1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə15/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi
Bu oila vakillari daraxt va butalardan iborat bo'lib, ularning 12 turkumga mansub, 240 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan Janubi-Sharqiy Osiyoning va Shimoliy Amerikaning Janubi-G’arbidagi o’rmonlarda tarqalgan. Barglari oddiy. Guli to'g'ri, ikki jinsli, gulqo’rg’on bo'laklari 6-12 va undan ham ko'p. Changchi va urug'chilari ko'p. Magnoliyalar doim yashil va bargini to’kib turish hususiyatiga ega.
Poyasi ikkilamchi yog’ochlik mavjud, lekin traxeya o'rnida traxeidlar bo'ladi. Janubiy Amerikada o'sadigan magnoliyalar doim yashil, Janubiy Osiyoda o'sadiganlari bargini to’kadi.
Magnoliya (M.drandiflora) bo’yi 30 m ga yetadign daraxt. Gullari yirik, kattaligi 10-25 sm ga yetadi. Gulqo’rg’oni 3 qator bo'lib joylashadi. Gultoji 6-12 ta, changchilari ko'p. Magnoliyalarda urug'kurtak 6 tagacha bo'ladi. Urug'chisida ustuncha bo'lmaydi, mevasi katta, uzunligi 5-7 sm. Bu oilaga Lola daraxti (Liriodendron tulipifera) ham kiradi. U bo’ yi 30-40 m li daraxt. Guli lolaning guliga o’xshash. Shuning uchun lola daraxti deb nom berilgan. Magnoliya va lola daraxti manzarali daraxt sifatida O’zbekistonda ko'plab ekiladi.
Lavrnamolar (Laurales) qabilasi.
Bu qabilaga 2 ta oila kiradi. Ulardan eng yirigi lavrdoshlardir. Qabila vakillari asosan tropik va subtropik xududlarda o'sadi.
Lavrdoshlar (Lauraceae) oilasi.
Bu oila 45 ta turkum, 2500-3000 ta turni o'z ichiga oladi. Davrlar doim yashil daraxt, buta, ba'zan xlorofillsiz, parazitlik bilan hayot kechiruvchi turlardan iborat.
Lavrlar asosan tropik va subtropik xududlarda o'sadi. Barglari oddiy yoki murakkab, kema-ket yoki qarama-qarshi joylashgan.
Gullari barg qo'ltig'idagi ro’vaksimon yoki shingilsimon to’pgulda joylashgan, aktinamorf, bir jinsli yoki ikki jinsli mayda,
Gulqo’rg’oni oddiy, changchilari 12 ta, 3 qator bo'lib joylashgan, urug'chisi bitta mevachi bargdan iborat. Mevasi danakcha yoki rezavor meva. Bargida efir moylari bor. Ziravor (bargi) sifatida ovqatga ishlatiladi. Madaniy sharoitda oilaning Lauzus nobifis nomli turi ekiladi.

Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin