10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
176 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar 
bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda 
tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga 
raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya 
shakllarini kiritish mumkin: 
1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar 
tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat 
namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu 
jarayon maxsus guvohnomalar – 
patentlar orqali amalga oshiriladi; 
2) mualliflik huquqi – ilmiy, 
badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati 
fonogrammalari, 
ko‘rsatuvlar, efir 
to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish 
kabilarni 
yaratish 
va 
ulardan 
foydalanish munosabatlarini qonuniy 
tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik 
huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z 
mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki 
butunlay sotish, ulardan nusxa olish va 
ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi; 
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, 
maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro‘yxatga olish, 
huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish 
bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda 
tartibga solish shakli. 
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish 
maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli 
(tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor 
muhiti tuzilishini ataylab o‘zgartiradi, ya’ni: 
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli 
to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning 
yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan 
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini 
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi; 
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni 
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq 
shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Legal (qonuniy) 
monopoliya – bu 
qonuniy tarzda tashkil 
etiluvchi monopolistik 
holat. 
Sun’iy monopoliya – 
monopol foyda olish 
maqsadida tashkil 
etiluvchi 
birlashmalarning shartli 
(tabiiy 
monopoliyalardan 
ajratib turish uchun) 
nomi. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin