1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

VI BOB 
TASODIFIY XATOLIKLAR 
 
Ishlash jarayonida sistematik doimiy va sistematik o‘zgaruvchan xatoliklar 
mavjud bo‘lmagan holda ham, moslangan stanokda bir guruh detallarni ishlashda, 
detal o‘lchamlari doimiy (bir xil) bo‘lib qolmaydi. 
Guruhdagi har bir detal o‘lchami, bir-biridan va moslangan o‘lchamdan 
tasodifiy xato miqdorida farq qiladi. 
Tasodifiy xatolik
deb, har - bir detal uchun har xil qiymatlarga ega bo‘lgan 
xatolikka aytiladi. Bu xatolikni paydo bo‘lishi hech qanday qonuniyatga 
bo‘ysinmaydi. 
Bir xil sharoitda ishlangan detallarni o‘lchamlari har xil bo‘ladi. Bu 
xatoliklar yoyilish maydoniga ega. 
O‘lchamlarning yoyilish maydoni bir qancha sabablarni ta’siri natijasida, 
vujudga keladi. 
Bu sabablarga quyidagilar kiradi: 
1. Ishlanayotgan material qattiqligi ta’siridan tebranishi. 
2. Olib tashlanayotgan qiytim kattaligi ta’siridan tebranishi. 
3. Zagotovkaning moslamadagi holatini ta’siridan tebranishi. 
4. Qirqish rejimidan hosil bo‘lgan haroratni ta’siridan tebranishi. 
5. Keskich yeyilishi ta’siridan tebranishi. 
6. SMAD tizimi elastik deformatsiyasi ta’siridan tebranishi va h.k. 
 
6.1. O‘lchamlarni yoyilish qonunlari 
 
Bir guruhda ishlangan har bir detal o‘lchami tasodifiy xatolik bo‘lib, u 
xohlagan o‘lchamga teng bo‘lishi mumkin. 
O‘zgarmas sharoitda ishlangan detallarni haqiqiy o‘lchamlarini qiymatlari 
to‘plami, o‘sib boruvchi tartibda shu o‘lchamlarni takrorlanishini ko‘rsatilishi, 
detallar o‘lchamlarini taqsimlanishi
deyiladi. 


119 
Amalda tasodifiy xatoliklarni o‘rganish uchun detallarni haqiqiy o‘lchamlari 
qiymatlarini intervallarga bo‘linadi. 
Detallar o‘lchamlarini taqsimlanishini jadval yoki grafik tarzida ko‘rsatish 
mumkin (6.1-rasm). 
6.1-jadval 
Interval, mm 
Takrorlanish, m 
Nisbiy takrorlanish, m/n 
20,00-20,05 

0,02 
20,05-20,10 
11 
0,11 
20,10-20,15 
19 
0,19 
20,15-20,20 
28 
0,28 
20,20-20,25 
22 
0,22 
20,25-20,30 
15 
0,15 
20,30 – 20,35 

0,03 
Jami: 
n=
Sm/n=1 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin