1.
Mijoz kredit olish qobiliyatiga egami (layoqatlimi)? Nima uchun
siz shunday xulosaga keldingiz?
2.
Bank va omonatchilar xuquqini himoya qiluvchi va qarz
oluvchiga yuqori sifatli kredit xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi kredit
shartnomasi to‘g‘ri tuzilgan va kerakli hujjatlar bilan tasdiqlanganmi?
3.
Kreditni to‘liq qaytara olmaslik ehtimoli paydo bo‘lganda, bank
mijozning garov mulkini tez, xarajatsiz va xatarsiz sota oladimi?
Kredit mutaxassisi kredit talabnomasini baholashda quyidagilarga e’tibor
berishi lozim:
1. Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi. Bunda mijoz
kreditni vaqtida va to‘liq hajmda qaytarib
berish uchun majburiyat va
mas’uliyatni to‘la his qilayotganiga ishonch hosil qilishi lozim. Mijozning
kredit olishdan maqsadi aniq bo‘lishi va dalillar asosida isbotlab berilishi
hamda kredit mutaxassisi bu isbotlarning haqqoniyligi,
bankning kredit
siyosatiga mos kelishi va mijozning kreditni qaytarib berish niyati qat’iy
ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu maqsadda tajribali kredit
mutaxassislari talabnomani o‘zlari to‘ldirishga
harakat qiladilar va bu
orqali mijoz og‘zaki muloqotda bo‘lib, savollar orqali uning xususiyati
haqiqiy niyati va samimiyligini aniqlab oladilar. Agar mijoz avval iste’mol
kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir
shaxs kafil sifatida jalb
qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlanadi.
CHunki mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi
bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning
qaytarilishi kafolatlandi. CHunki mijoz o‘zi uchun kafillik bergan shaxsni
noqulay ahvolga qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma
imkoniyatlardan foydalanib kreditni to‘liq va o‘z
vaqtida qaytarishga
harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: