1-тажриба машгулоти



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə13/14
tarix28.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#71044
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Маълумотлар базаси тажрибаси

Тajriba ishi № 10
Mavzu: Ma`lumotlar bazasi ma`lumotlarni boshqarish inteysini yaratish
Maqsad: Talabalarda MB bilan ishlash interfeyslarini yaratish haqida bilim va malakalarini mustahkamlash.
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. MB bilan ishlash interfeyslarini yaratish.
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma:
Hozirgi kunda yaratilayotgan MB mijoz server arxitekturasiga rioya qilingan holda yaratiladi. Uning afzalliklari:

  • Ko`pchilik hisoblash jarayonlari serverda amalga oshirilganligi uchun, mijoz kompyuterlarini hisoblash quvvatiga talab uncha yuqori bo`lmaydi.

  • Mijozga butun MB emas, balki so`ralgan ma`lumot yuborilganligi uchun tarmoq trafigi pasayadi.

  • Hisoblash ishlarining katta qismi serverga o`tkazilganligi hisobiga hamda tranzaktsiyalarni markaziy boshqarish, huquqsiz murojatlarni kamayishi butun sistemani xavfsizligini sezilarli oshiradi.

  • MB saqlanayotgan server bir vaqtda bir nechta mijoz ilovalarini ishlashini ta`minlab, katta hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash uchun muljallangan.

Tajriba ishi doirasida (ixtiyoriy MBBT, ya`ni SQL-Server, MySQL, ORACLE,MS Access va boshqalar) yordamida
Yangi ma`lumot bazasini yaratish .
Jadvallar yaratish
Indekslar yaratish.
Domenlar yaratish.
Saqlanuvchi protseduralar yaratish.
Trigerrlar yaratish
ishlarini amalga oshiramiz.
MBBT da MB tulik yaratilgandan so`ng biror bir dasturlash tili (Delphi, C++, C#, Java, PHP) yordamida MB ga bog`lanamiz va uning jadvallari uchun interfeys yaratamiz. Interfeysning har bir ma`lumotni tasvirlash sohasini jadval atributi bilan bog`laymiz. Interfeys orqali MB ma`lumotlarini ko`rish, uni o`zgartirish va o`chirish ishlarini amalga oshirish mumkin.
MS Access da yaratilgan formalar shaklidagi turli xil interfeyslarni dasturlash tillari yordamida yaratib, bevosita MB ma`lumotlarini tahlil va tahrir qilishimiz mumkin. Masalan:

MB uchun interfeys yaratilayotganda, eng avvalo yaratilayotgan interfeys shakli, ya`ni ekran dizayni chizib olinishi lozim. Shundan so`ng u biror dasturlovchi tilda yaratiladi va unga kerakli boshqaruv tugmalari biriktiriladi. Masalan, talabalar demografik ma`lumotlarini akslantiruvchi quyidagicha interfeys dizaynini yaratamiz. Bu shakldagi ma`lumotlar turli jadvallardan olinadi. Jadvallar o`zaro bog`liq bo`lganligi uchun mos yozuvlarni bir interfeys doirasida tasvirlash mumkin.

Topshiriq
A. 1-tajriba ish topshiriq variantlarini bo`yicha yaratilgan jadvallar uchun interfeyslar yarating.
B. Bajariladigan vazifalar:
1. Barcha asosiy jadvallar uchun turli xil interfeyslar shakllarini yarating.
2. MB uchun turli dizaynli interfeyslar yarating
3. Interfeyslarga boshqaruv elementlarini o`rnating.
4. Bir interfeysdan boshqa interfeysgaga o`tishni boshqaruv elementlari orqali amalga oshiring.
Xulosa: Bajargan ishlaringizni batafsil bayon qiluvchi xulosa yozing.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin