Bu shikastlanish proksimal suyaklararo bugini ajrab ketishida kuzatiladi, bevosita va bilvosita ta'sirot natijasida paydo buladi. Bunda kichik boldir nervi xam shikastlanishi mumkin, chunki kichik boldir suyagi buynidan aylanib utadi.
T a sh x i s. Proksimal boldir suyaklari bugini soxasida deformasiya aniqlanadi. Kichik boldir suyagining boshi oldinga yoki orqaga surilishi, paypaslashda osonlik bilan joyiga tushishi va chiqishi kuzatiladi. Kichik boldir suyagining boshchasini bosilganda yoki boldir suyaklari yaqinlashtirilganda chiqqanjoyda ogriq.zurayadi. Rentgenografiya diagnoz quyishga aniqlik kiritadi. Kichik boldir nervi xam birgalikda shikastlangan bulsa, bemorning oyogi pastga -kaft tomongaosilib turishi aniqlanadi.
D a v o l a sh. Kichik boldir suyagining boshchasini joyiga tushirib, ushlab turish kiyishshgi tufayli qonservativ davolash maqsadga muvofiq. emas. Shuning uchun jarroxlik usuli qullaniladi. Boshchani katta boldir suyagi dungiga lavsan yoki krzikcha yordamida qotiriladi. Operasiyadan sung 4 x.aftaga barmoq.uchidan to sonningurta qismigacha gips boglami kuyiladi. 2-x.aftadan boshlab, gipsda oyogiga bosib yurishga ruxsat beriladi. Gips olingandan keyin fizioterapiya va bugimlarda xdrakatni tiklash tavsiya kddinadi. Kichik boldir nervi esa shikastlanish x,arakteriga karab davolanadi.