1 O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 280,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix11.06.2023
ölçüsü280,9 Kb.
#128316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xorij OAVning aholiga ta\'sir ko\'rsatish yo\'llari, shakl va uslublari

10 
 
II-BOB. AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH 
TIZIMINING MOHIYATI. 
2.1. O'zbekiston axborot tizimining faol sub'ekti sifatida. 
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, 
ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o'zgartirishga 
qodir bo'lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu 
hozirgi zamon svilizatsiyasining o'ziga xos yutug'i. Xalqlar, mamlakatlar, davlatlar 
o'zaro munosabatlarini tobora yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini 
boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga 
xizmat qiladigan mo'jizakor hodisadir. SHu bilan birga o'zining boshini o'z 
og'ritadigan, o 'z hayotiga o'zi tahdid soladigan, o'z istiqbolini mavhumlashtiradigan 
holatlarga ham duch kelmoqda. Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan 
uch million yil og'zaki aloqa qilgan bo'lsa, keyingi besh ming yil ichidagina yozuv 
orqali muloqot qilishga o'rgandi. Undan besh yuz yil o'tib telefon, radio va 
televediniega ega bo'ldi. An'anaviy cshituv – ko’ruv vositalaridan kompyuterlarga 
o'tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo'ldi, xolos. Ana shu tarixiy 
haqiqatning o'zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bog liq bo'lgan 
olamshumul o'zgarishlar dinamikasini ko'rsatadi. Kompyuterlaming yuzaga kelishi 
esa butun yer sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir 
mamlakat taqdiri va butun dunyo taqdiri bilan bog'liq bo'lgan voqelik yuzaga keldi. 
Bugun, O'zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub'ektiga aylandi. 
Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, 
davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari 
umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron 
pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy 
muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda
moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot 
almashtirish salohiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda. Biroq bu 
jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot tizimidan 
foydalanish darajasining pastligi (5 %), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, 



Yüklə 280,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin