1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə2/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xulosalar. Xulosa qilib aytganda tuproq mikrobiologiyasini o‘rganish va undagi mikroorganizmlar faoliyatidan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishda ham, o‘simliklardan yuqori hosil olishda ham, boshqa zarur mikrobiologik preparatlarni ishlab chiqarish uchun ham asosiy omil hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Mikrobiologiya so‘zining ma’nosi nima?

  2. Mikrobiologiya nimani o‘rganadi, ob’ekti nima?

  3. Mikrobiologiyaning qanday tarmoqlarini bilasiz?



2-Ma’ruza: Mikroorganizmlarning morfologiyasi, tuzulishi, ko‘payishi
va klassifikatsiyasi
Reja:
1. Viruslarning tuzilishi
2. Mikoplazmalarning tuzilishi
3. Mikroorganizmlarning organik olamdagi o’rni
4. Bakteriyalar va ularning sistematikasi
5. Zamburug’lar tuzulishi


Viruslar. Odamda, hayvonlar va o‘simliklarda ma’lum bo‘lgan ko‘p kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi filtrlanuvchi viruslardir. Hozirgi vaqtda ularning 1000 dan ortiq turi ma’lum. Viruslar juda ham mayda (17 - 360 nm) bo‘lib, oddiy mikroskopda ko‘rinmaydi, hujayraviy tuzilishga ega emas. Sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi, faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o‘z foydasiga o‘zgartiradi.
Virus zarrachasi - virion genetik asos (DNK yoki RNK) va oqsilli qobiqdan iborat. Oqsilli qobiq - kapsida deb nomlanadi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota - nukleokapsid ba’zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adenoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp, gerpes viruslarida) qobiqdan aloxida membrana bilan ajralgan bo‘ladi. Viruslar tayoqchasimon, sharsimon (ikosaedrsimon), ipsimon, oddiy hamda murakkab tuzilishga va shaklga ega vakillari bor. Ko‘pgina o‘simliklar, hayvonlarda va odamda turli xil kasalliklarni keltirib chikaradi. Masalan, odamda gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish, infeksion sariq kasalligi, poliomielit, OITS kabi kasalliklarni keltirib chiqarsa, o‘simliklarda turli mozaika, pakanalik, xloroz, jingalaklashish, barg tomirlarining rangsizlanishi va shunga o‘xshash simptomli kasalliklarni qo‘zg‘atadi.




A


V

(A) Gripp virusining sxematik strukturasi (chapda);
1- ribonukleoproteid; 2 - membranasimon qavat; 3- lipidlar; 4-gemaglyutenin; 5- enzimlar;

Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin