5) Iqtisodiy tarkibiga ko‘ra
19.
to‘lovga mablag‘ etishmasligi;
20.
tovar-moddiy boyliklarini shakllantirish;
21.
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
22.
ishlab chiqarish xarajatlari;
23.
ko‘chmas mulk sotib olish va boshqalar uchun berilgan kreditlar.
6) Ob’ekt umumlashuviga ko‘ra kredit
24.
yiriklashgan;
25.
jamlangan (yig‘ma);
26.
alohida ehtiyojga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
SHartnoma maqsadi bo‘limida kredit bitimi ob’ekti va shuningdek kredit
summasi ko‘rsatiladi. U kreditlashning miqdoriy chegarasini xarakterlaydi. Kredit
agarda kredit liniyasi ochish tartibida berilayotgan bo‘lsa, uning darajasi oylarga
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
Ikkinchi bo‘lim ssudani berish va qaytarish tartibi va u bo‘yicha bank
huquqlarini o‘z ichiga oladi. Yiriklashgan yoki jamlangan ob’ektni kreditlash
sistematik tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun kredit berish ayni to‘lovlar
amalga oshirilayotgan paytda hisob-kitob varag‘idan o‘tmagan holda bajariladi.
Kreditni qaytarish ham huddi shunday sistematik tarzda hisob-kitob varag‘idan
tomonlar kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kredit shartnomasida bankning quyidagi huquqlari belgilanadi:
27.
qarz oluvchidan kreditni ishlatishini nazorat qilish uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish;
28.
berilgan kreditlar uchun foizlar olish;
29.
shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda shartnomani
bekor qilib, kredit berishni qisman yoki to‘liq to‘xtatish va berilgan
kreditlarning muddatidan oldin foizlari bilan undirib olish;
30.
qayta moliyalash foizi o‘zgargan holda kredit uchun foizlarni
o‘zgartirish;
31.
shartnoma muddatini uzaytirish sabablarini tasdiqlovchi
hujjatlarni talab qilish;
32.
shartnomada ko‘rsatilgan boshqa huquqlar;
33.
kredit bo‘yicha qarzdorlik jadval bo‘yicha muddati o‘tgan
qarzdorlikka o‘tkazilgandan so‘ng mijozning hisobraqamiga pul mablag‘i
bo‘lganda va kelib tushgan holatda kreditning asosiy summasini qaytarish
maqsadida mijozning roziligisiz uning hisob raqamidan chegirib olish. Bu
holda bank qarz oluvchiga hisob raqamidagi mablag‘lar kredit bo‘yicha
qarzni qondirishga qaratilishi to‘g‘risida yozma xabar beradi. Qarz
oluvchining hisob raqamida mablag‘i bo‘lganda va mablag‘ kelib tushgan
holda bank tomonidan kredit bo‘yicha qarzdorlik mijozning roziligisiz
memorial order bilan chegirib olinishi amalga oshiriladi.
34.
qarzdorning pul mablag‘lari etishmagan taqdirda kredit bo‘yicha
qarzlarni qarzdorning roziligiga ko‘ra uning likvidli mol-mulki hisobidan
yoki xo‘jalik sudi orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan
undirish;
35.
kredit qarz oluvchi tomonidan muddatida qaytarilmagan holda
qaytarilmagan asosiy qarz summasi bo‘yicha foiz to‘lov darajasini quyidagi
tartibda oshirish:
a) kredit summasi muddati o‘tgan qarzdorlikka chiqarilgandan so‘ng 60 kun
ichida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz to‘lovi darajasining 1,5 baravar
miqdorida;
b) kredit summasi muddati o‘tgan qarzdorlikka chiqarilgandan so‘ng 1 oy
ichida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz to‘lovi darajasidan 1,3 baravar
miqdorida;
v) 60 kundan so‘ng Markaziy bankning qayta moliyalash darajasi miqdorida
foiz to‘lovlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
425-sonli tartibi asosida tadbirlar amalga oshirilganda foiz hisoblash balansdan
tashqari hisob raqamlar orqali amalga oshiriladi;
Qarz oluvchi to‘lovga qobiliyatsiz deb belgilanganda, biznes rejada
ko‘rsatilgan pul oqimlari tushumi muddatida ta’minlamay bank oldida
qarzdorliklarni yuzaga keltirganda, u tomonidan kreditning ta’minlanishi bo‘yicha
majburiyatlari bajarilmaganda, kreditning asosiy qarzi yoki unga tegishli foiz
to‘lovlar ushbu shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmaganda, qarz oluvchi
tomonidan kreditning ishlatilishi majburiyatlari buzilganda, qarz oluvchi tomonidan
hisobotlar muntazam taqdim etilmaganda yoki ular aniq bo‘lmaganda, bank
xodimlariga birlamchi hisobotlar va muhosiblik hujjatlarini o‘rganishga ruxsat
berilmaganda, kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tashkilotning
tugatilishi yoki bankrot bo‘lishi holati kelib qolganda, garovga olingan mulk saqlash
holati talabga javob bermagan hollarda bank quyidagi huquqlarga ega:
36.
ushbu kredit shartnomasida qayd etilgan kreditni qarz oluvchiga
to‘liq yoki qisman berishni rad etishi;
37.
berilgan kredit va u bo‘yicha foiz to‘lovlarini muddatidan oldin
undirish, shu jumladan, ushbu shartnomada belgilangan kredit ta’minoti
hisobidan undirish;
38.
ta’minot turini boshqa likvid turiga almashtirilishini talab qilishi
mumkin.
Alohida ob’ektlarni kreditlash esa o‘zgacha mexanizmga ega bo‘lib, u kredit
shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak. Masalan, kreditni berish va qaytarish
to‘liq summada yoki qismlarga bo‘lib bajarilishi mumkin. Muvofiq tarzda kredit
berish va qaytarishning summa va muddatlari ko‘rsatilishi kerak. Ssudani berish
mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni bajarishga yo‘naltirish yo‘li bilan,
shuningdek mablag‘larni hisob-kitob varag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga
oshrilishi mumkin. Keyingi holatda ssudaning maqsadli yo‘naltirilganligini
ta’minlovchi mexanizm bo‘lishi kerak. U o‘z ichiga: a) mijozning ssudaning
maqsadli yo‘naltirilganliliga rioya etish majburiyati; b) berilgan mablag‘larning
maqsadli ishlatilishi ustidan bank nazorati shaklini oladi.
Kredit shartnomasining 3-bo‘limida qarz oluvchining huquqlari ko‘rsatiladi.
Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
39.
kredit shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va muddatda
kreditni olish;
40.
shartnomaga asosan yoki kreditor qarshi bo‘lmasa, kreditni
muddatidan oldin qaytarish;
41.
shartnomaga amal qilinmasa kredit shartnomasini bekor qilish;
42.
kredit shartnomasi muddatini uzaytirish va qayta moliyalash
stavkasiga asosan kredit foizini o‘zgartirishni talab qilish;
43.
kredit shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa huquqlar.
Kredit shartnomasining 4-bo‘limida bankning majburiyatlari aks etadi. Bank
majburiyatlariga mijozga ssuda varag‘ini ochish, ssudalarni kerakli summa,
ko‘rinish va aniq muddatlarda berishni kiritish mumkin. Bank majburiyatlariga
quyidagilar kiradi:
44.
o‘z vaqtida kreditni berish va pul hisob hujjatlari bo‘yicha
to‘lovlarni amalga oshirish;
45.
kredit shartnomasiga binoan kreditlarga foiz hisoblash;
46.
kreditni va unga foizlarni muddatidan oldin undirish hollarida
qarzdorga ma’lumot berish;
47.
normativ hujjatlarning o‘zgarishi to‘g‘risida mijozni xabardor
qilib turish;
48.
shartnomada ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar.
Bu majburiyatlarni bajarmaganda bank mijozga jarima to‘lashi ko‘zda
tutilgan bo‘ladi (odatda har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida).
SHuningdek bank kredit berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga
egadir. Agar qarz oluvchi uni qaytara olmasligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa,
berilgan kredit bank tomonidan muddatidan ilgari undirilishining sabablari
to‘g‘risida qarz oluvchiga yozma xabar berish;
49.
qarz oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgan sana
inobatga olingan holda berilgan kreditlar bo‘yicha kunlik foiz to‘lovlarini
hisoblash;
50.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarni kreditlash bo‘yicha kiritiladigan o‘zgarishlar bo‘yicha
qarz oluvchiga xabar berish va boshqalar.
5-bo‘lim mijozning majburiyatlariga bag‘ishlanib, bu bo‘limda qo‘yidagi
mijozlar kredit va foizlarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatgan, qaytarilishiga
yo‘naltirilgan kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi aniqlangan hollarda, maqsadsiz
ishlatilgan summaning 25 foizi miqdorida jarima to‘lash va ushbu shartnomaning 1-
bandida ko‘rsatilgan kredit summasining to‘liq qaytarilishini;
- qarz oluvchi korxona rahbari investitsiya loyihalarini (biznes reja) texnik-
iqtisodiy asoslanganligi, axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi,
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini va beznes rejalarni amalga
oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi, biznes reja bo‘yicha
ko‘zda tutilgan pul oqimlarini grafik bo‘yicha tushishini ta’minlashi;
- bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklar sug‘urta
idoralarida sug‘urtalangan va kredit shartnomasi yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun
harakatdagi O‘zbeksiton Respublikasi qonunlariga asosan notarial idoralarda
tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart.
Bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklarning
yaxlitligini saqlash yuzasidan to‘liq moddiy javobgar bo‘lishi (kredit va unga
hisoblangan foiz to‘lovlar to‘liq to‘langunga qadar) ularni sotib yubormasligi va
boshqa uchinchi shaxsga bermasligi shart. Kafolatchi tashkilotning moliyaviy holati
yomonlashganda, tugatilishi yoki bankrotlik holatiga kelib qolish holatlari ro‘y
berganda, kredit ta’minotiga berilgan mulk holati yomonlashganda, bank talabiga
binoan olingan kredit va foizlarni muddatidan oldin uzish yoki ta’minotini boshqa
likvid ta’minotga almashtirish ko‘zda tutilish mumkin.
Kredit uchun foiz to‘lovlar har oyning 20 sanasigacha to‘lanadi.
Qarz oluvchi bankka quyidagilarni ta’minlaydi:
51.
Qarzlarning yuzaga kelish sanalari ko‘rsatilgan debitor va
kreditor qarzdorligi bo‘yicha yoyilmasi ilova qilingan yillik va chorak
balanslari;
52.
Muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar va
Bank nazorat funksiyasi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar;
53.
Birlamchi hisobotlar va muhosiblik hujjatlariga ruxsat berilishi
va bank talabiga ko‘ra qarz oluvchi tegishli hujjatlardan zarurlari nusxasi
taqdim etilishi;
54.
Kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan bank xodimlari
tomonidan tekshiruv o‘tkazilishini ruxsat berilishi, shuningdek kreditning
ishlatilishini joyiga chiqib tekshirish uchun ruxsat berilishi;
55.
Ushbu kredit shartnomasi bilan huquqiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan
tovar-moddiy boyliklarini saqlanishi holati bo‘yicha bank xodimlari
tomonidan tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berilishi;
56.
Agar kredit sug‘urtalangan bo‘lsa, har yil uchun sug‘urta
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borilishi;
57.
Har yil uchun alohida kafil tashkilot moliyaviy holati to‘g‘risida
yozma ma’lumot taqdim etish kabilar bo‘lishi lozim.
SHuning uchun mijozning majburiyatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditning
tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bog‘liqdir.
Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
58.
kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash;
59.
o‘z vaqtida foizlarni to‘lash va kreditni qaytarish;
60.
o‘z to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risida bankka ma’lumot berib
turish;
61.
kreditni ta’minlash;
62.
berilgan kredit bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni
echish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli paytda
kredit bo‘limiga taqdim etish;
63.
3-shaxsdan kredit olish to‘g‘risida bankni xabardor qilish;
64.
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishi hollarida bankni
xabardor qilish;
65.
likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan)
qaytarish;
66.
shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar.
Kredit shartnomasining 5-bo‘limida kredit qaytarilishini ta’minlovchi aniq
usullari ko‘rsatiladi. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin:
A) garovga qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklar;
B) bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;
V) uchinchi shaxsning kafilligi;
G) Sug‘urta polisi.
YUqorida keltirilgan kredit qaytarilishini kafolatini ta’minlovchi usullar
kreditning barcha turlarida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini hisobga
olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch etarli bo‘lmaganda, ssudani pul
tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi. (14-
ilova)
5-bo‘limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‘lanadigan foizlar
darajasini aks etadi. Bu bo‘limda quyidagi hollardagi foiz stavkasini belgilash qayta
ko‘rib chiqish, maqsadga muvofiqdir:
a) shartnomada ko‘rsatilgan ssudadan foydalanish muddati davomida;
b) ssuda prolongatsiya qilinganda;
v) ssuda to‘lashni kechiktirganda;
g) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki bitimning
kredit riskini ko‘paytiruvchi boshqa omillarning paydo bo‘lishida.
Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni undirish
muddatlari ko‘rsatilishi zarur. Inflyasiya sharoitida kredit shartnomasining yana bir
punktida boshlang‘ich o‘rnatilgan foiz stavkalarining inflyasiya o‘sish darajalariga
bog‘liq holda o‘zgartirish tartibi berilgan bo‘ladi. Foiz stavkasini qayta ko‘rib
chiqishga asos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Ba’zi hollarda kredit shartnomada tomonlarning javobgarligi 6- bo‘limda
tomonlar olgan majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganda O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari oldida javobgar ekanligi va sanksiyalar berilgan bo‘ladi.
«SHartnomaning qo‘shimcha shartlari» degan bo‘limda oldingi bo‘limlarda
ko‘rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar mijoz bu bankda hisob-kitob
varog‘iga ega bo‘lmasa, summa va muddati ko‘rsatilgan majburiy muddatli depozit
ochish; kreditlash yoki kredit liniyasi limitining boshlang‘ich o‘rnatilgan summasini
o‘zgartirish tartibi; kredit shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
tartibini kiritish mumkin.
«Kelishmovchiliklarni hal qilish» degan bo‘limida quyidagilarni ko‘rsatish
maqsadga muvofiq bo‘ladi:
a) tomonlar o‘rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
kelishmovchiliklarni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish;
b) o‘zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‘lmagan kelishmovchiliklarni
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan respublika xo‘jalik sudida hal qilish.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining yana bir
bo‘limi shartnomaning amal qilish muddati bo‘lib, unda kredit shartnomaning amal
qilish muddatini, ya’ni uning boshlanishi va oxirini belgilaydi.
SHartnomada shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta adresi,
hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon,faks) ni hamda muhrlar bilan
tasdiqlangan imzolarni aks etadi.
Dostları ilə paylaş: |