4.9-rasm. Elastik deformatsiya grafigi.
To‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik 3-grafik amalda ko‘p uchraydi. Kuch qo‘yilib olib
tashlangach tizim o‘zini oldingi holatiga qaytmayapti, qisman qoldiq siljish
saqlangan. 4-bog‘liqlik elastik siljish notekis bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu holat,
ko‘pincha, harakatdagi qismlar o‘z yo‘naltiruvchilariga yaxshi qotirilmaganidan
kelib chiqadi. 5-grafik tizim bikirligini ma’lum kuchgacha yetarli bo‘lganini
ko‘rsatadi.
4.5. Texnologik tizim SMAD ning qizishi natijasida elastik
deformatsiyalanish bilan bog‘liq xatoliklar
Stanok to‘xtovsiz ishlaganda texnologik tizim SMAD asta-sekin qiziydi. Bu
qizish kesish jarayonida sistematik o‘zgaruvchan (ortuvchi) xatolikka olib keladi.
Stanokning harorat deformatsiyalari.
Stanoklarning va ularning ba’zi
qismlarini (shpindel, stol, stanina va h.k) qizishini sabablari asosan quyidagilar:
ishqalanuvchi yuzalar (podshipniklar, tishli g‘ildiraklar), gidrouzatgichlar,
84
elektromotorlar, moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar, qirqish harorati, tashqi
manba’lar (quyosh, issiqlik batareyalari) va boshqalar. Masalan, tokar-vint qirqar
stanogining qizish diagrammasi va stanokning issiqlik deformatsiyasi 4.10-rasmda
berilgan.
4.10-rasm. Stanokning qizish harorati va issiqlik deformatsiyasi.
Stanok 4-5 soat ishlagandan so‘ng ko‘rsatilgan nuqtalarda harorat
o‘lchangan: raqamlar nuqtalardagi haroratlardir. Shpindel aylanish tezligi
1200ayl/min.
Ko‘rinib
turibdiki,
stanokning
barcha
qismlari
qizigan
va
deformatsiyalangan. Bu detalning o‘lcham va shakl aniqligiga ta’sir qiladi. Ta’sir
qilish ma’lum vaqtgacha (τ
o
) bo‘ladi. Qancha issiq qo‘shilsa, shuncha issiqlik
tarqalsa, ta’sir turg‘unlashadi (4.10-rasm, b).
Aniq misol tariqasida 4.11-rasmda stanokning markazlarda ishlash davridagi
qizishini oldingi babka siljishiga ta’siri ko‘rsatilgan. O‘lcham va shakl aniqligi
pasayadi. O‘lchamga siljish ta’siri ikki marta ko‘p bo‘ladi, ya’ni xatolik 2 marta
katta bo‘ladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, patronda ishlaganda gorizoital siljish
markazlarda ishlaganga nisbatan ko‘proq bo‘ladi va 17 mkm ga yetadi.
|