Bazalovchi tayanch yuzalar shunday yuzalarki, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri
moslama yoki stanokning shunga tegishli yuzalari bilan tegib turadi.
Bazalovchi sozlash yuzalar. Detalning bu yuzalariga nisbatan stanok
sozlanadi, ya’ni stanokning o‘lcham tirgaklari qo‘yiladi va keskich o‘lcham
bo‘yicha o‘rnatiladi.
Tekshiruvchi bazalovchi yuzalar detalning shunday yuzalariki,bularga qarab
shu detalning stanokdagi holati yoki qirquvchi asbobning o‘rnatilishi aniqlanadi.
109
Asosiy texnologik baza Ishlanayotgan yuzaga nisbatan joylashish holati, yig‘ilgan detalni ishlashi
uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bazaga asosiy texnologik baza yoki soddagina
asosiy baza deyiladi.
Odatda asosiy texnologik baza sifatida uzil-kesil ishlangan konstruktorlik va
yig‘uv bazalari olinadi. Bularga ishlanayotgan yuza bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘lcham bilan yoki o‘zaro parallellik, perpendikulyarlik va h.k. shartlari bilan
bog‘langan yuzalar kiradi. Masalan, silindrik shesternyani tishini qirqishda asosiy
texnologik baza qilib shu shesternyani markazdagi teshigini yuzasi olinadi. Bu
yuza tayyor mahsulot uchun yig‘uv bazasi ham bo‘ladi.
Yordamchi texnologik baza Yordamchi texnologik baza bu, tayyor mahsulotda qirqib ishlanayotgan
yuzaga nisbatan holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ahamiyatga ega emas.
Bu baza, ishlanayotgan detalni konstruktsiyasi uchun asosiy bazani
texnolgik baza sifatida qo‘llab bo‘lmagan holda ishlatiladi.
5.6-rasmda bazalarni sinflari berilgan.
5.6-rasm. Bazalar sinflari sxemasi.
110
5.3. Qora ishlash uchun baza tayinlash Detalni birinchi o‘rnatish uchun ishlatiladigan bazalovchi yuzalar
yig‘indisiga