10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari

Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
172 
kommunal xizmati ko‘rsatish va aloqa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha monopol 
huquqlar berib, rasmiy to‘siqlar yaratadi. 
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent 
va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish 
uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma’lum 
muddatgacha kuchga ega bo‘ladi. AQSH da patent qonuniga ko‘ra ixtirochi o‘z 
ixtirosiga 17 yil egalik qiladi. 
3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, AQSH 
ning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 
foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. 
Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham monopoliyani 
vujudga keltiradi.
 
Monopoliyalarning turlari. 
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning 
turlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir 
necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin. 
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, monopolistik 
raqobat, oligopoliya va monopsoniya. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. 
O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» DAK, 
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish 
birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli 
faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi 
hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi 
monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekistondagi 
qonunchilikka binoan firma tarmoq mahsulotining 35 dan ortiq foizini ishlab 
chiqarsa
4
, xo‘jalik yurituvchi sub’ektningning mavqei ustun mavqe (ya’ni 
monopol) deb e’tirof etiladi u korxona monopol korxona hisoblanadi va “Monopol 
korxonalar Davlat Reesteri”ga kiritiladi.
Monopol hokimiyat ko‘rsatkichi. Raqobatlashgan bozorda narx chekli 
xarajatga teng bo‘lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol 
bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi. Ana shu farq, ya’ni foydani 
maksimallashtiradigan narx bilan chekli xarajat o‘rtasidagi farq monopol 
hokimiyatni o‘lchash usuli bo‘lishi mumkin. Monopol hokimiyatni xuddi ushbu 
usulda aniqlashni 1934 yilda iqtisodchi olim Abba Lerner tomonidan taklif 
qilinganligi uchun, bu ko‘rsatgich Lernerning monopol ko‘rsatkichi degan nomni 
olgan 
D
p
m
m
E
P
MC
P
L
1




4
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори “Товар ва молия бозорларида монополияга 
қарши тартибга солишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2013 йил 20 август, 
230-сон

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin