Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi
6-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI,
KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI.
REJA
1. Tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi.
2. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari.
3. Kredit xujjatlari yig’majildini tashkil qilish. Kredit shartnomasi,
uning mazmuni va axamiyati.
4. Kredit shartnomasi bajarilishi ustidan nazorat va ko’riladigan
choralar.
5. Ssuda xisob varagidan kredit berish va qaytarish tartibi.
6 Kreditlash jarayonini tashkil kilishda kredit monitoringgi va uning
axamiyati.
7. Kreditlarni tasniflanishi va ular bo’yicha zaxira tashkil qilish.
8. Umidsiz kreditlarni balansdan tashqariga chiqarish tartibi.
Kreditlarni hisobdan chiqarish amaliyoti.
Tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub’ekti – bank va
qarz oluvchining o‘zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg‘unlashtirishni
nazarda tutadi. Kreditor sifatida banklarning olib boradigan faoliyati ular uchun
me’yoriy bo‘lgan xujjat kredit siyosatida o‘z aksini topadi. Tijorat banklari kredit
siyosatini mustaqil tuzadilar.
Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarni hisobga olgan
holda, o‘z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining muhim
tomoni hisoblanadi. Tijorat bankining kredit siyosati kreditlarni boshqarishning
asosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2000 yil 2 martdagi «Tijorat
banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida» gi Nizomiga asosan
bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta’rif beriladi: Bankning kredit siyosati –
kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati
tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank
rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir
ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir.
1
Kredit siyosati bankning kredit faoliyati
maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart.
2
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib
borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning
kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq ob’ektiv standartlarini va mezonlarini
aniqlab beradi. Kredit siyosatini to‘g‘ri tuzish va olib borish, barcha bo‘limlar
tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit
1
Јzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari
to‘plami. T.: «UZBEKISTON», 2003y. 326 b.
2
Abdullaeva Sh.Z. «Bank risklari va kreditlash». T.: «MOLIYa», 2002y. 33-56 b.
standartlarini to‘g‘ri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank
imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlashga asos hisoblanadi.
YAxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni
kamaytirishga yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda
kam yoki ko‘p xodim ishlashdan qat’iy nazar, bankda bu siyosat bo‘lishi lozim.
CHunki bu siyosat kredit bo‘yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarining
bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning
kredit siyosati bankning hamma xodimlari - kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi
raisigacha bir xil bo‘lmog‘i lozim. SHuning uchun ham kredit siyosatini oldindan
belgilab olingan qoida va echimlar to‘plami deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to‘g‘ri kredit narxlari belgilangan
sharoitida muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarining
mablag‘larini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini yaqqol bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday shaklda, kimga, qaysi
shartlar bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank
kredit bera turib ular bo‘yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. SHuning uchun
har bir faoliyat risk bilan bog‘liq ekanligini hech qachon esdan chiqarmaslik lozim.
Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli
holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o‘rtasidagi
nisbatning,
bank majburiyatlari bilan kapitali o‘rtasidagi va boshqa
ko‘rsatkichlarning me’yorda bo‘lishini taqozo qiladi. Oqilona kredit siyosati
beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. SHuning uchun kredit siyosatining asosiy
maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarning etarliligi, risklarni sifat darajasi bo‘yicha
turkumlari, kredit portfelining balansi, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish
kabi elementlarini o‘z ichiga olmog‘i lozim. Endi biz bank siyosatiga to‘xtaladigan
bo‘lsak, bank siyosati - bankning depozit siyosati, kredit siyosati, foiz siyosati,
valyuta siyosati, mijozlarga kassa-hisob xizmatini ko‘rsatish siyosati va boshqa
bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha siyosati, banklarning likvidliligini ta’minlash
siyosati, kadrlar siyosati majmuasidan iboratdir. SHunday qilib, banklarning
faoliyat siyosati quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan.
Kredit siyosati bank umumiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan
hisoblanadi. Buni biz quyidagi sxemadan ko‘rishimiz mumkin.
Har qanday tijorat banki kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan
iborat bo‘ladi: kredit qo‘yilmalari hajmining o‘sishini, risk yuqori bo‘lgan
operatsiyalarning oqilona diversifikatsiyasini, o‘rta va uzoq muddatli kredit
qo‘yilmalari hajmini keskin ko‘paytirish va ularning samaradorligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. SHuningdek, kredit siyosat investitsion kreditlar salmog‘ini
oshirish, ustun darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish
korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlarni ham o‘z
ichiga qamrab olgan bo‘lishi lozim.
Kredit siyosati bankning o‘ziga xos «kredit tili»ni yaratadi va u bank faoliyati
yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‘zgarganda huquqni
saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. O‘at’iy siyosat asosida berilgan bank
umumiy kreditlash faoliyatining bank umumiy kreditlash faoliyatining rivojlanishi
va kreditlarning samarali ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit siyosati
qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari: foyda olishni ta’minlash,
risklarni boshqarish, bank faoliyati me’yorlariga rioya etishga erishish imkonini
beradi.
Kredit siyosatining mavjudligi, eng muhimi – barcha darajalarda ishlab
chiqilgan siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos
bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, uning qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini
ko‘paytiradi va farovonligini oshiradi.
Masalan, aniq bir tijorat bankning kredit siyosatida kredit portfelini
boshqarishning asosiy yo‘nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olinganligini
ko‘rishimiz mumkin:
Bular:
• kredit risklarini darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash,
ularni baholash va bartaraf etish;
• qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning
moliyaviy ahvolini aniqlash kredit riskini bashorat qilish;
• muammoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so‘ndirish
choralarini ishlab chiqish;
• kredit qo‘yilmalarni diversifikatsiya qilishni, ularning
likvidliligini va daromadliligini ta’minlash;
• kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo‘lib turish;
• kichik va o‘rta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‘jaliklarni
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bank tomonidan, xo‘jalik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari etishmasligi,
mavjud mablag‘larning me’yordan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb
qilinishi, mablag‘larning tayyor maxsulot sifatida qotirib qo‘yish sabablarini
o‘rganib borish, zararga ishlayotgan va bankrotlik alomatlari ko‘zga tashlanayotgan
xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy ahvolini doimiy monitoringini tashkil qilish bank
kredit siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biridir.
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini
aniqlashi va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati,
sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qo‘yilmalarni moliyalash va boshqa tarmoqlarga
kredit berish, kredit turlari bo‘yicha: “kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash
yoki kreditlashning boshqa usullarini qo‘llashni belgilab berishi mumkin.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit
xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida
rahbariyatga xabar berishlari lozim. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini
oldindan aniqlash ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha «to‘lovsizlik»
tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, shuningdek,
bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z
ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-
bosqich chora tadbirlar ko‘rilishini talab qilinishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish
tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank
Kengashi va Boshqaruvi a’zolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankning kredit
siyosati yo‘nalishlari quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
• bank o‘rni va obro‘sini moliyaviy-barqaror banklar singari
yaxshilash;
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga
muvofiq darajada o‘z kapitalining etarliligini ta’minlash;
• bankning samaradorligi va barqarorligini qo‘llab-quvvatlagan
holda uning daromadlarining maksimallashuvini ta’minlovchi aniq kredit
va investitsiya siyosatini o‘tkazish;
• strategik jihatdan muhim bo‘lgan shahar rayonlarida yangi
omonat kassalarini ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bank tarmog‘ini
kengaytirish.
Kreditlash jarayonida bank siyosati bank oldidagi majburiyatlarni bajara
oladigan mavjud va yangi mijozlarni kredit resurslari bilan ta’minlash, sinf
darajasidagi kreditlarni taqdim etishni kengaytirish hisoblanadi. Tijorat banki
foydaliligini hisobga olgan holda xalqaro standartlar miqyosida mijozlarga sifatli
kredit xizmatini taqdim etishga intiladi. SHuning uchun bank-kredit siyosatining
asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan:
➢ kreditlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalar
bo‘yicha javobgarlikni taqsimlash;
➢ bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun
aniq belgilangan shartlarning mavjudligi;
➢ maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, to‘lovlilik, qaytarib
berishlilik, ta’minlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni
majburiy nazorat qilish;
➢ bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat
yo‘nalishlari siyosati (ya’ni depozitlar bo‘yicha, investitsiya bo‘yicha,
aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘yicha va hokazo) ning uzviy
bog‘liqligidir.
Hozirgi kunda kredit siyosatini tuzishda har bir tijorat banki mustaqil bo‘lib,
ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo‘jalik sub’ektlarini
kreditlash funksiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun banklar
faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalom bor
banklarning kredit siyosatini to‘g‘ri ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar
oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit
operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatni oqilona
tanlash va o‘tkazishni takozo qiladi.
Kredit siyosati bank strategiyasining bir bo‘lagi sifatida kredit bozorida
bankning harakat qilishidan ko‘zlagan maqsadini, tamoyillarini va yo‘nalishlarini
o‘z ichiga oladi, taktik jihatdan esa moliyaviy yoki boshqa instrumentlarni, kredit
bitimlarni amalga oshirishdan bankning maqsadlariga erishish so‘nalishlarini va
qoidalarini, hamda kredit jarayonini tashkil etish tartiblarini ishlab chiqishni o‘z
ichiga oladi.
YUqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilib aytganda, kredit siyosati
kredit risklarni kamaytirish orqali bankning xavfsizligi, likvidliligi va rentabelligini
ta’minlash maqsadida kreditlash bo‘yicha oldindan belgilangan qoida va echimlar
majmuasi asosida tashkil qilingan kredit portfelini boshqarish sohasidagi bankning
strategiya va taktikasidir. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa
omillarni inobatga olgan holda mustaqil o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqishi va
olib borishi mumkin.
Odatda ssuda operatsiyalari bank foydasining asosiy kismini tashkil qiladi.
SHuni inobatga olgan holda banklar o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishda va olib
borishda ssuda operatsiyalaridan keladigan daromad va ularning samarali olib
borilishiga katta e’tibor berishlari lozim. Bankning kredit operatsiyalarini olib borish
va ularning samaradorligi uchun javob berish bankning direktorlar kengashi
zimmasiga yuklatiladi. Direktorlar kengashi kreditlarni berish bilan bog‘liq
vazifalarni boshqaruvning quyi tabaqalariga yuklaydi. Kredit siyosati hay’ati
kreditni qaysi sohalarga berish, kredit berishning umumiy tamoyillari, uni berishdagi
cheklanishlar va boshqalarni ishlab chiqadi hamda shularning amalga oshirilishini
nazorat qilib borishi lozim.
Xorijiy davlatlarning yirik banklarida yozma ravishda bankning kredit
siyosati to‘g‘risida memorandum ishlab chiqiladi va barcha bank xodimlari o‘z
faoliyatini shu memorondum asosida olib borishlari zarur. Memorandumning tarkibi
har bir bankning faoliyat xususiyatini hisobga olgan holda har xil bo‘lsada, u bank
faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini qay tariqada olib borishni o‘z ichiga oladi.
Memorandumda olib boriladigan siyosatning asosan, ya’ni ko‘proq ishonchli va
foyda keltiruvchi kreditlar berish, kreditlar berishda mavjud kredit resurslarni
hisobga olish, beriladigan kreditlarning risklilik darajasini hisobga olish, kredit
berishning oxirgi chegarasini belgilab berish va boshqalar ko‘rsatiladi.
Hujjatda qaysi kreditlarni berish bank uchun foydali va qaysi kreditlarni
berishdan bank saqlanishi lozimligi, bank xodimlariga kreditlar berish,
kreditlarning sifatini nazorat qilish shakllari va boshqalar ko‘rsatiladi.
Buning uchun quyidagilar aniqlanadi:
▪ bank uchun mas’ul bo‘lgan kreditlar turlari;
▪ qanday kreditlar, berishdan bank o‘zini tutishi;
▪ ko‘ngildagiday bo‘lgan qarzlarning tarkibi;
▪ ko‘ngilsiz qarzlarning tarkibi;
▪ bankning kreditlash bilan bog‘liq faoliyati doirasi;
▪ bankning o‘z xodimlariga kredit berish doirasidagi siyosati;
▪ qarzdorlikning har xil darajalariga ko‘ra kreditlarning hajmini
qisqartirish;
kredit riskini boshqarish, tekshiruv va nazorat doirasidagi bankning siyosati.
Yirik bir amerika banklarining memorandumi sxemasi 5 bo‘limni, ya’ni
umumiy qoidalar, kreditlar kategoriyasi, kredit siyosatining har hil masalalari, kredit
portfeli sifati ustidan nazorat hamda bank qo‘mitalarini o‘z ichiga oladi (ilova №1).
Kredit siyosati bo‘yicha memorandum umumiy tavsiya va yo‘llanmalarini o‘z
ichiga oladi va u bank xodimlarining amaliy ishbilarmonligini cheklab qo‘ymaslikni
ta’minlaydi.
Hozirgi kunda tijorat banklari mustaqil ravishda o‘z kredit siyosatini ishlab
chiqadilar. Lekin amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ba’zi banklar faoliyatida bu siyosatni
ishlab chiqishda ma’lum kamchiliklarni ko‘rish mumkin . Birinchidan, kredit
siyosatini ishlab chiqishda ko‘proq bosh banklar aktiv rol o‘ynab ular har doim
hambankning quyi bo‘g‘inlarining kredit ishlarini inobatga olmaydigan holatlarini
uchratish mumkin.
Ikkinchidan, bank salmog‘i katta-kichikligidan qat’iy nazar har bir bank
xodimi bankning kredit siyosatining hech bo‘lmaganda maqsadi, umumiy
yo‘nalishlari bilan tanish bo‘lishi, ularning bajarilishi bo‘yicha faoliyat olib borish
lozim.
Ko‘pgina tijorat banklarining kredit siyosatida asosiy e’tibor kreditlar berishi
bo‘yicha erkinlik, kredit turlari, kreditlarni to‘lash, foiz stavkalari, kredit bo‘yicha
garov qiymati va uning bahosi, mijoz to‘g‘risida moliyaviy axborot, o‘z vaqtida
to‘lanmagan va muddati kechiktirilgan kreditlar, bank kengashi va boshqaruvchiga
beriladigan hisobotlar, kreditlarning konsentratsiyasi, aloqador shaxslarning ishlash
tamoyillari, riskni baholash, kredit portfelini audit qilish kabi yo‘nalishlarni o‘z
ichiga olishi ko‘zda tutilgan bo‘lsada, ularning mohiyatini ochib berishda ba’zi bir
noaniqliklar mavjud edi. Masalan, kreditlarni konsentratsiya qilish to‘g‘risidagi
yo‘nalishida kreditlarning turi, xududiy joylanishi va boshqa belgilari bo‘yicha
konsentratsiya qilish lozim deyilsa, yana shunday kreditlar konsentratsiyasi
banklarini katta zararlarga quyishi mumkinligi ta’kidlanadi. g‘ki mijozlarning
moliyaviy ahvolini ifodalovchi kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
ma’lumotlarni ifodalovchi kreditning bahosi va samaradorligini ko‘rsatuvchi
yo‘nalishlar keltirilmagan. Tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda ish
yo‘nalishlar bo‘yicha aniq ma’lumot va hujjatlarga ega bo‘lishi, va kredit siyosati
sifatida rejalashtirishlari, bizning fikrimizcha banklarni katta risklardan oldindan
himoya qilishi mumkin. Undan tashqari yuqorida keltirilgan kreditni
konsentratsiyalash bo‘limi o‘rniga kreditlarni diversifikatsiyalash yoki kredit
portfelini boshqarish bo‘limi deb kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Banklar
tomonidan beriladigan kreditlar respublikani iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga,
infrastrukturani takomillashti-rishga, eksport salohiyatini kengaytiruvchi sohalarga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Tijorat bankining kredit siyosati, kredit bozorini tahlil qilish va eng kichik
kredit riskka ega bo‘lgan bozorlarni aniqlash; mablag‘larni depozitga jalb qilish;
kreditlash jarayonida yuqori samaradorlikka erishish; bankning depozit va kredit
portfelini boshqarishni optimallashtirish; muammoli kreditlar salmog‘ini
kamaytirish; bankning likvidliligi va to‘lovga layoqatliligini ta’minlash kabi
masalalarni o‘z ichiga olishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada
erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi 21 mart 2000
yildagi farmoni tijorat banklarining faoliyatini olib borishda va ularning kredit
siyosatini tuzishda to‘la erkinlik va mustaqillik berilishiga yo‘l ochib berdi.
Endilikda tijorat banklari o‘zlarining mustaqil kredit siyosatini ishlab chiqmoqdalar.
CHunki hamma banklar uchun to‘g‘ri keladigan, yagona kredit siyosati mavjud
emas edi. Alohida olingan tijorat banki uning faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va
tashqi risklarni inobatga olgan holda mintaqa, viloyat, tumandagi iqtisodiy, siyosiy,
sotsial holatdan kelib chiqib o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishlari kerak. Bankning
aniq kredit siyosatiga ega emasligi bank risklarini oshiradi. Kredit siyosatining aniq
emasligi belgilab qo‘yilgan vazifalarining to‘liq bajarilishiga va undan kutilgan
samaraga erishishga to‘sqinlik qiladi.
Bankning kredit siyosatini olib borish, kredit portfelining samarali natijasini
ta’minlashni ko‘zda tutganligi uchun banklarning kredit portfelini tashkil qilishga
ta’sir qiluvchi omillar ichida banklar xizmat ko‘rsatish bozorining o‘ziga xosliligi
bilan ajralib turadi. SHu jihatdan har bir bank o‘zi tanlagan bozor sektoridagi asosiy
mijozlarning qarz mablag‘iga bo‘lgan talabini hisobga olishi kerak.
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‘limi hisoblanadi. Bu
siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‘yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini
aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o‘z ichiga oladi:
1) O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
qayta
moliyalashtirish stavkasi;
2) kredit resurslari (o‘z va jalb qilingan mablag‘lari) manbalari;
3) kreditlash va qarzdorlar turlari va yo‘nalishlari.
Jalb qilingan kredit resurslarini boshqa tijorat banklari hamda
markazlashtirilgan fondlaridan sotib olish sifatida foydalangan holda kreditlardan
foydalanish uchun foizlar jalb qilingan resurslar summasi plyus bank (daromadi)
marjasi orqali aniqlanadi. Bu 3 dan 7% miqdorgacha oshmasligi kerak.
Garov ta’minoti bo‘yicha talablar aniq sifatli xarakteristikalarga mos bo‘lishi
kerak, ya’ni (saqlash) uzoq muddat saqlashning mavjudligi; narxlarning nisbatan
barkarorligi; garovga qo‘yiladigan mulk, mulkning bozor talablariga mos kelishi,
likvidliligi va boshkalar.
Favqulotda holatlar yuz beradigan bo‘lsa, garov egasi garov mulkini o‘z
hisobidan uning to‘liq qiymatini sug‘urta qilish kerak.
Garovga olingan mulk qiymati kredit summasiga nisbatan 20% yuqoriroq
bo‘lishi darkor.
Tijorat
banklarining
kredit
taqdim
etishdagi
asosiy
vazifasi
–
omonatchilarning pullarini kimga ishonib topshirish mumkinligini hal etishdan
iborat. Bu faoliyat o‘ta muhim va o‘ta ta’sirchan jarayon bo‘lib, uni muvaffaqiyatli
amalga oshirish sarmoya tuzilmasidagi leverajni jiddiy oshirish imkonini beradi.
Bank kreditlarni qachon, kimga va qanday shartlarda berishni aniq belgilab olishi
shart.
Bank faoliyati doimo turli risklar bilan bog‘liq. SHuning uchun kreditlar,
depozitlar va boshqa majburiyatlar bilan o‘z mablag‘lari o‘rtasida maqbul
muvozanatni saqlash bankning eng muhim maqsadlaridan biridir. Oqilona kredit
siyosati bank kredit portfelini sifat jihatdan tartibga solish qo‘lamini, mablag‘ olish
imkoniyati, eng yuqori risk darajasi, ssuda portfeli manbalari va muddatlari bo‘yicha
mutanosibligini, bank majburiyatlari va aktivlari tuzilmasining mosligini hisobga
olishi kerak. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari bank direktorlari Kengashi
tomonidan belgilanadi.
Bank murakkab va muntazam o‘zgarib turadigan iqtisodiy sharoitlarda, avval
hech qachon duch kelinmagan yoki to‘liq hal etilmagan vazifa (masalan, risk
konsepsiyasini ishlab chiqish va ssudalar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni ko‘ra
bilish, kreditlar jamlanishi hisobini yuritish va iqtisodiy sharoitning qarzdorlar
daromadlariga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini aniqlash) ko‘ndalang turganida kredit
siyosatining o‘rni ayniqsa muhimdir. Kredit siyosatini ishlab chiqish foyda olish va
samarali ish yuritish holati saqlangan holda, bozor ehtiyojlari qondiriladigan eng
yuqori risk darajasini aniqlashni taqozo etadi.
Kredit siyosati bankning o‘ziga xos «Kredit tili» ni yaratadi. Bu siyosat bank
faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‘zgarganda
huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. O‘at’iy siyosat asosida
yaratilgan kredit tili bank umumiy kredit siyosatining rivojlanishi uchun zamin
yaratadi. Mas’uliyatli shaxslar kredit siyosati bilan tanishishlari hamda unga to‘liq
muvofiq ishlashlari shart. Kreditlarni tanlab, tasdiqlanganida va hatto berilgandan
keyin ham ularga qat’iy rioya etish zarur. Ular tashqi va ichki auditorlar, mustaqil
kreditni tahlil qilish xizmatlari, direktorlar Kengashi va tartibga solish organlari
tomonidan nazorat etiladi.
Kredit siyosatidagi har qanday chetlanish to‘liq xujjatlashtirilishi, asoslanishi
va istisnolar ko‘rsatilishi kerak.
SHu tariqa, kredit siyosatini qat’iy va batafsil ishlab chiqish har qanday bank
uchun katta ahamiyat kasb etadi va u kreditlash tadbirlarini mazmunini
ayonlashtiradi. Bu tadbirlarni amalga oshiradigan xodimlar majburiyatlarni belgilab
beradi. Kredit siyosati qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari: foyda
olishni ta’minlash, risklarni boshqarish, bank me’yorlariga rioya etishga erishish
imkonini beradi.
Kredit siyosatining mavjudligi, eng muhimi – barcha darajalarda ishlab
chiqilgan siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos
bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, uning qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini
ko‘paytiradi va farovonligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat bankining kredit siyosati bankning kreditlashni
amalga oshirishdagi maqsadi va strategiyasini, kredit berish jarayonida bank
xodimlarining vakolat darajasi va mas’uliyatini, tijorat banki tomonidan beriladigan
kreditlarning turlari va toifasi, bank krediti yo‘naltiriladigan iqtisodiyot sohalarini
belgilab olish, kreditlash usullari, kreditlash ko‘rsatkichlari, kreditlarni qaytarib
to‘lash shartlari va qoidalari, kreditning muddati, qarzdorlikni undirib olish bo‘yicha
chora-tadbirlar, yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy hisobotlariga
qo‘yiladigan talablar, mijozning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘zida ifoda qiluvchi qarzdorlarning faoliyatiga oid moliyaviy
axborotlar, garov ta’minotiga qo‘yiladigan talablar, kredit monitoringiga
qo‘yiladigan talablar, foiz stavkalari bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar, ko‘zda
tutilmagan holatlar moddalari, kredit portfelini audit qilish bo‘yicha talablar bank
Boshqaruvi va Kengashiga taqdim qilinadigan hisobotlar bo‘yicha talablarni o‘zida
ifoda qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |