1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə4/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mikoplazmalar. Mikoplazmalar polimorf, turli shakldagi mikroorganizmlar, nihoyatda mayda, haqiqiy bakteriyalardan hujayra devori yo‘qligi bilan farqlanadi. Ko‘pincha harakatsiz, sporalar hosil qilmaydi, bakteriologik filtrlardan o‘tib ketadi (0,1 - 0,2 mkm va undan kichik).
Mikoplazmalar orasida saprofit va parazit formalari bor. Hayvonlarda turli - tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Ularni 10 - 20% ot qonining zardobi qo‘shilgan qattiq oziq muhitlarida o‘stirish mumkin. Suyuq oziq muhitlarda mikoplamalar kokkisimon, yulduzsimon, disksimon, ipsimon va boshqa shaklli bo‘lib, qattiq oziq muhitlarda esa o‘rtasi qora mayda koloniyalarni hosil qiladi. Bergi mikoplazmalarni prokariotlar olamining mikoplazmalar bo‘limiga ajratadi.
Mikoplazmalarga bakteriyalarning L-shakllilariga yaqin turadi. Bu bakteriyalarni tajriba yo‘li bilan ham olish mumkin, buning uchun bakteriyalarga pensillin bilan ta’sir etiladi.
Mikoplazmalar ichida yaxshi o‘rganilgani erkin holda hayot ke-chiradigan Mycoplasma laidlawu dir. G. Morovin va M. Turtelen(1964) ularni elektron mikroskopda ko‘rib, to‘rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bo‘lgan yirik hujayralar borligini aniqlaydilar.
Mikoplazmalar odamda va boshqa umurtqalilar orasida keng tarqalgan. Mikoplazmalarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a) hujayralari pleomorf, diametri 0,1 —1,0 mkm;
b) hujayralari uch qavatli membrana bilan o‘ralgan;
v) bakteriya ribosomalariga o‘xshash ribosomalari bor;
g) hujayralarida RNK va DNK bor. DNK qo‘sh spiralli, molekulyar og‘irligi 4-108 dan 1 • 109 gacha;
d) sun’iy oziq muhitida o‘sadi, agarli muhitda mayda koloniyalar hosil qiladi;
e) penitsillinga chidamli, lekin tetratsiklinga sezgir;
O‘simliklarda uchraydigan mikoplazmalar — MLO ni birinchi bo‘lib yaponiyalik olimlar aniqlaganlar. Ular qo‘qongulning sariq kasalligi, tut daraxtining pakanaligi va boshqa kasalliklarning sababchilarini elektron mikroskopda ko‘rib, mikoplazmalarga o‘xshash hujayralar borligini kuzatganlar. Kasallangan tut ko‘chatlariga tetratsiklin ta’sir ettirilgach, kasallik namoyon bo‘lmay qolgan. O‘simliklarda uchraydigan MLO hujayralar ichida bo‘ladi.
Ba’zi xususiyatlari bilan MLO bakteriyalarning L formasiga o‘xshab ketadi. MLO ning hujayra po‘sti yaxshi taraqqiy etgan, penitsillinga chidamli.
MLO patogenligi bilan bakteriyalarning L formasidan farq qiladi.
Mikoplazmalar o‘simliklarda 40 dan ortiq turli-tuman kasalliklar keltirib chiqaradi. Jumladan, sariq kasalligi, qo‘qongulning sariq kasalligi, pomidordagi stolbur, makkajo‘xorining, tutning va boshqa o‘simliklarning pakanaligi, sitrus o‘simliklarning kasallanishi va boshqalarni ana shu mikoplazmalar qo‘zg‘atadi. Bularning eng keng tarqalgan formasi ellipssimon bo‘lib, 0,2X0,3 mkm kattalikda.
Sulida keng tarqalgan kasalliklardan biri g‘umbaklanishdir. Bu kasallikning sababchisi Liburnia striatella. Bu kasallik Sibirda, Uzoq SHarqda va SHimoliy Qozog‘istonda tarqalgan. Pomidor gulining tugunchalari, shonalarida Hyalesthes obsolefus gulkosa barglarining yopishib o‘sishiga olib keladi, natijada pomidor mevasi mayda va qattiq bo‘ladi, bu kasallik Qrim va Kavkazda tarqalgan.
O‘simliklarda uchraydigan viruslar va hayvonlarda uchraydigan mikoplazmalarning ba’zi xususiyatlarini o‘zaro taqqoslash



Xususiyatlari



O‘simlik virusllri

O‘simlikdagi MLO

Hayvonlardagi mikoplazmalar

Hujayralar yoki zarrachalarning formasi va yirik maydaligi

Hujayralarning yoki zarrachalarning tashqi membranasi


Nuklein kislotalarning tipi


Genomning kattaligi
Ribosomalari

Replikatsiya


O‘z xo‘jayinida joylashishi Sun’iy oziqlarda o‘stirish


Tetratsiklinga sezgirligi Tabiiy sharoitda tarqalishi

Ma’lum shaklga ega zarrachalar, yumaloq (diamet ri 17 dan 100 nm yoki uzunchoq;
12X2000 nm 100X300nm)
Odatda membrana si yo‘q ba’zi va killarida lipidlardan iborat po‘st uchraydi

DNK yoki RNK


0,4.106 dalton
uchramaydi

Organizmga kir gan infeksiya birinchi bosqich larda dissotsia-


siyaga uchraydi,
keyin virus
zarrachasining
komponentlari
sintezlanadi va
yangi zarrachalar
hosil bo‘ladi
O‘smaydi

CHidamli


Turli vositachi- lar orqali tarqaladi



Zarrachalar pleo morf, yumaloq(diametri 100 dan 1000 nm) yoki uzunchoq
Sodda elementar membrana

DNK va RNK


1000.106 dalton


Bakterial ribo somalarga o‘xshash ko‘p miqdorda uchraydi


Ehtimol binar bo‘linish sodir bo‘ladi

Zarrachalar ichida


Ba’zi vaqtlarda o‘ziga xos koloniyalar hosil qiladi
Ta’sirchan

Bo‘g‘imoyoqlilar


orqali tarqaladi

Zarrachalar ple omorf, yumaloq(diametri 100 dan 1000 nm) yoki uzunchoq
Sodda elementar membrana

DNK va RNK


400.106 dan


1000X106 daltongacha
Bakterial ribosomalarga
o‘xshash ko‘p miqdorda uchraydi

Binar bo‘linish


Zarrachalar tashqarisida

O‘ziga xos koloniyalar hosil qiladi


Ta’sirchan


Zararlangan mu


hit orqali tarqaladi




Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin