mavjudligining dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralari ahvoli, aylanma
mablag‘larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatliligi
bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini
qarzdorning kredit paketiga tikib boradi.
Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan
samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga
muvofiq garov ob’ekti faoliyat joyining o‘zida o‘rganiladi.
O‘urilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha bank
monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda kredit shartnomasida qayd etilgan
muddatlar va shartlar asosida bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‘lchovini amalga
oshiradi.
Berilgan
kreditlardan
boshqa
maqsadlarda
foydalanganlik
holati
aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga
nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob
raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan
asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan
muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga
muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini tasarruf
qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda
tasdiqlangan, 432-sonli «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini
yuritish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan kredit monitoringi faoliyatida
qo‘llaniladigan hujjatlar keltirilgan. Unga ko‘ra, tijorat banklari har bir berilayotgan
yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha kredit paketiga quyidagi hujjatlarni ilova qilish
lozim:
1.
qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga
oshirishi imkoniyatlarini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar
tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muammolarni aks
ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar;
2.
kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari;
3.
qarzdor kafilining moliyaviy ahvolini aks ettirgan barcha
hujjatlar;
4.
kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
5.
qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan
ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma
shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi
hujjatlarni kredit paketida yuritishi shart.
Kredit monitoringiga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni tashkil etadi:
6.
kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi
lozim;
7.
kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy
o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari kerak;
8.
qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash
ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha «to‘lovsizlik»
tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, shuningdek,
bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z
ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin sabablari va
sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Siyosat qarzlarni qaytarishga doir
izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat
Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan
chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit monitoringi faoliyatining asosiy tamoyili quyidagilarga asoslanishi
kerak:
1.
Turli xil ko‘rinishdagi kreditlarning davriy nazorati. Bu nazorat
asosan kichik hajmdagi kreditlar yuzasidan bo‘lib, 30 kunlik, 60 kunlik, 90
kunlik nazoratlar shaklida bo‘ladi.
2.
Kredit nazorati bosqichlarining diqqat bilan qayta ko‘rishni,
ya’ni:
a.
mavjud kredit bo‘yicha to‘lovlar hisobi ma’lumotlarining
ishonchliligi;
b.
kredit ta’minotining holati va sifati;
c.
huquqiy jixatdan kredit qaytarilishining ishonchli
ma’lumot – hujjatlarining to‘liq bo‘lishi lozim;
d.
mijozning bank krediti bo‘yicha moliyaviy holatidagi
o‘zgarishlar va natijada kredit miqdorining ortishi yoki qisqartirilish
darajasi;
e.
Berilgan
kreditning
bank
kredit
siyosatiga
va
standartlariga mos bo‘lishi.
3.
Muammoli ssudalarni tez-tez tekshirilishi.
4.
Iqtisodiy nobarqarorlik davrida kreditlarni tez-tez nazorat qilish
va boshqalar.
Hozirgi kunda kreditlash sohasida eng asosiy muammolardan biri kreditning
to‘liq qaytarilishidir. Bu o‘rinda kredit monitoringi juda katta ahamiyatga ega.
Kreditlarning to‘liq qaytib kelmasligiga asosiy sabab, «kredit tanlovi»ning iqtisodiy
tamoyilga mos tushmay qolishidir. Bu yo‘qotishlar, xatolar bevosita kredit oluvchi
sub’ekt haqida ma’lumotlarning etarli emasligi yoki ob’ektiv emasligidan yuzaga
keladi. Buning uchun xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan va hozirda
O‘zbekistonda ham amaliyotga tadbiq qilinib borilayotgan kredit Byurosini tashkil
qilish, unda markazlashgan holda, mijozlar haqida to‘liq ma’lumotlar bera oladigan
axborotlar bazasini yaratish va uni ishonchli va ob’ektiv ishlashini shakllantirish
banklar uchun, iqtisodiyot uchun, bir bank infrastrukturasi uchun katta foyda
keltiradi. Birinchidan, tezkor ma’lumotlar asosida banklar hamda mijozlar vaqtdan
yutadilar. Ikkinchidan, bu tezkor ma’lumotlar kredit harajatlarini pasaytiradi,
uchinchidan, bank faoliyati operativligini, barqarorligini, salohiyatini oshiradi va
albatta, kredit monitoringi ishlari ham qisman engillashadi, xususan muammoli
kreditlarning kamayishi hisobiga.
Kredit monitoringi ishlarini engillashtiradigan yana biror xususiy echim
kreditlarni berishda mijozning biznes loyihasidan kelib chiqqan holda, loyihaning
marketing tadqiqotining xaqqoniyligi, hayotga yaqinligi bo‘lishi kerak chunki yangi
ishlab chiqariladigan tovarga talab qanchali yuqori bo‘lsa, loyihaning moliyaviy
natijasi ham samarali bo‘ladi. Bu esa, kreditlarni to‘liq qaytarilishini ta’minlaydi.
Zotan, kredit monitoringining asosiy vazifasi mijozga kreditni qaytarishiga
ko‘maklashishdir
Dostları ilə paylaş: