1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

5.1-rasm. Prizmatik jismni 
fazoda yo‘naltirish 
5.2-rasm. Silindrik jismni 
fazoda yo‘naltirish. 
Oltinchi erkinlik darajasidan ya’ni o‘qi bo‘ylab surilishdan mahrum qilish 
uchun yuza C (tayanch bazasi) ushlab turuvchi c tekislik XOZ bilan bog‘lanishi 
lozim. Bunda prizma Y o‘qi bo‘ylab surilishdan mahrum bo‘ladi. 
Ishlanayotgan zagotovkani holatini moslamaga o‘rnatishda ishtirok 
etayotgan detal yuzalari bazalovchi yuzalar deyiladi. 
Prizmatik detallar uchun quyidagi yuzalar mavjud: 
1. 
Asosiy (o‘rnatuvchi) bazalovchi yuza
A, qaysiki, o‘z ichiga 3 ta tayanch 
nuqtani oladi. 
2. 
Yo

naltiruvchi bazalovchi yuza
B, o‘z ichiga 2 ta tanyach nuqtasini 
oladi. 
3. 
Tayanch bazalovchi yuza
C, o‘z ichiga 1 ta tayanch nuqtani oladi, Mana 
shu 3 ta bazalovchi yuzalar yig‘indisi detal bazasini tashkil qiladi. 
Silindr shaklidagi detallarni fazoda moslamaga o‘rnatish uchun uning 
silindrik yuzasini (A yuzasini) 2 ta qattiq ushlab turuvchi bog‘lovchi C orqali 
tekislik XOY bilan bog‘lash lozim. Hamda 2 ta bog‘lovchi b orqali YOZ tekisligi 
bilan bog‘lash kerak (7.2-rasm). Shu bilan jism 4 ta erkinlik darajasidan mahrum 
bo‘ladi: X o‘qi bo‘ylab surilish, Z o‘qi bo‘ylab surilish, X o‘qi bo‘yicha aylanish, 
Z o‘qi bo‘yicha aylanish. 
Jismni Y o‘qi bo‘yicha surilishini yo‘qotish uchun uning ko‘ndalang yuzi C 
bog‘lovchi c bilan, tekislik XOZ bog‘lanishi lozim. Oltinchi erkinlik darajasi 


97 
o‘zining o‘qi atrofida aylanishini yo‘q qilish uchun oltinchi ushlab turuvchi 
bog‘liqlik-oltinchi tayanch nuqta shponka (kanavkasida) – ariqchasida B da ko‘zda 
tutilgan. 
Amalda silindr shaklidagi detallar prizmalarda o‘rnatiladi. Bunda 4 ta 
tayanch nuqta bor. 
Yana shu narsani aytish kerakki, ishlab chiqarishda aniq holatda detalni 
hamma 6 ta erkinlik darajasidan mahrum qilish shart emas. Masalan, prizmatik 
detalni L tekisligini ishlashda (randalash stanogida) asosiy bazalovchi yuza B ning 
o‘zi kifoya (5.3-rasm, a) qiladi. Qolganlari mahkamlash uchun xizmat qiladi. 
Albatta, detalda 2 ta o‘lchamlarni a, b (5.3-rasm, b) olishda faqat asosiy 
bazalovchi yuza (B) ni o‘zi yetarli emas. Yana yo‘naltiruvchi yuza (C) lozim. 
Uchta o‘lchamni a,b,c (5.3-rasm, c) ta’minlash uchun uchta bazalovchi yuzalar 
(B,C,A) kerak bo‘ladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin