. Fotosintezdagi metobolizm O2 siz sharoitida ro’y berib, O2 ajralmaydi. Bu bakteriyalar suv xavzlarida uchrab, tayoqchasimon, vibrion, burama ko’rinishga ega.
Sirpanuvchi bakteriyalar - ikkita tartibga bo’linadi:
a) Mikrobakteriyalar tartibi va turli ko’rinishdagi meva tanalari hosil qiladi. O’simlik qoldiqlari parchalaydi.
v) TSitofagalar tartibi - bu bakteriyalar meva tanalar hosil qilmaydi. Tayoqchasimon va ipsimon bo’ladi. SHilimshiq ajratib, unda sirpanib harakat qiladi. Ular xemolitotroflar, xemoorganotroflar hisoblanadi, obligat aeroblar. Bu bakteriyalar tuproqda murakkab polisaxaridlar - tsellyuloza, xitin, pektin, klechatka, kraxmalni parchalaydi.
3. Xlamidobakteriyalar. Bu guruhga kurtaklanib, marjonsimon zanjir hosil qiladigan bakteriyalar kiradi. Zanjir ustida shilimshiq hosil bo’ladi. Suvda turli predmetlarga yopishgan holda oddiy bo’linish bilan ko’payadi. Oziqlanishga ko’ra xemoorganotrof. Obligat aeroblardir.
4. Kurtaklanuvchi bakteriyalar. Bu guruhga o’simta hosil qiluvchi va kurtaklanib ko’payuvchi bakteriyalar kiradi. Ular turli tuproqlarda keng tarqalgan bo’lib hujayrasi assimmetrik ravishda bo’linib ko’payadi. Oziqlanishiga ko’ra xemoorganotrof va obligat aeroblardir, ba’zilari fakultativ anaeroblardir.
5. Spiroxetalar. Spiroxetalar bir hujayrali spiralsimon burilgan bo’lib, uzunligi 0,5 mikronga boradi. Ular orasida aerob va anaeroblar ham bo’ladi. Oziqlanishiga ko’ra xemoorganotroflar bo’lib saprofit va tekinxo’rlari ham bor. Tekinxo’rlari odamda jinsiy organizlarda kasallik hosil qiladi. Masalan: Siflis, sariq kasalligi. Bu kasallik bilan har yili o’rtacha 40 000 kishi kasallanib, hozirda 50 mln. kishi shu kasallik bilan og’riydi.
6. Spiralsimon va egilgan bakteriyalar. Bu guruhga tayoqcha va spiral shakldagi bakteriyalar kiradi. Bitta yoki bir nechta polyar holda joylashgan xivichinlari bo’ladi. Nafas olishiga ko’ra aerob va anaeroblardir. Ular orasida saprofitlar, organik qoldiqni parchalovchilar bor. Patogenlar.
Grammanfiy aerob tayoqcha va kokkilar. Bu bakteriyalar kagta guruhni tashkil qilib, 5 ta oiladan iborat:
A) Psevdomonas oilasining bakteriyalari polyarli xivchinli bo’ladi. Ular obligat aerob, xemoorganotroflardir. Ko’pchiligi organik qoldiqni minerallashda ishrirok etadi. Tuproqda, suvda, balchiqda keng tarqalgan.
V) Azotobakteriyalar oilasiga erkin hayot kechiradigan, obligat aerob, atmosferadagi molekulyar azotni o’zlashtira oladigan, yirik tayoqchadan oval shakligacha bo’lgan bakteriyalar kiradi. Oziqlanishi xemoorganotrof. Tuproqda, suvda, o’simlik yaproqlari ustida bo’ladi.
S) Khizobiaceal oilasining bakteriyalari dukkakli o’simlik ildizlari tuganak, turli o’simlik poyalarida guddalar hosil qiladi.
D) Mitlimonadalar oilasiga tayoqcha va kokki shaklidagi bakteriyalar kirib, metan va metanol bilan oziqlanadi. Obligat aeroblardir.
E) Galobakteriyalar oilasiga tarkibida 12% dan kam osh tuzi bo’lmagan muhitlarda o’sadigan bakteriyalar kiradi. Obligat aeroblar. SHo’r suvlar, sho’rli ozuqalarda o’sadi.
Grammanfiy fakultativ aerob tayoqasimon bakteriyalar. Bu guruh ikkita oiladan iborat:
A) Enterobakteriyalar oilasiga harakatchan, harakatsiz, kapsulali, kapsulasiz, tayoqchasimon bakteriyalar kiradi.
V) Vibrionlar oilasiga harakatchan, bir oz egilgan shakldagi fakultativ anaerob bakteriyalar kirib, ular erkin, tekinxo’r holda yashaydi.
9. Grammanfiy anaerob bakteriyalar. Tayoqchasimon anaeroblar kiradi. Bijg’itishni amalga oshiradi. Natijada qahrabo, sirka, chumoli, sut, propion, moy kislotalarini hosil qiladi.
10.Grammanfiy kokki va kokkibattsiyalar. Saprofit va tekinxo’rlar bo’lib, aerob, xemoorganotroflardir. Neisseria turkumi odamda meningit va gonereya hosil qiladi. Meningokokki odamda burun va xalkumni shilimshik qismida o’sadi va miya pardasiga o’tib, meningit hosil qiladi. Gonokokklar siydik yo’lini, ko’zni kasallantiradi. Har yili 150 mln. kishi kasallanadi. Bu kasal bilan og’riganlarning 50% dan ortig’ini odatda 25 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi.
11. Grammanfiy anaerob kokkilar. Bijg’itishni alga oshiradi. Issiqqonli hayvonlarning og’zi, ichaklarida, o’pkasida kasallik hosil qilmay o’sadi.
12. Grammanfiy xemolitotrof bakteriyalar. Bu bakteriyalar anorganik moddalarni parchalab, undan energiya oladi. Ular: a) ammiak va nitratlarni parchalovchi-Nitrobakteriaceal; v) S ni parchalovchilar; s) Fe, Mn ni to’plovchilar.
13. Metan hosil qiluvchi bakteriyalar. Morfologik jihatdan kokki va tayoqcha bo’lib harakatchan va harakatsiz anaeroblardir. Bu bakteriyalar botqoqlikda, kovsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida bo’ladi. Zarur energiyani metanol va atsetatlarni parchalab, metanga aylantirib, SO2 ajratib oladi.
14. Grammusbat kokkillar. Bu guruh ikkita kichik guruhchaga bo’linadi:
A)Aerob, fakultativ anaerob, mikrokokkilar, streptokokkilar;
V) Obligat anaerob Repocciaceal kiradi. Mikro va streptokokkilar issiq qonli organizmlarda tekinxo’rlik qiladi.
15. Endospera hosil qiluvchi tayoqcha va kokkilar. Bu bakteriyalarni batsillalar ham deyiladi. Endosporalar hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Ko’pchiligi saprofit, tekinxo’rlari ham bor.
16. Grammusbat asporogen tayoqchasimon bakteriyalar. Ko’pchiligi uglevodli, aminakislotali, peptidli, vitaminli, yog’ kislotali muhitda yaxshi o’sadi.
17. Aktinomitsetlar. Bular korinobakteriyalar va aktinomitsetlar guruhlariga bo’linadi. Korinobakteriyalarni morfologiyasi o’zgarib turadi. Ular 3 guruhga bo’linadi:
a) Tekinxo’rlar-odam va hayvonlarda kasallik hosil qiluvchilar;
v) O’simliklarda kasallik hosil qiluvchilar;
s) Kasallik hosil qilmaydiganlar.
Aktinomitsetlar zamburug’larga o’xshaydi. SHoxlanib o’sadi, asosan tuproqda tarqalgan.
18. Rikketsiyalar. Polimorf bakteriyalardir, odatta harakatsiz. Ular oqsil, lipid kabilarni sintez qila oladi. Oziq muhitda o’smaydi. Tovuq embrioni, hayvon to’qimalarida o’sadi.
19. Mikoplazmalar. Mikoplazmalarni hujayra po’sti yo’q. Polimorfizm xususiyati kuchli. Hujayrasi 3 qavatli tsitoplazmatik membrana bilan o’ralgan. Mineral va organik ozuqalarda o’sa oladi. Tabiatda keng tarqalgan. Ular eng kichik bakteriyalardir.
Xulosalar. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak mikroorganizmlar dunyosi juda katta va murakkabdir. Faqatgina zamburuglarning o’zi 70 mingdan ortiq turga egaligi ham fikrimizning dalilidir. Ana shu mikroorganizmlar tuproqda turli-tuman faoliyat ko’rsatib, o’simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq unumdorligi oshirilishi uchun juda katta samara beradilar.