12
2.2. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlashning samarali yo'llari.
Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimi bevosita ijtimoiy xavf, milliy
tahdid, taraqqiyotga to'g'anoq sifatida baholanmog'ini va unga qarshi kuchli
mexanizmni yaratishni taqozo etadi. Bunda davlat
axborot siyosati alohida
ahamiyatga ega. Albatta, O'zbekistonda axborot tizimi, uni boshqarish, undan
foydalanish borasida qator qonunlar bor.
Jumladan, axborot olish kafolatlari,
elektron pochta, elektron raqamli imzo to'g'risidagi qator qonun hujjatlari qabul
qilindi. Biroq bular yetarli emas. Chunonchi, zamonaviy
axborot texnologiyalari
tobora takomillashib, rivojlanib, axborot olish, saqlash, uni ishlash va tarqatishning
shakllari, usullari, uslublari tobora kengayib bormoqdaki, bu butun ko'lami bilan
amaldagi qonunlarda o 'z ifodasini topmagan. Masalaning ikkinchi tomoni ham bor.
O'zbekistonda
hozirgi mavjud ijtimoiy fikr, jamiyatning umumiy siyosiy-ma'rifiy
darajasi zamonaviy axborot xurujiga va uning shiddatiga dosh berolmaydi.
Aniqrog'i, uning butun ko'lamini, mohiyatini, axborot ostidagi yashirin g'oyani va
axborot tarqatuvchi manba maqsadini etarli darajada baholay bilmaydi. Natijada
axborot bozorida mavjud bo'lgan asosli, jiddiy, fikrlashga chaqiradigan,
taraqqiyotga yordam beradigan axborotlami etarlicha qabul qila olmaydi. Aksincha
yengil-yelpi, shov-shuvli, hayotimizdagi mavjud o'tkinchi kamchilik va nuqsonlami
bo'rtirib ko'tarib chiqqan xabarlarga berilib ketadi. Ularni tez qabul qiladi. Natijada
jamiyatda yalpi o'rtacha kayfiyat, ozarda ruhiyat paydo bo'lishiga
imkoniyat
yaratiladi. Bunday vaziyatda milliy axborot tizimini har tomonlama qo'llab-
quvvatlash, uning faoliyatini takomillashtirish, ta'sir doirasini oshirish zarur bo'lib
qolmoqda. Bu muammolarni hal etish uchun quydagilarga e'tibor bermoq lozim: -
Ommaviy axborot vositalarida hozirgacha shakllangan til, uslub va ifoda usulini
o'zgartirish lozim. Jozibador, ayni paytda hayotga yaqin, eng oddiy fuqaro qalbi va
ruhiyatiga mos keladigan xalqchil ifoda usulini shakllantirish lozim. Boshqacha
qilib aytganda, axborot makonini hayotga, odamlarga, ularning kundalik tashvishu
iztiroblariga, yangilanayotgan jamiyat muammolariga
yuksak mahorat bilan
moslashtirish kerak.