1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Yagona texnologik jarayon
original mahsulotlar uchun yaratiladi, 
korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan hech qanday konstruktiv va 
texnologik umumiyligi bo‘lmaydi. 
Unifikatsiyalangan texnologik jarayon
mahsulotlar guruh uchun 
yaratiladi, bu mahsulotlarni konstruktiv va texnologik belgilarini bir xilligi 
birlashtiradi. Unifikatsiyalashgan jarayonlar turdosh va guruhli sinflarga bo‘linadi. 
Turdosh texnologik jarayonlar
mahsulotlarni konstruktiv va texnologik 
belgilari bir xil bo‘lgan texnologik operatsiyalar mazmuni va ketma-ketligi 
umumiy bo‘lgan mahsulotlarga yaratiladi. 
Guruhli 
texnologik 
jarayon
guruhdagi 
texnologik 
operatsiyalar 
kompleksidan 
tashkil 
topgan 
va 
har 
xil 
shakldagi 
zagotovkalarni 
mahsuslashtirilgan ish o‘rinlarida, ma’lum guruh, mahsulotlarini o‘rnatilgan 
tartibda ishlanadi. Mahsulotlarni ishlash stanokni umumiy sozlashda olib boriladi, 
lekin, shu guruhdagi ba’zi detallar uchun jihozlarni qayta sozlash mumkin. Bu 
texnologik jarayon operatsiyalari texnologik jihozlar (stanoklar), texnologik 
moslama va asbobni sozlash bir xilligi bilan birlashgan. 
Perspektiv-kelajak texnologik jarayoni 
hozirgi zamon ilm va fanini 
yutuqlariga mos keladi. Korxona bunday texnologik jarayon usullarini va 
vositalarini to‘la yoki qisman o‘zlashtirishi lozim 


156 
Ishchi texnologik jarayon
- ishchi texnologik yoki konstruktorlik hujjat 
bo‘yicha bajariladigan jarayon. Bu korxonani aniq detalini yasash uchun yaratiladi. 
Murakkab texnologik jarayon
tarkibiga faqat texnologik operatsiyalar 
emas, balki, aralashtirish, nazorat va ishlanyotgan zagotovkalarini tozalash 
operatsiyalarini ham qo‘shiladi. Murakkab texnologik jarayon avtomatik tizimlarni 
va moslanuvchan (gibkiy) avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini 
yaratishda ishlab chiqiladi. 
Mexanik ishlov berish texnologiyasini yaratishni maqsadi, bu mavjud 
texnologik jarayon turlaridan foydalanib texnika-iqtisodiy hisoblar natijasida, eng 
yaxshisini tanlab olishdir. Barcha texnologik hujjatlarni tayyorlab bo‘lgach, 
injener-texnik xodimlar va ishchilar korxonada texnologik jarayonni ro‘yobga 
chiqarish uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarni to‘plab oladilar. Texnologik 
jarayonlar buyumlarni ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan vositalarni (asbob-
uskunalar, kesuvchi va nazorat qiluvchi asboblar), mehnat sig’imini va tannarxini 
aniqlaydi. Bularning hammasi asosiy va yordamchi materiallar bilan ta’minlashni 
tashkil qilish, kalendar rejasini tuzish, texnik nazoratni o‘tkazish, asboblar va 
transport bilan ta’minlash, ishlab-chiqarish maydonlarini hisoblash, energetika 
resurslarini aniqlash, ishchi kuchini hisoblab, aniqlash uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin