1. Topishmoq xalq og’zaki ijodining o’ziga xos janiri sfatida Topishmoqlarning bolalar yosh xususiyatlariga moslashishi



Yüklə 29,24 Kb.
səhifə2/3
tarix24.06.2023
ölçüsü29,24 Kb.
#134778
1   2   3
Bola tafakkurining rivojlanishida topishmoqlarning roli.

KOLLEKTIVLIK. Fol’klor asarlari uzoq asrlardan beri davom etib kelayotgan ijodiy protsessning mahsulidir. Og`zaki badiiy ijod asarlarning takomili va sayqallanishiga kollektivning ijodkorlik roli kattadir.
Fol’klor asarlari xalq o`rtasida so`z san’atkorlari tomonidan ijod qilingan. Ammo ularning ijod jarayoni xalq (kollektiv) bilan chambarchas bog`liq bo`lganligi sababli yaratgan asarlari kollektiv ijodiga aylanib ketgan. Ikkinchidan, har bir so`z san’atkori fol’klor asarlariga o`zicha o`zgartirishlar, qo`shimchalar kiritavergan. Fol’klor asarlariga kollektiv hissasining qo`shila borishi oqibatida u kollektiv ijod mahsuli bo`lib qoladi.
Fol’klor asarlari improvizatsiya yo`li bilan badiha tarzida yaratiladi, og`izdan og`izga ko`chib yuradi, tarqaladi. Badiha maxsus tayyorgarliksiz, birdan aytilgan so`z, she’r, ekspromt, xalq og`zaki ijodi namunalari: xalq qo`shiqlari, laparlar ko`rincha badixa yo`li bilan yaratiladi. Xalq baxshilarining xozirjavoblik bilan qiladigan aytishuvlari improvizatorlik namunasidir. Fol’klordagi bu xususiyat og`zakilikdir.

ANONIMLIK. Fol’klor asarlariga xos xususiyatlardan biridir. Xalq og`zaki ijodi asarlari uzoq asrlar mahusuli bo`lib, ularning dastlabki ijodkori, ijrochisi noma’lumdir. Chunki, fol’klor asarlari og`zaki tarzda yaratilgani uchun ham uning dastlabki ijodkori unutilib ketilaveradi.
Og`zaki ijod protsessida va kollektivning fol’klor asari syujetiga, mazmuniga erkin munosabatda bo`lish natijasida bu asarning ko`plab variantlari maydonga keladi. Fol’klor asarlarining Varinatlilik xususiyatilari bu asarlarning uzoq asrlar mobaynida saqlanib qolshiga sabab bo`ladi. Chunki bu xil syujetni turli joylarda turli baxshilar o`zicha ijro etadi. Har bir ijrochi fol’klor asarlarining u yoki bu varintiga erkin munosabatda bo`ladi, asar mazmuni o`z zamonasi talablariga yaqinlashtiradi. Oqibatda fol’klorda bir xil syujetda o`nlab, hatto yuzlab varintlar paydo bo`lishi mumkin. Varinatlilik xususiyatini «Alpomish» dostoni mislida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Bu doston asrlar davomida professional va havaskor ijrochilar tomonidan qo`llanib keladi.
Demak, fol’klor asarlari kollektiv ijod mahsuli; u og`izdan - og`izga, avloddan-avlodga o`tadi, uning yangidan yangi variantlari yaratiladi, har bir ijrochi o`z qo`yilayotgan fol’klor asariga ijodiy munosabatda bo`ladi, asar kompozitsiyasiga turli xarakterdagi o`zgartirishlar kiritadi, syujetni yangi-yangi obrazlar, tasviriy vositalar, voqealar bilan to`ldiradi, o`ziga ma’qul bo`lmagan obrazlarni, voqealarni, tasviriy vositlarni to`g`ridan-to`g`ri tushirib qoldiraveradi. Fol’klor asarlari syujeti va kompozitsiyasiga kiritilgan yangi obrazlar, voqealar, ifoda-tasvir vositalari o`ziga xos qatlamni tashkil etadi.
Fol’klor asarlariga xos belgilardan yana biri an’anaviylikdir. Fol’klor asarlariga xalq jonli tilli elementlari, ijro etilayotgan joyning sheva xususiyatlari saqlanib qoladi. Xalq og`zaki ijodi asarlarining ko`pchiligiga xos bo`lgan xususiyat ularning kompozitsion qurilishidagi ayrim trafaret jumlalarning, bir xil qolipga tushgan misralarning («bir» bor ekan, bir yo`q ekan», «qirg`iy degan qush o`ltirar qiyoda»... kabi), asardan asarga ko`chib yuradigan obrazlarning (dev, ajina, afandi, yalmog`iz kabi) ko`p uchrashidir.
Traditsion fol’klor asarlarda turli davrdagi ijtimoiy hodisalar, siyosiy voqealar, sotsial guruxlarning xususiyatlari ham saqlanib qoladi. Chunonchi, XIV-XV asarlarda yaratilgan ertak, afandi, latifalarda Alisher Navoiy, Amir Temur, Xo`ja Ahror obrazlari gavdalantirilganidek, Ulug` vatan urushi yillarida yaratilgan fol’klor asarlarida sovet xalqining fashist bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi o`z badiiy ifodasini topgan.
Xalq og`zaki ijodi asarlarida xalq fantaziyasiga keng o`rin berilib, unda badiiy uydirmalar, qahramonlarni ideallashtirish, turli-tuman sehrli mo`’jizalar tasvirida umumbashariy fikrlar-po`stlik, vatanparvarlik, xalq ozodligi, yurt obodonchiligi, mehnat tajribalari, sevgi va muxabbat, dushmanga, zolimga nafrat aks ettiriladi.
Fol’klor xalq san’atining muzika, o`yin, raqs kabi turlari bilan uzviy bog`liqligi sababli dastlabki davrlarda sinkretik xususiyatga ega bo`lib, ijro etilganda unda o`yin, muzika, artistlik mahorati qo`shilib ketgan.O`zbek fol’klori eng qadimgi va boy tarixga egayu uning doston , ertak, qo`shiq, maqol, topishmoq, maqol, askiya, xalq og`zaki dramasi, afsona, latifa kabi xilma-xil janrlarni kategoriya sifatida rivojlanib keldi. Fol’klor asarlari odatda faqat uni yaratgan xalq orasidagina tarqalmaydi, balki qo`shni xalqlar o`rtasida ham tarqaladi. Masalan, «Alpomish» dostoni faqat o`zbeklar orasidagina emas, balik turkman, ozarbayjon, tojik va qoraqalpoqlar orasida ham mashhurdir. Afandi obrazi esa Sharq halqlari fol’klorida keng tarqalgan.
O`zbek fol’klori o`zbek klassik adabiyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatgan.
Fol’klor asarlarining ayrim syujetlari, obrazlari, badiiy tasvir vositalari o`zbek klassik va yangi adabiyotida u yoki bu tarzda o`z aksini topgan.
Garchi fol’klor bilan yozma adaiyotni bir-biridan ajratib turuvchi xususiyatlar bo`lsa-da, ularning har ikkisi ham o`ziga xos badiiy so`z san’atidir. Yozma adabiyot paydo bo`lganga qadar fol’klor so`z san’ati sifatida ma’lum tajribaga ega edi. Yozma adabiyot shakllana boshlagach, fol’klor uning forma va ifoda vositalariga , badiiy xususiyatlariga aktiv ta’sir ko`rsatdi. Shuning uchun M.Gor’kiy «So`z san’atining boshi fol’klordadir», deydi.
Buyuk shori va yozuvchilar qadim zamonlardan beri xalq ijodidan unumli foydalanib, ajoyib badiiy asarlar yaratdilar. Rus adabiyotning klassiklari A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, A.M.Gor’kiy o`zbek adabiyotining klassiklari A.Navoiy, Z.M.Bobur, Gulxaniy, H.H.Niyoziy tojik adabiyotining klassiklari Firdavsiy, A.Jomiy, H.Dehlaviy va boshqalar fol’klorni yaxshi bilganlar, uni sevganlar, og`zaki ijod namunalaridan muvaffaqiyatli foydalanganlar; fol’klorning ijodiy ta’siri «Shohnoma» (Firdavsiy), Haft Paykar (N.Ganjaviy), «Xamsa» (A.Navoiy), «Zarbulmasal» (Gulxaniy), «Gul va Navro`z» (Lutfiy) kabi asarlarida yaqqol seziladi.
Bugina emas, o`z navbatida yozma adabiyot ham fol’klorga samarali ta’sir ko`rsatishi mumkin.

Mavhum fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va bolaga isbotlash usullarini o'rgatishning eng oson yo'li topishmoqlardir. 3-4 yoshli bolalar uchun ularni o'ynoqi tarzda taxmin qilish yaxshidir. 5 yoshdan o'qishni biladigan bolalar topshiriqni bajarishga ikki baravar qiziqishadi.


Shuningdek, bolani xulosa chiqarishga, tushuntirishga, tahlil qilishni o'rgatish kerak. Topishmoqlar - bu vazifani engishning eng yaxshi usuli. Axir, ular miya faoliyatini o'rgatadigan gimnastikaning bir turi, foydali mashqlardir.
Jumboqni hal qilish uchun sizga kerak bo'ladi:

  • oldin ko'rgan narsangizni eslang

  • ba'zi xususiyatlar yoki hodisalarni solishtirish;

  • asosiy narsani ajratib oling;

  • eshitgan hamma narsani birlashtiring.


Yüklə 29,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin