➢ Kreditning muddatliligi.
➢ Kreditning qaytarilishi.
➢ Kreditning to‘lovliligi.
Kreditning ushbu tamoyillari va mijozning balansi asosida moliyaviy ahvoli
va kreditga layoqatliligi aniqlanib mijoz bilan bank o‘rtasida kredit shartnomasi
tuziladi.
Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O‘zining
huquqiy tabiatiga ko‘ra kredit shartnomasi tomonlarning
maqsadlarini va shu
maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi
bankning ma’lum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni
ma’lum davrdan so‘ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi.
Maqsadlarning
bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to‘lash bo‘yicha aniq harakatni
ko‘zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo‘yicha majburiyatlari shartnomani
imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa ham, faqatgina ssuda olingandan so‘ng
paydo bo‘ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek kredit bitimining iqtisodiy shartlarini
tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to‘laroq hisobini,
ikkinchi
tomondan esa, bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta’minlab
beradi.
Har bir kredit shartnomasida uning predmetini aniqlovchi punkt bo‘ladi.
Lekin uning tarkibi mijozlar talabiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz
shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: