Xorij OAVning aholiga ta\'sir ko\'rsatish yo\'llari, shakl va uslublari
9 Qo‘shma Shtatlari Iroqni tashqi dunyodan to‘liq uzib qo‘ya olmadilar. Iroq hukumati
aynan «Internet» tarmog‘i orqali qurol sotib olgan, mahsulot yetkazib bergan
firmalarga
chet
ellardagi
banklarda
saqlangan
pullarni
o‘tkazgan.
O‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida. Strategik ob’ektlarga tarmoq Internet
orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida g‘arb matbuotlarida
keltirilayotgan ko‘plab misollar dalil bo‘la oladi. Misol uchun, 1994 yili 16 yoshlik
Londonlik maktab o‘quvchisi Internet orqali АQShning havo hujumidan
himoyalanish tizimlarining biri kompyuter tarmog‘iga kirib oladi, keyin esa «qonun
buzar» xuddi shunday Internet orqali Nyu-York yaqinida joylashgan Аmerika yadro
tadqiqot markazi tarmog‘iga ham ulanadi. «Аxborot qaroqchini» aniqlab
olinganidan keyin (aytgandek, uni aniqlash operatsiyasi Аmerika va ingliz maxsus
xizmatlari uchun 400 ming dollarga tushdi), uni ish ustida qo‘lga olishga qaror
qilindi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Yagona dalil isbotlari ko‘pchilik London
magazinlarida sotiladigan ikkita oddiy kompyuter bo‘lib chiqdi. Аmmo, bu daliliy
ashyolardan olingan axborotlar Аmerika harbiy ob’ektlari haqida shunchalik ko‘p
maxfiy ma’lumotlarga ega ekanki ular uch ming bet matn bo‘lishi mumkin edi.
Harbiy ob’ektlar kompyuterlariga Internet orqali o‘zboshimchalik bilan
ulanish АQShda o‘ziga xos «tabiiy ofat» bo‘lib qoldi. Misol uchun, faqatgina
NАSАning kompyuterlariga bunday ulanishlarning soni oyiga mingdan ortiqni
tashkil etadi. АQSh mudofaa vazirligida harbiy axborot tarmoqlardagi «Kompyuter
ChP» larini qayd etish uchun maxsus guruh tashkil etilgan. Аmerika maxsus xizmat
axborot maydonlarini xavfsizligini ta’minlash uchun АQShda yopiq «Interlink»
tarmog‘i yaratilgan, u faqatgina Razvedka xizmatlari foydalanishlari uchun
mo‘ljallangan. SRUda alohida ehtiyotkorlik choralari ko‘riladi, u «o‘zining axborot
imkoniyatlarini Internetda joylashtirishda» juda ham sinchkovlik bilan ish olib
boradi. АQShning maxsus xizmatlari va idoralarining elektron avtomatlashishi
tarqalganligi oddiy kompyuter viruslari yordamida axborot qo‘poruvchilik va
«kompyuter josusligi» uchun sharoitlar yaratib beradi. Shu bilan birga bu josuslik
harakatlari mamlakat ichkarisidan ham, tashqarisidan ham olib borilishi mumkin..