10-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni Jamoa haqida tushuncha



Yüklə 405,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.04.2023
ölçüsü405,12 Kb.
#92511
  1   2   3   4
10-mavzu Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash ko‘ni



10-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jamoada ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni 
Jamoa haqida tushuncha. 
Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa 
hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi 
tamoyilidir.
Avvalo, jamoa tushunchasiga kengroq ta`rif berib o‘tamiz.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, 
birgalikdagi yig‘ilish, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, 
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir.
Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida 
birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, 
zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo).
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. 
Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma 
hisoblanadi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi 
muhim belgilarga egadir. quyida kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoasi va uning 
xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar 
jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jamoasi ijtimoiy jamiyatning bir qismi 
hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha elementar 
jihatlari o‘z ifodasini topadi. Zero, ta`limda jamoa jamiyatdagi mavjud 
munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, 
intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoasi hayotining aniq (yagona) 
maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi 


belgisi sanaladi. Sinfdagi jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini 
tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi.
Ayni paytda boshlang‘ich sinflarda jamoani shakllantirish yuzasidan olib 
boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu sinf rahbarining asosiy ishidir. Umuman 
maktab o‘quvchisi tarbiyasining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli 
o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar o‘quvchilar jamoasi tashkil etilmagan bo‘lsa, 
o‘quvchi maktabni hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik maktab yillarini 
eslamaydi ham. O‘quvchilarni inoq jamoaga birlashtirish mohir sinf rahbari 
qo‘lida. Ulg‘ayayotgan kishining hayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot 
yo‘lini belgilashda o‘z vazifasini anglash sinf rahbarining bolalar jamoasini barpo 
etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy faoliyatning zarur sharti hisoblanadi. 
Sinf jamoa a’zolarining intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan 
maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni 
va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) 
maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda 
jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. SHuning uchun sinf 
rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini 
darsda qanday tutishlarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni 
sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi. 
Boshlang‘ich sinfda mashg‘ulotlar davomida ham kichik jamoalarga ajratish 
yaxshi samara beradi. Bunda har bir jamoa o‘zini-o‘zi boshqarish organiga ega va 
umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va 
tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Jamoa 
faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z 
aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Boshlang‘ich ta`limda pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan 
jamoa, xususan, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri 
uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg‘urish, mazkur 
yo‘lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi. 


Demak, kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoasi o‘zida quyidagi xususiyatlarni 
namoyon etadi: birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini 
uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga 
mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosabatda 
bo‘lish ehtiyojini oshiradi. O‘quvchilar orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini 
yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘ladi hamda ular o‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Jamoa a’zolari 
o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining 
xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
Boshlang‘ich ta`limda jamoani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud 
bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tutish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni 
birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi, 
qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni 
tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur 
xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Ikkinchi tomondan bu 
hol guruhdagi muammolarni jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning 
qiziqishlarini guruhdagi muomila sohasiga olib kiradi. 
Sinfda tashkil qilingan jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) 
tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa 
faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy 
jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga 
kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik 
vazifasini bajaruvchi ya`ni sardor o‘quvchilar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-
harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv 
faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinfda boshqarilayotgan jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik 
faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va 
ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim.
Boshlang‘ich ta`limda jamoa bilan ishlash vaqtida yakka tartibda ham ishlash 
holatlari uchrab turadi. 


Sinf jamoasida shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad kichik yoshdagi 
o‘quvchini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar 
bilan qurollantirishdan iboratdir.
Zamonaviy boshlang‘ich sinf rahbari o‘quvchida yomon xulq atvorining, past 
o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari 
bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim 
masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari – dastavval muayyan qoidalarga 
asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar yo‘naltirib turadigan 
o‘zaro ma’suliyatli munosabatlardir. 
Sinf o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan sharoitda har bir bolaga yakka tartibda 
yondashish, har bir bola qalbiga to‘g‘ri yo‘l topish juda qiyin. Agar o‘quvchilar 
jamoasi qo‘llab quvvatlasa, har holda bunday yo‘lni topish mumkin. 
Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati 
alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi 
bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin 
bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi. 
Boshlang‘ich ta`limda jamoaning majburiylik belgisi unga o‘qituvchiik 
rahbarlikning yo‘lga qo‘yilishidir. Shunday qilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan 
iborat guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida 
tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga 
qo‘yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Sinf o‘quvchilari o‘rtasida qaror topgan 
o‘zaro birlik, shuningdek, ular o‘rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi 
tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga 
bo‘ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini 
anglashlari uchun zamin yaratadi.
Boshlang‘ich sinf jamoasi va uni shakllantirish o‘qituvchiik faoliyatining 
maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan sub'ektlarning 
alohida namuna ko‘rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo‘lib, 
ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash 
ijobiy samaralar beradi.


Jamoa tomonidan hal etilishi ko‘zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa 
shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda 
mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga 
oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida 
shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi.
Shuningdek,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib 
boruvchi o‘qituvchi hamda o‘quvchilardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi 
bo‘lib, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi, shuningdek, 
o‘ziga xos psixologik muhit va an`analariga ega bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinfda jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga 
bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Maktablar tajribasida faoliyat 
odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladi. Faoliyatni 
tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o‘quvchilarning muayyan 
guruhlari ishtirok etadi) o‘z mohiyatiga ko‘ra uni amalga oshirish jarayonida 
faoliyat maqsadga erishish uchun qatnashchilarning o‘zaro muomalasini nazarda 
tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo‘lgani kabi, bu shakllarda bevosita 
tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba`zi hollarda ularning faoliyatidagi 
ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo‘ladi. Bu ko‘p jihatdan 
o‘quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) 
bog‘liq bo‘ladi. Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish 
uchun o‘quvchilarning o‘zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat 
shakllari jamoa shakllari deyiladi, bu muomala jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida 
jamoa aloqalar vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o‘zida muomala 
uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo‘ladi. Ular o‘quvchilarga ishning 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o‘zaro taqsimlab chiqish 
imkonini beradi, qatnashchilar o‘rtasida aloqa ta`sirining paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Misol tariqasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil 
etishning jamoa shakllaridan biri-bilimlarining ijtimoiy ko‘rigini qarab chiqamiz. 
U biror fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita 


komanda ishtirok etishi mumkin. Ko‘rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan 
(yozma, og‘zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish 
va shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan 
oshmaydi. Ko‘rik oxirida hay’at a’zolari har bir qatnashchiga va umuman 
jamoadagi o‘rtacha bahoni e`lon qiladi. Bu o‘rinda bilish faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan muomala ko‘rikka hozirlik ko‘rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o‘tkazish 
jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko‘rikka doir dastlabki 
topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni 
taqsimlashi yoki guruh bo‘lib ishlashni talab qiladi. Ko‘rik jarayonida muomala 
uning hamma qatnashchilar o‘rtasida sodir bo‘ladi, chunki ulardan har biri 
muayyan vazifaga ega bo‘lib, o‘z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan 
muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoa 
muomalani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda 
mazkur ish bolalarshing tarkib jihatidan uncha katta bo‘lmagan (eng ko‘pi bilan 
kishi 5 ta bo‘lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda 
barcha a`zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo‘ladilar va bir-birlariga 
bevosita biror ta`sir ko‘rsatadilar. 
Boshlang‘ich sinf rahbari o‘quvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan 
tarbiyalashda ota -onalar bilan o‘zaro hamkorlik yaxshi natijalarni beradi. 
Ota-onalarning e’tiborini o‘quvchilarning bilishga doir qiziqishlari, axloqiy 
qobilyatlari, irodali fazilatlari, rivojlantirishdagi yutuqlari, kamchiliklari, 
foydalanilmagan imkoniyatlarga qaratish jamoa birdamligiga erishish maqsadini 
ko‘zda tutadi. 

Yüklə 405,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin