10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


 – savol Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

1 – savol


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
170 

Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi. 

O‘zaro kelishish. 
Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo‘ladi, qachonki u 
o‘zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qila olsa, ya’ni o‘zgartira olsa. Monopol 
hokimiyat darajasi ushbu tovar o‘rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning 
bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‘lish uchun 
firmaning sof monopolist bo‘lishi shart emas. Firma 
mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i raqobatlashgan 
bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bo‘lishi 
kifoyadir. Agar talab chizig‘i pastga yotiq bo‘lsa, firma 
taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini 
o‘zgartirishi mumkin. 
Umumun olganda monopolist narxni nazorat 
qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi. Monopolistning taklifi 
raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo‘ladi, tovar 
narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol narx chekli 
xarajatdan yuqori). 
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning 
to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi 
ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
hajmining 
yirik 
korxonalarda 
to‘planishini 
namoyon 
etadi. 
Ishlab 
chiqarish 
to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda 
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam 
ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan 
qo‘shimcha 
mahsulot 
(foyda)ning 
bir 
qismini 
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir 
korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib 
keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy 
birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, 
ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va 
markazlashuvi hisoblanadi. 
Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi 
ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning 
ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi 
hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni 
bilan yanada to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan 
boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning 
aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining 
o‘sishidir. 
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‘planishi farqlanadi. 
Monopol hokimiyat-
firma monopol 
hokimiyatga ega 
bo‘ladi, qachonki u 
o‘zining sotadigan 
tovari narxiga ta’sir 
qila olsa, ya’ni 
o‘zgartira olsa. 
Kapitalning to‘planishi 
– bu qo‘shimcha 
qiymatning bir qismini 
jamg‘arish 
(kapitallashtirish) 
natijasida kapital 
hajmining oshishidir. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin