Vatanparvarlik shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi. Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi: -Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat. -O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik. -Vatan va millat tarixidan g’ururlanish. -Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amxurlik qilish. -Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish. -Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish. -Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish. -Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo’lishi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalq) o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.
16 MAFKURAVIY TARBIYA R e j a. 1. «Mafkuraviy tarbiya» tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari . 2. Mafkuraviy tarbiyaning ustuvor yo‘nalishlari va ma’naviy-ma’rifiy vazifalari. 3. Mafkuraviy tarbiya va yoshlarda zararli g‘oyaga nisbatan immunitetni shakllantirish vazifalari.
1. Inson, jamiyat, ijtimoiy guruh, millat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga qaratilgan jarayon – mafkuraviy tarbiya deyiladi. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad-intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham shu g‘oyalar ta’siriga tortishga, o‘z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari, ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta’siriga berilish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifalari – xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asosiy orzu- istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishdir, va ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.
Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mafkuraviy tarbiya haqida gap ketar ekan, uning mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy ta’sir tushunchalarining o‘zaro aloqadorligini nazardan qochirmaslik lozim. Mafkuraviy profilaktika oldingi mavzularda ta’kidlanganidek, ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakldagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun mafkuraviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Xususan, ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishda yordam beradi. O‘z o‘rnida mafkuraviy profilaktika mafkuraviy tarbiyani ta’minlashda faol ishtirok etadi. Bu qisqa ta’rifdan anglash mumkinki, mafkuraviy tarbiya va mafkuraviy profilaktika tushunchalari bir-birini taqozo etadigan va to‘ldirayotgan aloqadorlikda bo‘lib, o‘zaro ob’ekt-sub’ekt, sub’ekt-ob’ekt munosabatida bo‘ladigan jarayon deyish mumkin.