4
soni jihatidan dunyoda birinchi o`rinda turadi? Nega Samarqand va Buxoro
to`ylarini ko`rgan frantsuz va nemislar bizning urf-odatlarimizga havas bilan
qaraydilar va «sizlarga Evropa madaniyati kerak emas ekan» degan fikrlarni
bildiradilar? Bu AqSh professori Samyuel’ Xantington aytgan madaniyatlar
(tsivilizatsiyalar) to`qnashuvi emas, aksincha, ular turfa xilligi, kolaversa, sirtqi
dialogidir.
5
I-BOB. XORIJ OAVNING AHOLIGA TA'SIR KO'RSATISH
YO'LLARI VA USLUBLARI
1.1. Dunyoda axborot o`lchovlarining o`rganilishi.
Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari
tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san’atda inqilobni anglatadi. Chunki bu
atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi,
ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib
borish an’anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot
qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning
ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal
qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash
odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?
Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti
raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa
yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi
vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi,
natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.
Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida
operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.
1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter
markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infektsiya»
bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter
tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi.
Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va
shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob’ektlarni boshqarishni
ta’minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi
bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet
kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta’minlash
|