Mopoliyaning iqtisodiy asoslari
169
Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi
sabablari
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali
amal qilishi va raqobat
muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib
chiqish sabablari va amal
qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi.
Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar,
tashkilotlar, sotuvchilarning
qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»
1
sifatida qaralsa,
boshqa holatlarda «faoliyatning
u yoki bu sohasida
shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi
adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»
2
deb
ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq
huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati»
kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi
sababli,
uni
quyidagicha
ta’riflash o‘rinli deb
hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni
o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida
tarmoqlar, bozorlar va yaxlit
makroiqtisodiyot ustidan
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma,
korporatsiyalar)ning birlashmalari
3
.
«Monopoliya»
atamasining
kelib
chiqishi
bozorga
oid
tushunchalardan
(ya’ni,
grekcha
«monoc» - yagona, bitta va «poleo» -
cotaman)
tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy
asoslari
aslida
ishlab
chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar bir qator yo‘llar
orqali kelib chiqadi. Bular:
-
Kapitalning to‘planishi va
markazlashuvi.
-
Fan texnika taraqqiyoti.
1
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина,
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 121-б.
2
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли,
Изд-во Проспект, 2005, 191-б.;
Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма. Т.:
«Ўқитувчи», 2002, 246-б.
3
Шишкин А.Ф. Экономическая теория: Учебное пособие для вузов. 2-е изд. Кн.1. – М.: Гуманит.
изд. центр ВЛАДОС, 1996, 597-б.; Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и
доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 208-б.; Основы экономической теории.
Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, исправл. – М.:
Едиториал УРСС, 2003, 499-б.
Мonopoliya –
monopol yuqori
narxlarni o‘rnatish
hamda monopol yuqori
foyda olish maqsadida
tarmoqlar, bozorlar va
yaxlit makroiqtisodiyot
ustidan hukmronlikni
amalga oshiruvchi yirik
korxonalar (firma,
korporatsiyalar)ning
birlashmalari