1 O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 280,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix11.06.2023
ölçüsü280,9 Kb.
#128316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xorij OAVning aholiga ta\'sir ko\'rsatish yo\'llari, shakl va uslublari

13 
 
XULOSA. 
Xorij matbuoti, televidenie, radio va Internetning asosiy qadriyatlari. Xorij 
OAVning aholiga ta`sir ko`rsatish yo`li, shakl va uslublari. Tabiiyki, bunday axborot 
manbalari, eng avvalo, iqtisodiy jihatlardan baquvvat davlatlar tomonidan ularga xos 
va mos bo`lgan qadriyatlarni, jumladan, g`arbiy ko`rinishdagi «demokratiya 
standartlari»ni tarqatadi. Bu haqda biz qisman yuqorida aytib o`tdik. Buning sababi 
nimada, deb o`zimizga savol bersak, javob quyidagicha bo`lishi mumkin. Gap 
shundaki, har bir halq yoki millat tarixiy rivojlanib va shakllanib kelgan va ushbu 
ko`p asrlik jarayonning o`zi qaysi bir yashash usuli to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini 
isbotlab bergan. Agar ustiga ustak u yoki bu xalqqa mana bunday yashanglar, bu 
to`g`ri bo`ladi deb, uni shunga majburlasa, albatta, bunday zo`ravonlik, jumladan, 
«demokratik fundamentalizm» ko`pchilik tomonidan qabul qilinmaydi. Agar xorijiy 
OAV yoki tashkilotlar O`zbekiston xududida umuminsoniy qadriyatlarni tarqatishga 
yordamlashsa, ular o`zbekistonliklar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Bunga misol 
sifatida mamlakatimizda ko`p yildan beri faoliyat ko`rsatadigan Konrad Adenauer 
yoki Fridrix ebert jamg`armalarini aytish mumkin. 
Jamoa ruhiyati va uning o`ziga xos xususiyatlari. Axborot manipulyatsiyasi, 
uning maqsad va vazifalari, qoida, usul va shakllari. Jamoatchilik fikriga ta`sir 
etuvchi axborotning ijtimoiy fenomeni. Ommaviy auditoriyaga psixologik ta`sirning 
usul va shakllari. Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. 
eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. «Um xorosho, 
dva luchshe (bir aql yaxshi, ikki aql yanada yaxshi)» degan rus maqoli OAV 
xabarlarini ommaviy qabul qilinishiga to`g`ri kelmaydi. Ommaviy taassurotda OAV 
tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy 
informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung 
«jamoaviy ongsizlik» («kollektivnoe bessoznatel’noe») deb ta`riflagan va bugungi 
kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk 
kashfieti deb hisoblanadi. 
Axborot manipulyatsiyasiga kelganda, aytish kerakki. ushbu muammo 
buyicha anchagina kitoblar chop etilgan va ular bilan tanishish foydadan holi 



Yüklə 280,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin