80
4.6-rasmda nisbiy yeyilishga keskich materiali va qirqish rejimini ta’siri
ko‘rsatilgan. Nisbiy yeyilishning ham «optimal» yeyilish tezligi bor ekan.
Stanok bikirligi ortishi bilan titrash kamayadi.
Natijada keskich yeyilishi
sezilarli kamayadi (4.7-rasm).
4.7-rasm. Tokar-revolver stanogi bikirligining (j), keskich yeyilishiga (u
2
) ta’siri.
Kesuvchi asboblarni yeyilishini kamaytirishni bir qancha usullari mavjud,
shulardan biri, keskichga gamma nurini ta’sir ettirib, yeyilishni kamaytirishdir.
[25] ma’lum bo‘ldiki, tez qirqar po‘latdan tayyorlangan
keskichni gamma nuri
bilan nurlaganda va u bilan kesish amalga oshirilganda mexanik ishlov berishning
ba’zi parametrlari o‘zgarishi aniqlangan.
Keskichni nurlab ishlash tashqi muhitning ta’sirini orttirdi, bu keskichni
yeyilishini ma’lum tezliklar orasida kamaytirar ekan
va ishlangan yuzaning sifat
darajasi bitta sinfga ortgani, ya’ni yaxshilangani ma’lum bo‘lgan. Bu ko‘rsatgichlar
“kislorod” muhiti ta’sirida boshqa muhitlarga qaraganda yuqori natija ko‘rsatgan.
4.4. Stanok-moslama-asbob-detal texnologik tizimining qirqish kuchlari
ostida elastik deformatsiyasi bilan bog‘langan xatoliklar
Texnologik
tizim-stanok-moslama-asbob-detal
tizimi
elastik
tizim
hisoblanadi. Bu elastik deformatsiya ishlanayotgan detal o‘lchamlari va geometrik
shakli aniqligiga xatoliklar olib keladi.
81
Tokarlik stanogida markazlarga o‘rnatib tekis val yo‘nilayotganda ish
boshida keskich valning o‘ng tomoni uchida bo‘lganda
qirqish kuchining normal
qismi (P
y
) detal orqali orqa markazga, pinolga va
stanokning orqa babkasiga
beriladi. Bu kuch orqa markazni va pinolni egadi, orqa babka korpusini siljitadi.
Bu deformatsiya “ishchidan” to‘g‘riga yo‘nalgan bo‘ladi va keskich cho‘qqisi bilan
detalni aylanish o‘qi orasidagi masofani kattalashtiradi (4.3-rasm). Kattalashish
siljish kattaligi (Y
orqa.b
)ga teng va shu qiymatga
ishlanayotgan detal radiusi
kattalashadi.
Shu bilan bir qatorda yuqoridagi normal kuch P
y
ta’sirida
zagotovkadan
“ishchi tomonga” yo‘nalishda keskich va support Y
keskich
miqdorida elastik siljiydi.
Bu ham keskich cho‘qqisi bilan detal aylanish o‘qi orasidagi masofani
kattalashtiradi.
Shunday qilib, ish boshida ishlangan yuza diametri amalda o‘rnatilgan
diametrga nisbatan katta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: