Xorij OAVning aholiga ta\'sir ko\'rsatish yo\'llari, shakl va uslublari
6 bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish
bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib
chiqardi.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarining biridan Iroq sotib olgan PVO tizimlarida
shunday ataluvchi «mantiqiy bomba» kiritib qo‘yilgan edi, buning natijasida 1991
yili Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida bu tizimlar ishga tushirila olinmadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darhol
topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma’lumotdir.
Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy
ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu
axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan holatdir.
Аxborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot
imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar
kompleksidan iboratdir.
Bu aniqlik kirituvchi tushuncha jahonda qadimiy tarixga ega bo‘lgan
«dezinformatsiya» nomi bilan hammaga ma’lum bo‘lgan «oddiy» tashviqot-
psixologik axborot quroli ham mavjudligi sababli muhimdir. Harbiy-tarixiy
adabiyotlarda urush davrida va tinchlik davrida ham muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan dezinformatsiyalar ko‘plab ma’lum misollari ko‘rsatilgan. «Deza» hozir
ham
maxsus
xizmatlar
qurollari
bo‘lib
saqlanib
kelinmoqda.
Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun’iy intellekt» kirib keladi,
axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jihozlash sodir bo‘ladi.
Natijada, axborot quroli faqatgina uni qo‘llash doirasini cheksiz kengaytirishga
imkon beruvchi emas, balki G‘arbda aytishlaricha, u ommaviy hujum vositalarining
ham o‘rnini bosa oladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Endi rossiyalik ekspertlar bergan
axborot quroli aniq tushunchasini keltiramiz.
Аxborot quroli bu «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash
vositasi, himoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma’lumotlarni bilib
olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta’qiqlash yoki cheklash,
texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan