Mopoliyaning iqtisodiy asoslari
182
O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish bosqichlari:
1-bosqich (1992 yil boshidan)- bu davrda ancha
keng turdagi investitsion
tovarlar, ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlarning erkin narxlari va ta’riflariga
o‘tildi. CHeklangan doiradagi xalq iste’mol tovarlari
narxlari ayrim turdagi
xizmatlar ta’riflarining yuqori chegarasi belgilab quyildi.
2-bosqich (1993 yil) da ulgurji narxlarni davlat
tomonidan tartibga solish
to‘xtatildi. Davlat tomonidan qat’iy belgilanadigan va
tartibga solib turiladigan
tovar (xizmat) lar soni ancha qisqardi.
3-bosqich (1994 yil oktyabr-noyabr) da xalq iste’mol tovarlari asosiy turlari
narxlari erkin qo‘yib
yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning ta’riflari
oshirildi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni
isloh qilishning birinchi
bosqichi
narxlarni
bosqichma-bosqich
(uch
bosqichda)
to’liq
erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish
aholini ishonchli
iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
Davlat tomonidan turli konpensatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar
tuzildi,
ish haqi, pensiya va stipendiyalarning
eng kam miqdori
muntazam sur’atda
oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi.
Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari
joriy etildi.
Muhokama uchun savollar:
1. Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi mazmunini tushuntiring.
2. Monopoliyaning turlarini aytib bering.
3. Nima uchun monopoliya bozor iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etadi?
4. Sun’iy monopoliyalarni vujudga keltirishdan maqsad nima?
5. Qanday holatda monopolist eng yuqori foyda oladi?
6. Monopsoniya bozoring hususiyatlarini izohlang.
7. O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish maqsadi va bosqichlarini aytib
bering.