Yigilish qaror qiladi: 1.Kafedra o’qituvchisi Tashmatova G tomonidan berilgan ma’lumotlar qabul qilinsin.
2.Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelish ta’minlansin.
Yigilish raisi: TashmatovaG.N.
Yigilish kotibi: AbdullaevR.
Guliston Davlat universiteti Pedagogika fakulteti «Pedagogika» kafedrasi «Yosh olimlar» to’garagining oktyabr oyida bo’lib o’tgan
3 -sonli yigilish bayonnomasi 12.10.2022 Yangier.sh. Qatnashdilar: To’garak rahbari: Tashmatova G.N.
Yigilish kotibi: Abdullaev R va
to’garak a’zolari
Kun tartibi: To’garak ishining maqsad va vazifalarini belgilash 1.Kichik hikoyalar yozish hususida
2.Maqolalar yozish tartibi
2023 yil 12 oktyabr kuni pedagogika va psixolgiya yo’nalishi talabalaridan tashkil topgan «Yosh olimlar» to’garagining 3-sonli yigilishi bo’lib o’tdi. Birinchi masala yuzasidan to’garak rahbari G.Tashmatova so’zga chiqdi. O’zaro hamkorlikka oid vazifalar kelishib olindi.
1-masala yuzasidan to’garak rahbari gapirib o’tdilar.
Adabiyot tufayli,adabiyot uygotgan tafakkur,intilish va istaklar tufayli,xayolot saltanatiga safar chog‘I kungilda bosh kutargan kechinmalar tufayli bugungi sivilizatsiya odamiylashdi,najot topdi. Adabiyot axli uylab topgan badiiy turkumga singgan qumdek izsiz ketmadi,bil’aks toshga aylangan yuraklarni mumdek eritdi.
Yaxshi kitoblar bulmaganida edi, insoniyatning bugungi xoliga maymunlar yig‘lagan bular edi.
Yosh ijodkorlar asarlarini chop etishga ham aynan shu kuz bilan qarab,bu masalaga aloxida e’tibor berish lozim. Bunday yondashuv marxum Muxammad Yusuf kabi haqiqiy iste’dodlarni kashf etish u va ularning ijodini xalqqa yetkazishda eng tug‘ri va adolatli yo‘l bo‘ladi.
2-masala ya’ni ilmiy makolalar yozilish tartiblari xakida tugarak raxbari tushuntirib,komyuterda kursatib o‘tdilar.
Ilmiy electron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi. Jurnal bunday yuqori talablar o‘rnatish orqali o‘z mualliflarini asta-sekin xalqaro andozalarga moslashib borishida yaqindan ko‘mak berish vazifasini bajaradi.
1. Muallif (yokimualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi yo‘nalishlarning bir ortasiga mos kelishi shart.
2. Maqolalar asosan empiric tadqiqot, keys-stadi, adabiyotlar tahlili va sharh, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa tavsifga ega bo‘lishi lozim.
3. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
- Maqola mavzusi (Title)
Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda 3 ta tilde shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim.
- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ishjoyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ORCID raqami, electron pochta manzili va muloqot telefonlari 3 ta tilde kiritiladi (barcha ma’lumotlar qisqartmalarsiz to‘liq kiritilishi kerak).
- Maqola annotatsiyaci (Abstract)
Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 8-10 qatorda noshmagan holda o‘zbek, rus va ingliztillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.
- Tayanch so‘zlar (Key words)
Tayanch so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning harbiri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 5-10 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.
- Kirish (Introduction)
Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda Prezident asarlari va ma’ruzalariga albatta murojat qilinishi lozim).
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellectual hudud doirasini baholash va shu asosda ma’lum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan toppish mumkin).
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘li va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yo‘nalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, ya’ni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yo‘llari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot ob’ektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikki lamchi ma’lumot manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxivtadqiqotvah.k.) aniqlash bo‘yicha ratsional qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yo‘lning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon bo‘ladi.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keying qismining vazifasi hisoblanadi.
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shubilan birga, takliflar va aynitadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishiyo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati yoki ketma-ketligida qo‘yiladi:
4. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqorivaquyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 6 betdan kam bo‘lmasligihamda foydalanilgan adabiyotlar sonikamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim.
5. Maqolada albatta jadval, chizma yoki rasmlar bo‘lishi shart. Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
6. Maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliztillarida taqdim etilishi mumkin.
7. O‘zbektilidagi o‘, g‘, q, h kabi harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida to‘liq yozilishi shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
8. Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha fandoktorining rasmiy taqrizi bilan birga electron qabul qilinadi. Shu bilan birga, tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chopetish masalasi bo‘yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.
9. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
10. Keltirilgan talablar yakuniy emas, ba’zi maqolalar borasida Nashriyot qo‘shimcha ma’lumot so‘rash huquqini saqlaydi.