1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari


Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə8/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15

Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi


Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi bir necha usulda borishi mumkin. Ayrim zamburug‘larda (Mucor) tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan ikkita hujayraning konyugatsiyasi (birlashishi) kuzatiladi. Bunda bir hujayra ota rolini bajarsa, ikkinchisi ona rolini bajaradi. Bu jarayon izogamiya deyiladi va natijada zigota – jinsli spora hosil bo‘ladi. Zigota qalin qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, noqulay sharoitga tushgan sporani eslatadi. Zigota qulay sharoitda o‘sib bir necha sporali sporangiyani hosil qiladi. Zigotada diploid yadro, yaoni ikkita xromosoma bo‘ladi. Bu ota va ona hujayralarining birlashganligi bilan tushuntiriladi. Zigota o‘sganda uning xromosomasi reduksion yo‘l bilan bo‘linadi va xromosoma soni normallashadi. SHuning uchun zigota o‘sishidan hosil bo‘lgan zamburuda gaploid yadro bo‘ladi.
Ayrim zamburug‘larda tashqi ko‘rinishi bilan farq qiladigan hujayra, yaoni ota va ona hujayralarning birlashishi ham kuzatiladi. Bu jarayonga oogamatsiya, hosil bo‘lgan sporalar oosporalar deyiladi.
Ayrim zamburug‘larda ikki hujayra birlashishidan hosil bo‘lgan zigota o‘zini noqulay sharoitga tushgan sporaday tutmay, tezda o‘sishni boshlaydi. Bu ikki hujayraning yadrosi birlashmaydi, balki yaqinlashadi. YAdrolarning birlashishi uchun esa ko‘payishning maxsus organlari - sumka va bazidiya hosil bo‘lishi lozim.
Sumkada (askus) bir nechta (ko‘pincha sakkizta) askospora bo‘ladi. Ko‘pgina zamburug‘larda sumka maxsus mevali tanada joylashgan bo‘ladi. Agar sumka mevali tananing ustida joylashsa bunga apotetsiya deyiladi. Sumka mevali tananing ichida joylashishi ham mumkin. Ular yopiq holda bo‘lib, faqat askospora chiqishi uchun kichik teshikcha bilan taominlangan bo‘ladi. Bunday sumkaga peritetsiya deyiladi.
Bazidiya - qopsimon cho‘zinchoq shaklga ega. Bazidiyada ko‘pincha to‘rtta bazidiospora joylashadi. Bazidiospora hujayra bilan sterigmalar orqali birikkan bo‘ladi va har kaysi sterigmada faqat bitta bazidiospora joylashadi. Bazidiospora bilan ko‘payadigan zamburug‘larning ayrimlari mevali tana hosil qilmasa, boshqalari mevali tana hosil qiladi. Bunga misol qilib odam eydigan zamburular, masalan, shampinionni keltirish mumkin.
Askospora va bazidiospora reduksion bo‘linish yo‘li orqali gaploid yadro hosil qiladi. SHuning uchun bu ikki sporada diploid faza zigotadan sumka yoki bazidiya hosil bo‘lguncha kuzatish mumkin.
Jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan zamburular mukamallashgan zamburular deyilsa, faqat jinssiz yo‘l bilan ko‘paya oladigan zamburular mukamallashmagan zamburug‘lar deyiladi.
Ko‘payish organlarining tuzilishi va ko‘payish yo‘llari asosida zamburularni identifikatsiya qilish, yaoni qaysi sinfga kirishini aniqlash mumkin. Zamburug‘larning sinflanishi asosida ham shu faktor yotadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Viruslarning hillarini aytib bering?

  2. Mikoplazmalar qanday tuzilgan?

  3. Bakteriyalar qanday tuzilgan?

  4. Bakteriyalarning shakllari qanday?

  5. Zamburug’lar qanday tuzilgan?

  6. Zamburug’lar qanday ko’payadi?


Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin