1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
VII BOB 
MEXANIK ISHLOV BERSHISH ANIQLIGINI 
TA’MINLASH 
 
7.1. Asosiy yo‘nalishlar 
 
Sistematik va tasodifiy xatoliklarni nazariy hisoblash usullarini aniqlash va 
tajriba asosida tadqiqot qilish, hamda har xil ishlash usullarini aniqlash 
to‘g‘risidagi materiallar, ishlov berishning kutilayotgan aniqligini oldindan 
hisoblash imkonini beradi. Shu bilan birga texnologik jarayonning har xil turlarida 
yaroqsiz detallar miqdorini ham aniqlash mumkin. 
Ikkinchi tomondan, bu usullar loyihalanayotgan texnologik jarayonni 
aniqligini boshqarish imkonini beradi. Ishlash davrida hosil bo‘layotgan 
xatoliklarni kamaytirish ham mumkin. 
Ishlash aniqligini boshqarish va ularni xatoliklarini kamaytirish masalasi bir 
necha yo‘nalishlar bo‘yicha hal qilinadi: 
1. Aniqliklarni hisoblash va stanokni dastlabki sozlash, sistematik 
xatoliklarni kamayishini ta’minlash. Bu bilan stanokni qayta sozlamasdan 
ishlash davrini uzaytirishga erishish. 
2. Stanok-moslama-asbob-detal (SMAD) tizimini amaldagi bikirligini 
hisobga olib, qirqish rejimlarini hisoblash. 
3. Ishlash jarayonini (qo‘lda yoki avtomatik holatda) aniq boshqarish va 
stanokni vaqtida sozlab turish. 
7.2. Stanoklarni sozlash usullari 
 
Keskich asboblarini, moslama va stanok qurilmalarini (kulachok, markaz va 
h.k.) stanokka o‘rnatish jarayoniga 
stanokni sozlash
deb ataladi. Bu bilan 
ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni o‘zaro joylashishi aniqlanadi, hamda 


142 
stanokni ishlash rejimi o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda stanokni sozlashni quyidagi 
usullari mavjud:
1. Statik sozlash. 
2. Ish kalibri bo‘yicha, urinib ko‘rish, (“probniy”) detallari bo‘yicha sozlash. 
3. Universal o‘lchov asbobi bo‘yicha urinib ko‘rib, detallar bo‘yicha sozlash. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin