Xorij OAVning aholiga ta\'sir ko\'rsatish yo\'llari, shakl va uslublari
3 KIRISH. Ba`zi bir davlatlarning axborot bozoridagi hukmronligining oshish
tendentsiyasi, xalqlar, davlatlar va madaniyatlar xususida ularning shaxsiy
qarashlarini shakllantirishga intilishi. Ma`lumki, bugungi kunda axborot oqimlari
haddan tashqari jadal va keng ko`lamli bo`lgan. Bitta misol: ohirgi ellik yil ichida
jamiyatda aylanadigan axborot hajmi million marta ko`paydi va kundan kunga
yanada oshib bormoqda. Bu shunday bir katta raqamki, uni to`la darajada anglab
olish ham qiyin. Shuni aytish zarurki, bunday imkoniyatlar hamma davlatlarga ham
xos emas.
Demak, texnikaviy jihatdan qudratli bo`lgan davlatlar kuchli axborot
texnologiyalariga ega. Shuning evaziga ular o`zlari ishlab chiqqan axborotni
tarqatish yo`li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g`oyaviy, keyin esa siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga harakat qilmoqda. Bunday davlatlar
sirasiga eng avvalo rivojlangan mamlakatlar kiradi. Mazkur mamlakatlarning
axborot manbalari sifatida birinchi o`rinda davlat axborot markazlari va milliy OAV
xizmat qiladi.
Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta - axborot tarqatadigan mamlakatning
mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o`rtasida keng tarqatish va targ`ib qilish.
Lekin bunday vazifa borligi haqida ular ochiq oydin aytmaydi, aksincha, uni har xil
yo`llar bilan yashiradi. Masalan, inson huquqlari yoki demokratik andozalar niqobi
ostida va hokazo.
«Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlatlar haqidagi afsonaning
yaratilish ehtimolini mavjudligi. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlat
haqidagi afsonalar aslida bir necha asrlik tarixga ega. Ammo sayyoramiz
mamlakatlarini bunday toifalarga bo`lish uchun asos yo`q. Iqtisodiy, ilmiy va
texnikaviy jihatlardan rivojlangan mamlakatlar aholisi yaxshi yashaydi degan
gapning o`zi uncha ham to`g`ri emas. «Yaxshi yashash» nima degani? Moddiy
boylik etarligimi? Unda nega aholisi eng uzoq umr ko`radigan Yaponiya bir necha
o`n yilliklar davomida dunyo mamlakatlari ichida o`z joniga qasd qiluvchi fuqarolar