Yigilish qaror qiladi: 1.To’garakning yangi 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallab ishlab chiqilgan yillik rejasini tasdiqlab berish kafedra mudiridan so’ralsin.
2.To’garak a’zolari ro’yxatini tasdiqlash.
3.To’garak kotibi etib Abdullaev Ravshan saylansin.
Yigilish raisi: TashmatovaG.N.
Yigilish kotibi: AbdullaevR.
Guliston Davlat universiteti Pedagogika fakulteti «Pedagogika» kafedrasi «Yosh olimlar» to’garagining sentyabr oyida bo’lib o’tgan 2-sonli yigilish bayonnomasi 28.09.2022 Yangier.sh. Qatnashdilar: To’garak rahbari: Tashmatova G.N.
Yigilish kotibi: Abdullaev R va
to’garak a’zolari
Kun tartibi: Kredit modul tizimi hakida suhbat
Ilmiy mantiq va ijodiy ishlar haqida tushuncha
a)ijodiy ish yozish
b)referat yozish
v)maqola yozish tartibi haqida tushuncha berish
2023 yil 28 sentyabr kuni pedagogika va psixolgiya yo’nalishi talabalaridan tashkil topgan «Yosh olimlar» to’garagining 2-sonli yigilishi bo’lib o’tdi. Birinchi masala yuzasidan to’garak rahbari G.Tashmatova so’zga chiqdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’grisida» 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son hamda «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iktisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tugrisida» 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi:
1.2020/2021 o’quv yilidan boshlab respublika oily ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish tartibi joriy etilsin.
2.Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ko‘plab insonlarda quyidagi savolning paydo bo‘lishi tabiiy. Ya’ni: “Kredit-modul tizimida o‘qitishning qanday afzalligi bor? Shu paytgacha biz amalda foydalanib kelayotgan ta’lim tizimidan qanday farqi va ustunliklari bor?”. Ushbu savollarga javob berish uchun dastlab kredit-modul tizimi haqida, kredit-modul tizimi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishining ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimida kredit modul tizimining o‘ziga xos-xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari borasida tadqiqotlar o‘tkazish dolzarb masala bo‘lib turibti. Kredit-modul tizimi – bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit – modul tizimi – mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni ijodiy o‘zlashtirish, o‘quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim yo‘lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir.Kredit-modul tizimi – bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modulli texnologiyalariga asoslangan, mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirilgan, o‘quv jarayonini qat’iy belgilangan holda va mehnat bozori talablariga mos tarzda tashkil etishga qaratilgan, kredit o’lchovi asosida baholashga asoslangan ta’lim tizimi hisoblanadi. O‘zbekistonda kredit ta’lim tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chiqishda, Yevropa ECTS krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuqlarini inobatga olgan xolda y yuqori ta’lim sifatini va dunyo ta’lim jarayonlariga integratsiyalashish uchun ishonchli asosni tanlash maqsadga muvofiqdir. ECTS kredit tizimi ko’p millatli Yevropa an’analarini inobatga olgan holda turli ta’lim tizimlarini yaqinlashtiradi. Kredit-modul tizimini amalga oshirish sermashaqqatli va murakkab tizimdir. Kredit-modul tizimida axamiyat beriladigan asosiy masalalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. o‘qitishning modulli texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish; talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashini ta’minlash uchun fanning metodik ta’minotini yanada takomillashtirish. Kredit-modultizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni e’tirofetish mumkin. Kredit-modultizimining ahamiyatli tomonishundaki, butizimdafanning o‘quvdasturi mehnat bozori talablarini o‘rgangan holda, shunga mostarzda tuziladi. O‘quv rejadagi fanlar ikki guruhga, ya’ni majburiy fanlar va tanlovfanlariga ajratiladi. Tanlovfanlari o‘quvrejadagifanlarning 50%ini tashkil etadi, demak talabalarning o‘zi qiziqadigan va kelajakda kerak deb hisoblaydigan fanlarni tanlab o‘qish imkoniyati ortadi. Kredit-modul tizimida talabalarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchilardan har bir talabaga individual yondashish talab etiladi va talabani mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kredit- modul tizimida talabalarda fanlarni va o‘qituvchilarni tanlash huquqi ham paydo bo‘ladi, shuningdek o‘z ustida mustaqil ishlash imkoniyati ortadi. Kredit-modul tizimining maksadga muvofiq ekanligi uning dunyoning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimiga joriy etilganligidan xam ko‘rinib turibdi. Ushbutizimda ta’lim dasturlarning talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi ularda ijodiy faollikni va bilim olishga intilishni, adabiyotlar va turli axborot manbalaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmasini, ma’lumotlarni taxlil qilish va keraklilarini saralab olish malakasini shakllantiradi. Bu esa ta’lim sifati va samaradorligining oshirishdagi muhimfaktorlardan biridir. O‘zbekistonning Bo‘layotgan jarayonida ishtirok etishi va uning ta’lim tizimida kredit-modul tizimining joriyetilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi: - mamlakatdagi OTMlarga xorijiy mamlakatlar OTMlari bilan alokalarni kengaytirishni ta’minlaydi; - Bo‘layotgan jarayoniga kushilish O‘zbekistonga Yevropa ta’lim tizimidan foydalanish, diplomlar va malakalarning professionalligini e’tirofetish, kredit tizimini (ECTS) va diplom ilovasini joriyetish, ta’lim sifatini baholash, talabalar va fakultetlarning akademik uyg‘unligini amalga oshirish va uzluksiz ta’limni ta’minlashga imkon beradi; - Bo‘layotgan jarayonida ishtirok etish respublika uchun ta’lim xizmatlari raqobat bardoshligini oshirish, olimlar va o‘qituvchilarimiz malakasini oshirishga, xalqaro ta’lim sohasidagi O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoit yaratishga asos bo‘ladi; - ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish xuquqini, shuningdek o‘qituvchini tanlash imkoniyatini beradi; - oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning kredit tizimini joriy etish natijasida fanlar bo‘yicha bilimlarni uni sarifikatsiyalash (birxillashtirish), baxolashda sub’ektivlikni bartaraf etish, pedagoglarning o‘z ustida kuproqishlashi, rakobatmuxitini yaratishga erishiladi; - diplomlarimizni xalqaro maydonda tan olinishi, kelgusida umumiy Yevropa ta’lim maydonining bir qismi bo‘lish imkonini beradi; - individual ta’lim yo‘nalishining tanlov imkoniyatini, bakalavr, magistr va doktorantlarning akademik erkinligini ta’minlashga yordam beradi. Kredit-modul tizimi oliy ta’limda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilarga va talabalarga qanday imkoniyatlarni berishini qisqacha taxlil qilib chiqaylik.
Xulosa va takliflar. Oliy ta’lim tizimida: - respublikamiz oliy ta’lim tizimiga kredit-modul tizimini joriy etishda millatimizning o‘ziga xosxususiyatlari va milliy mentalitetni e’tiborga olish lozim; - bu tizimini joriy etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda, taxlil qilish asosida ulardan samarali foydalanish kerak; - fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan xolda kredit-modul tizimiga joylashtiriladigan fanlarning metodik ta’minotini yaratish, yaratilganlarini taxlil qilish va aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish; - shaffoflikni ta’minlashga, ya’ni talabalarning ta’lim jarayonlariga taallukli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni talabalarga oldindan, aniq, tushunarli, tuliq va shaffof tarzda yetkazishga aloxida e’tibor qaratish; - ta’lim dasturiga muvofik majburiy o‘qitiladigan va tanlov asosida o‘qitiladigan fanlar, ularning mazmun-mohiyati, talabaga bilimlarni o‘rganishga qo‘yiladigan talablar yoki baholash mezonlarini va dars o‘tuvchi professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Takliflar:
• kredit-modul tizimi bilan tanishtirish va butizimda faoliyat yuritish asoslari haqida OTM professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan doimiy tarzda treninglar, seminarlar, master-klasslar va baxs-munozaralar uyushtirib borish;
• OTMlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• kredit-modultizimida talabalarning vazifalari, burchlari va huquqlari haqida maxsus qo‘llanma tayyorlash;
• kredit-modultizimi, uning mazmun-mohiyati, o‘qish jarayonining borishi, baholash tizimi haqida ota-onalar uchun qisqa yozma ma’lumotnomalar tayyorlash va ota-onalarga yetkazish, ular bilan uzluksiz muloqotda bo‘lib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tugarak a’zolarida referat yozish tartibi,koidalari xaqida ma’lumot berib utildi. Yozilgan referat namunalaridan namuna sifatida ko‘rsatildi. Sungra makolalar xaqida ma’lumot berildi va yozish tartibi aytib utildi,kompyuterda kursatildi. Makola yozish tartibi xaqida savol-javoblar bulib o‘tdi.Suzga chiqqan talabalardan Suyundikov Asilbek va Obidova Sevinchlar uzfikrlarini bildirishdi.
Referat –asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Referat diqqat e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlangich matnga murojaat etishning maksadga muvofikligini belgilaydi.Referat tanlagan mavzuga oid va ishlab chikilgan adabiyotlarda mavjud bulgan jamiki taxlil qilib chiqilishi lozim.