Hozirgi ta’minot xizmati tahlili. Og‘zaki tilni rvojlantiruvchi xizmatlar Irlandiyada nutq va til terapevtlari tomonidan boshqariladi va sog‘liq xizmatlari ma’muriyatlari tomonidan ta’minlanadi. Nutq va til terapevtlari nutq kamchiliklari bor bolalarga baho berishadi, diagnoz qo‘yishadi va davolashadi.
Ma’lumot olish va undan foydalanish odatda ochiq va erkin hisoblanadi va bular ota-onalar, birinchi yordam guruhi a’zolari, o‘qituvchilar, ishchilar va xususiy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Tashxis qo‘yish va davolash
odatda klinikalarda ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
Har yi i amaliyotchilar va o‘qituvchilar o‘zlarining har kungi ishlarida og‘ zaki til rivojlanishiga katta e’tabor qaratishadi.
Aisteyr rejasi, kichik yoshdagi bolalar o‘quv dasturi barcha yangi tug‘ilgan bolalardan to 6 yoshgacha bo‘lganlar uchun bo‘lib, konsepsiyaga oid qilib o‘qitadigan va yetti yoshdagi bolalar uchun boigan keng hajmli modelni tashkil qiladi. Ingiliz boshlang‘ich ta’lim mak-
tabi ta’lim dasturida og‘zaki tilga alohida urg'u beriladi. Shunga qaramasdan, bu dastumi amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda va baholash tizimi va pedagoglar qollab-quvvatlashiga ehtiyoj sezilmoqda.
Xulosa: Shunday qilib, maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Shunday qilib, maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlaming samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi haqida nimalarni bilasiz? 2. Kompyuterli о ‘yin dasturlaridan foydalanish tarbiyalanuvchi larda qanday sifatlaming shakllanishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi? 3. Multimedianing asosiy belgilarini bilasizmi? 4. Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalar ga ta ’lim-tarbiya berishnihg afzalliklarini bilasizmi? 5. Media ta ’lim nima? 6. Media ta limning asosiy mazmuni. 7. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga о ‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlarini ayting? 8. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga о ‘rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish zarurati nimada? 9. Mediata ’limning eng muhim vazifalarini bilasizmi? 10. Media mashg ‘ulotlarning afzal jihati nimada?