1. Tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari


Kredit shartnomalarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi



Yüklə 144,48 Kb.
səhifə8/15
tarix16.12.2023
ölçüsü144,48 Kb.
#181123
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi-fayllar.doc

Kredit shartnomalarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi. 

Xorijiy banklar o‘zlarining kredit shartnomalarini qo‘llashning boy tajribasiga


egadirlar. Uni o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi uchun katta amaliy ahamiyatga



egadir. Turli mamlakatlarda tuziladigan kredit shartnomalarining asosiy


xususiyatlari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
- huquqiy madaniyatning yuqori darajasi;
- kredit bitimi shartlarining batafsil xarakteri;
- kredit shartnomalari shakllarining tiplashganligi;
YAponiyada kredit shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish sohasida
bank yuristlari har doim advokat kontoralari bilan aloqa qiladilar va qiyin yuridik
savollarga javob topadilar. Bank yuristlari bank xodimlarni yuridik jihatdan doimiy
tarzda o‘qitib turadilar.
AQSHda eng batafsil kredit shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- mijoz haqida umumiy ma’lumotlar;
- tuzilayotgan kredit bitimining asosiy parametrlari, summa,
muddat va maqsadi;
- tasdiqlangan shartlar;
- inkor etiladigan shartlar;
- ssudalarni to‘lash kafolatlari;
- shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jazo choralari;
- to‘lovga layoqatsiz va bankrot deb e’lon qilish me’zonlari;
- bankka qarzni to‘lamagan taqdirdagi bank huquqlari.
Germaniyada bir tizimdagi banklar uchun (xususiy, jamg‘arma,…) umumiy
kredit shartlari o‘rnatiladi. O‘onunlar bilan birgalikda ular kredit operatsiyalarining
asosini tashkil etadi. Umumiy kredit shartlari mijozlarga etkaziladi, kredit
shartnomasida ular takrorlanmaydi, faqat qarz oluvchi unga rozi bo‘lgan punkt
yoziladi. Germaniyada kredit shartnomalari erkinlashgan xarakterga ega.
Kredit shartnomasining tipik shaklida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘ladi:
- tomonlarning to‘liq nomlari va manzillari;
- olingan va olinayotgan kreditlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar;
- yangi kreditning maqsadi;
- yangi kreditning shartlari;
- kredit uchun hisoblangan va undiriladigan foizlar summasini
hisoblash tartibi;
- kredit qaytarilishining kafolati;
- boshqa shartlar;
- ma’sul shaxslarning muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari.
Germaniyada bank va korxona o‘rtasida kredit shartnomasi 3 bosqichda
tuziladi:
- mijoz tomonidan kredit shartnomasi tarkibining shakllantirilishi;
- uning bank tomonidan ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi;
- kredit shartnomasini imzolash.
Kredit muassasasi
Taklif ishlab chiqarish to‘g‘risida
iltimos
Qarz oluvchi
Kredit va’dasi



Kredit berish majburiyati,


agar qarz oluvchi kreditga
layoqatliligi yomonlashsa
Rozilik imzolangan shartnomani
muddatidan qaytarish
Kredit olganda asosiy
qarzni to‘lash uchun
kelishilgan komissiya,
foiz va to‘lovlarni to‘lash
majburiyati
1. Dastlabki sharnoma
Kredit berish
Kreditno ssuda schyot yoki kredit
liniyasi ochib berish
Ta’minot berish, kreditni
ishlatish
Kreditni ishlatish
2. Asosiy kredit
Foizlarni to‘lash va asosiy qarzni to‘lashga oid to‘lovlar
Germaniyadakredit shartnomasini tuzish sxemasi.
Banlarda kredit arizasini ko‘rib chiqishning majburiyligi kredit shartnomasini
tuzishning huquqiy asoslanganligi garovidir.
Xorijiy davlatlarda nafaqat kredit bitimini, balki mijozni o‘zini ham chuqur
o‘rganish uning kredit riski omillariga doir majburiyatlarini aniqlashtirishga yordam
beradi. SHuning uchun mijozning majburiyatlariga bag‘ishlangan kredit
shartnomasining bo‘limi tarkibiga har bir ssudani qaytib kelishiga qaratilgan aniq
iqtisodiy va huquqiy shartlari kiritilgan.

Yüklə 144,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin