1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

xizmat ko‘rsatish vaqti
aniqlanadi. 
Buyum resursi va xizmat ko‘rsatish vaqti - kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan davr 
uchun ko‘rsatiladi. 


92 
4.10. Mashina sifatini belgilovchi boshqa ko‘rsatkichlar 
 
Detalning materiali, yuza qatlamini fizik-ximik holati va fizik-mexanik 
xususiyatlari. 
Yuza qatlamining fizik-mexanik xususiyatlariga: qattiqlik, struktura holati
qoldiq kuchlanishlar ishorasi va shunga o‘xshash boshqalar. Har bir ko‘rsatilgan 
xususiyatlarni o‘zgarishiga qarab, mashina detalining bajaradigan vazifasiga qarab 
quyum (dopusk) tanlanadi. Mashinasozlik texnologiyasini asosiy vazifalaridan biri 
tayyorlanayotgan mashina detallarining quyumi (dopusk), mashinaning yig‘uv 
quyumi (dopusk) dan ko‘p bo‘lishi kerak emas. 
Har bir mashinaning ish bajarishining foydali ish koeffitsiyenti mavjud 
bo‘lib, har bir buyumni tayyorlovchi zavodga mashinani sifat ko‘rsatkichlariga 
bog‘lab, zavodning foydali ish koeffitsiyentiga tegishli quyum (dopusk) lar 
ajratiladi. 
Mashinaning sifat ko‘rsatkichlariga smena yoki vaqt davomida ishlab 
chiqarish unumdorligi, ma’lum vaqtda yoqilg‘i-moylarni sarf qilishi va boshqalar 
kiradi. 
Mashinani sifat ko‘rsatkichlariga boshqaruvning osonligi – mashina 
detallarini tayyorlash sifatiga bog‘liq, masalan: ishchini mashina dastagiga, ta’sir 
kuchi 6-7 kg va boshqalar. 
Mashina sifatiga quyum (dopusk) ni ta’siri kattadir. Quyumni o‘lchami 
qancha kichik bo‘lsa, mashina sifati shuncha ortadi, masalan: aniqlik ortsa
mashinaning yuza qatlamini fizik-mexanik holatni va boshqa detallar iqtisodiy 
tejamkor bo‘lib ishlaydi, lekin detallarni tayyorlash qimmatga tushadi
ekspluatatsiya qilish uchun harajatlar ortadi – ta’mirlash soni ko‘payib ketadi. 
Mashinasozlik rivojlanib borgani sari mashinalarning sifatini oshirish 
usullari paydo bo‘lib, ko‘payib boradi. Bu esa mashina sifatini ortishiga olib 
keladi. Mashinalarga quyum (dopusk) lar ikkiga bo‘lib belgilanadi: birinchi, yarim 
detallarni tayyorlash uchun, ikkinchi yarim esa mashinani ekspluatatsiya qilish 
davrida xizmat vazifasini o‘tashda yeyilish uchun belgilanadi. Shunday qilib, ikki 


93 
xil quyum (dopusk) mavjud ekan: 1–quyum (dopusk) mashinani tayyorlash uchun 
belgilangan, 2–quyum esa tayyor mashinani ishchi holatda qabul qilib olish 
quyumi (dopusk). Bu quyum yana bir nechta bo‘laklarga bo‘linadi, bular: 
1. Hisoblash qiyin bo‘lgan, ish bajaruvchi yuzalarning harakati orasidagi 
bo‘shliqlarni (aniqlashda) belgilashda. 
2. Kesuvchi kuch ta’sirida, detalning bikirligiga kesish haroratini o‘zgarishi, 
ichki kuchlanishlarni o‘zaro taqsimlanishidan hosil bo‘lgan deformatsiyalarni 
hisobga olish. 
3. Birikmalarining yetarli bikirlikka ega bo‘lmasligini hisobga olish. 
4. Mashinani yig‘ishga, detallarini tayyorlashga va xatoliklarni to‘g‘rilash, 
ularni boshqarishni hisobga olish. 
Yuqoridagilarni tayyor mashinani qabul qilib olish quyum (dopusk) deb 
ataladi. Bu quyum ham ikkiga bo‘linadi: 1) Mashinani yig‘ishga va boshqarishga 
quyum. 2) Mashina detallarini tayyorlash quyumiga bo‘linadi. 
Mashinasozlik zavodlarida mashinaning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar 
ko‘pligi bilan, lekin mashinani ishlash jarayonidagi hodisalar to‘liq 
o‘rganilmagani, quyumni kamaytirish yo‘li bilan, aniqlikka to‘liq erishib 
bo‘lmaslik, kelajakda mashinaning sifatini oshirish bo‘yich muammolarni ijobiy 
hal qilishga to‘g‘ri keladi. Quyumlarni mashina qisimlariga, detallariga taqsimlash, 
texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida, bo‘lish kam harajatli va sifatli mashinalar 
yaratishga qaratilishi kerak. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin