7.5-rasm. O‘lchamlarni hosil bo‘lishi sxemasi.
P kattaligini ham “O‘lcham-stanok” deb atash mumkin. Moslamaga
(konduktorga) joylashtirilgan zagotovkani (Z) teshiklarini parmalashda detaldagi
masofa A (7.5-rasm, c) moslamani (konduktorni) yasash aniqligiga bog‘liq.
Shuning uchun A kattaliklarni “o‘lcham moslama” deb shartli atash mumkin.
Yig‘ish operatsiyalarida berilgan aniqlikka erishtiruvchi usulni tanlash
mahsulotning ishonchliligini ko‘p jihatdan aniqlaydi. Ommaviy va seriyali ishlab
chiqarishda, yig‘ishda o‘zaro almashinuvchanlik usuli qo‘llaniladi. Bu holda
yig‘uv birligiga kirgan barcha detallar yig‘ishda sifatli birikmani ta’minlaydi.
Yig‘ilayotgan detallar o‘lchamlariga qo‘yilgan quyimlarni konstruktor tayinlaydi,
lekin, bu quyim texnologik quyimdan katta yoki teng bo‘lsa, o‘zaro
almashinuvchanlik bo‘ladi. Yig‘uv birligi o‘lchamlar zanjirida qancha detallar ko‘p
bo‘lsa, bularga belgilangan quyimlar shuncha katta bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan
mahsulot tannarxini ko‘taradi.
To‘la o‘zaro almashinuvchanlik imkoni bor-yo‘qligini o‘lchamlar zanjiri
nazariyasi yordamida tekshirib ko‘rsa bo‘ladi. O‘lcham zanjirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishchi chizmada (7.6-rasm, a) yoki sxemada (7.6-rasm, b) ko‘rish mumkin. Bu
yerda yakunlovchi zveno A
o
.
152
7.6-rasm. Yig
‘
uv o
‘
lcham zanjiri. a- ishchi chizma, b- sxema.
O‘lchamlar zanjiri nazariyasini asosiy tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega;
(7.19)
Yig‘ish jarayonini o‘zaro almashinuvchanlikni to‘liq bo‘lmagan usuli bilan
ham amalga oshirish mumkin. Bu usulda bir-birlari bilan yig‘iladigan detallar
o‘lchamlarini quyim qiymatlari oldingi usulnikidan kattaroq bo‘ladi. Yakunlovchi
zveno aniqligi hamma mahsulotlar uchun ta’minlanmaydi. Mahsulot sifati, aniqligi
qanchalik talabga javob berishi ehtimollik nazariyasi qoidalari asosida aniqlanadi.
Lozim o‘lchamga o‘tkazish (“posadka”) guruhlab o‘zaro almashinuvchanlik
usulida ham ta’minlanishi mumkin. Bu holda konstruktorlik quyim texnologik
quyimdan kichik bo‘ladi. Barcha olingan detallar guruhlarga bo‘linadi. Qamrovchi
va qamranuvchi detallar o‘zini mos guruhidan tanlab olinadi.
Sozlab yig‘ish usulida o‘lcham zanjiriga kiruvchi detallar o‘zlarining
texnologik quyimiga ega bo‘ladilar. Yakunlovchi zveno o‘lchami kompensatsiya
qiluvchi zveno hisobiga olinadi. Masalan, 7.6-rasmdagi A
1
…A
4
zvenolarning katta
xatoliklarida yakunlovchi zveno A
0
- tirqish qiymatini talab qilingan o‘lchami,
kompensatsiyalovchi zveno shayba (7.7-rasm, a) yoki vtulka 2 (7.7-rasm, b)
hisobiga ta’minlanadi.
|