5.13-rasm. Mahkamlash kuchi ta’sirida paydo bo‘lgan shakl xatoligi.
116
Halqa turidagi zagotovka teshigini kengaytirish (ichki yo‘nish) uchun uch
kulachokli patronga o‘rnatilgan. Birinchi holatda kuch qo‘yilmagan va zagotovka
deformatsiyalanmaydi. Ikkinchi holatda kuch
Q
ostida halqaning tashqi va ichki
yuzalari ishlangan, tashqi va ichki yuzalar shakli va o‘lchami deformatsiyalangan.
Uchinchi holatda kuch
Q
ta’siri ostida halqaning tashqi ishlangan yuza
deformatsiyalanadi, ichki yuza o‘z holatiga qaytadi. To‘rtinchi holatda kuch
Q
olib
tashlangan, ichki yuza aniqligi buzilgan, tashqi yuza o‘z holatiga qaytgan.
O‘rnatish xatoligining uchinchi bo‘lagi bu moslamalarni qo‘llashda kelib
chiqadi. Bunga alohida e’tibor beriladi. Bu xatolik moslamani o‘zini xatoligidan,
moslamani stanokka o‘rnatish xatoligidan, moslama tayanchlarini yeyilishidan
kelib chiqishi mumkin.
O‘rnatish xatoligini aniqlash uchun, hisoblanadi. Bazalash xatoligi ɛ
b
,
mahkamlash xatoligi - ɛ
mahk
; moslama xatoligi-ɛ
mosl
. O‘rnatish xatoligini aniqlash
ifodasi.
; (5.5)
Tekshiruv savollari
1.
Baza deb nimani tushunasiz?
2.
Erkinlik darajasi nima?
3.
Qattiq jismni fazoda qo‘zg‘almasligini ta’minlash uchun nima qilish kerak?
4.
Bazalovchi yuzalarni vazifalari nimadan iborat?
5.
Prizmatik detallar qanday bazalanadi? Silindrik yuzalar-chi?
6.
Har xil bazalash hollari va detallarni ishlash uchun tavsiya qilingan
texnologik bazalarni, shartli ifodalashga misollar keltiring?
7.
Konstruktiv baza nima? Yig‘uv baza-chi?
8.
Qanday yig‘uv bazalarini bilasiz?
9.
Bazalarni doimiylik prinsipi deganda nimani tushunasiz?
117
10.
Umumiy xatoliklar qanday xatoliklar yig‘indisidan iborat?
11.
Bazalash xatoligi qanday aniqlanadi?
12.
Mahkamlash xatoligini aniqlikka ta’sir qilishiga misol keltiring.
13.
Moslama xatosi aniqlikka qanday ta’sir qiladi?
14.
Texnologik baza doimiyligi prinsipiga rioya qilish uchun nima ko‘zda
tutiladi?
15.
Mahkamlash kuchi ta’sirida qanday shakl xatoligi hosil bo‘lishi mumkin?
16.
O‘rnatish xatoligi qanday aniqlanadi?
|