Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi-fayllar.doc
Kredit shartnomasi, uning mazmuni va ahamiyati. Kredit shartnomasi bajarilishi ustidan nazorat va ko‘riladigan choralar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit
munosabatlar kredit shartnomasiga asoslanadi. SHu bois bank tomonidan yuridik va
jismoniy shaxslarni kreditlashni tashkil etishning asosiy xususiyatlaridan biri – bu
har bir kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidadir.
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasida banklar va
ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshirilishi
belgilangan bo‘lib, amaliyotda banklar va mijozlar o‘rtasidagi har bir kredit
munosabati shartnomaviy xarakterga ega.
Bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi kredit bitimining
huquqiy-iqtisodiy shartlarini aniqlaydi. Va bu shartlar kredit munosabatlari
ishtirokchilarining mavqeidan qat’iy nazar o‘zaro manfaatlarga asoslangan bo‘ladi.
Kredit shartnomasi yuridik hujjat hisoblanib, uning barcha punktlari
bajarilishi tomonlar uchun majburiydir. Bu O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
Kodeksi bilan belgilab qo‘yilgan.
Kredit shartnomasining mohiyati shundan iboratki, unga ko‘ra bank (kreditor)
shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida va unda belgilangan miqdorda qarz
oluvchiga pul mablag‘larini kreditga berish, qarz oluvchi esa kreditni va unga
hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarib berish majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasida tomonlarning nomlanishi, shartnomaning amal qilish
muddati, kredit bitimining predmeti va shartlari, tomonlarning huquq va
majburiyatlari, bu majburiyatlarni bajarilishining huquqiy kafolatlari ko‘rsatilgan
bo‘ladi.
Kredit shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi va kerakli shaxslar
tomonidan imzolanadi. g‘zma shaklda tuzilmagan kredit shartnomasi haqiqiy
hisoblanmaydi.
Fuqarolik Kodeksining 744-moddasiga asosan kredit shartnomasiga ko‘ra,
bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz
oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul
mabalg‘lari(kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va
uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.