4.
xo‘jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan
tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi.
Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni to‘lash
muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining muhim shartlari
hisoblanadi.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit munosabatlari
kredit shartnomaga
asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida har qanday kredit munosabatlari
unda ishtirok etuvchi tomonlarning mavqeidan qat’iy nazar o‘zaro
manfaatli
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kredit shartnomada quyidagi asosiy shartlar
ko‘rsatiladi.
1.
Kreditning maqsadi.
Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so‘ralayotganligi muhim
hisoblanadi. SHartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilar ko‘rsatiladi.
Kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar o‘zlarining biznes rejasida
ko‘rsatib utishlari shart. Biznes rejada ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi
o‘tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan shartnoma
asosida nazorat qilib boriladi. Tarmoqlardagi o‘zaro
nomutanosibliklar, o‘sha
tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat banki mana shu omillarni hisobga olishi kerak.