Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 174
qarshi olib boriladigan faoliyatda foydalaniladi. Bozorning katta qismini bir necha
firmalar tomonidan egallab olinish holatiga bozorning markazlashuvi deyiladi.
Tarmoqda ishlab chiqaruvchilar sonining nisbatan ortishi va Xerfindal-
Xirshman indeksi I < 1 800 ni tashkil qilgan holatda sof monopolistik bozor
monopolistik raqobatli bozorga aylanadi.
Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir
ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus
xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini
belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Monopolistik
raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda
tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan
qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.
Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish,
ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli,
qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol
ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-
kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini
keltirish mumkin.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati
hisoblanadi. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo‘lib, qaysi tovarlar va
xizmatlar
bozorida
nisbatan
kam
sonli
ishlab
chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik
tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki
tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.
Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis, alyuminiy,
qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar fizik ma’noda bir
turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida
ishlab chiqariladi
6
. Iste’mol tovarlari – avtomobillar, kir
yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va
shu
kabilarni
ishlab
chiqaruvchi
tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar
o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma
o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.
Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan
Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da)
tumanlarida joylashgan ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
6
THE LEGAL ENVIRONMENT OF BUSINESS. W.McCarty, J.Bagby. Boston IRWIN. 2006.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.