77
4.4-rasm. Stanok staninasi yo‘naltiruvchilarining qiyshayishini
ishlanayotgan detal radiusiga ta’siri.
Bu holda ishlanayotgan detal radiusi quyidagi birlikka kattalashadi:
(4.3)
Bu yerda,
H
- markazlar
balandligi,
B
- yo‘naltiruvchilar orasidagi masofa.
Stanok yo‘naltiruvchilarining qiyshayishi ishlanayotgan detallarga noaniqlik
bo‘lib o‘tadi, detallar to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan va tekis bo‘lmagan yuzalarda
ishlab olinadi.
4.3. Keskichning noaniqligi va yeyilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan xatoliklar
Keskichlarning noaniqligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri detalga o‘tadi. Bu ayniqsa,
o‘lchamli parma, razvertka, protyajka, freza (ba’zilari) va jim-jimador (fasonniy)
kabi kesuvchi asboblarga tegishli. Bu noaniqliklar ishlanayotgan detal
yuzalarida,
shakllarida va o‘lchamlarida o‘zgarishi sistematik xatolikka olib keladi.
Detal aniqligiga ko‘proq yetarli darajada keskichning yeyilishi orqali
vujudga kelgan xatoliklar ta’sir qiladi.
Avtomat
stanoklarda ishlanib, o‘lchamlar avtomatik ravishda olinganda
keskich yeyilishi xatoligi sistematik o‘zgaruvchan xatolikka olib keladi.
78
Detalni toza ishlashda keskich ko‘proq, orqa yuza bo‘yicha yeyiladi: bu
keskich cho‘qqisini zagotovka aylanish markazidan uzoqlashtiradi. Uzoqlashish
qiymati keskichning radial yeyilishiga teng. Bu yo‘nishda
keskich radiusini
kattalashtiradi; ichki yo‘nishda radiusni kamaytiradi.
Ishqalanishda yeyilishning umumiy qonuniyati asosida,
keskichning
yeyilishi uch davrga bo‘linadi. I-dastlabki
yeyilish; II- mo‘tadil yeyilish; III-
katastrofik yeyilish (4.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: